So’nggi yangiliklar

11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  0 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  0 10:58Кечаги учрашувда ғалабани қўлдан чиқарган Гвардиола нималар деди?  2 10:32"Шўртан"нинг икки нафар асосий футболчиси "Хоразм" йиғинида  1 10:06"Сурхон" яна бир футболчиси билан хайрлашди  0 09:40Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 09:18Чет эллик мутахассис Суперлига жамоасининг бош мураббийи бўлади  4 08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  4 08:22Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  23 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  45

Hindlarga "master-klass" o'tib bergan "vunderkind" haqida Yangiliklar

Hindlarga "master-klass" o'tib bergan "vunderkind" haqida

Qarshida Hindistonning "Mohun Bagan" jamoasini qabul qilgan "Nasaf" raqibini 6 ta gol bilan "mehmon qildi".

Nasaf Qarshi

AFC Cup Final Stage . Quarter Finals-tur

22/09/2021, 21:00

0
:
6
Tugadi

Mohun Bagan SG

45'
90'

1 bo'lim o'ynab, 13 daqiqa ichida xet-trik qayd etgan Husayn Norchaev uchrashuv qahramonlaridan biriga aylandi.

O'z nomiga xet-trikni rasmiylashtirgan 19 yoshli forvard OFK kubogi to'purariga aylanib oldi. Uning hisobida 5 o'yinda urilgan 6 gol bor.

"Mohun Bagan" bilan o'yindan keyin Norchaevning o'yini muhokamalarga sabab bo'ldi. Jurnalist SHahboz Beg'amov esa uni "Nasaf" afsonasi Zafar Xolmurodovga qiyosladi.

Futbolchi, dastlab, 2019 yilgi U-21 chempionatida ko'zga tashlangan. O'shanda 17 yoshli Norchaev Hojimat Erkinov bilan birga turnir to'purariga aylangan.

Iqtidorli o'yinchi Superligada 2020 yilda porlagan edi. U rasmiy debyutini o'tgan yilning iyunida ("Navbahor"ga qarshi, 2:2) nishonlagan. O'sha bahsdan keyin taniqli sport jurnalisti Aziz Nuriy shunday yozgan edi: "Nasaf" yosh iqtidorlarni kashf etishda davom etadi.

O'zbekiston chempionatidagi dastlabki mavsumini Bobir Abdixoliqov bilan raqobat tufayli asosan zaxira o'rindig'ida o'tkazgan Husayn yil oxiriga qadar 3 ta golga mualliflik qildi va "Championat.asia" sayti tomonidan mavsum kashfiyoti sifatida etirof qilindi.

Joriy yil avvalida Abdixoliqov "Nasaf"dan ketgach, Ro'ziqul Berdiev 19 yoshli Husaynni jamoaning asosiy hujumchisiga aylantirdi. Vaqt tajribali mutaxassis adashmaganini ko'rsatmoqda. Norchaev mavsumning ortda qolgan qismida "ajdarlar" libosida 27 o'yin o'tkazib, 18 ta gol urishga ulgurdi.

SHuningdek, Husayn Parij Olimpiadasiga tayyorlanayotgan Timur Kapadze boshchiligidagi terma jamoamizning ham asosiy forvardi hisoblanadi.

Norchaev qayd etayotgan statistika havas qilishga arziydi. U o'z tengqurlari orasida Superliganing eng yaxshi futbolchisi bo'lib turibdi. Solishtirish uchun aytamiz, "Lokomotiv" xavbeki Jasur Jaloliddinov hamda "Paxtakor" vingeri Diyor Xolmatov mavsum boshidan beri 20 o'yin o'tkazib (barcha turnirlarda), "gol+pas" tizimida 3 ochko ishlashgan. Husaynda esa bu ko'rsatkich 21ga (18+3) teng. 

Yuqorida keltirilgan faktlarni inobatga olsak, Norchaev ko'p ehtimol O'zbekiston milliy jamoasining oktyabr oyidagi yig'inida terma libosidagi norasmiy debyutini amalga oshirsa kerak. 

Qadrli muxlis, sizning 19 yoshli forvard borasidagi fikringiz qanday? U o'zbek futbolining yaqin kelajakdagi eng kuchli hujumchisi bo'la oladimi?

Engilmas "Nasaf". Berdievning mag'lubiyatsiz seriyasini bilasizmi?

Muallif :
Reyting: +57   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика