OFK kubogi-2021. Husayn Norchaev to'purarga aylandi

Aslanov Jasurbek
22 sen 2021, 21:00
"Nasaf" futbolchisi Husayn Norchaev bu yilgi OFK kubogi to'purariga aylandi.

Norchaev OFK kubogi-2021 Inter Zonal yarim finalidan o'rin olgan "Mohun Bagan"ga qarshi uchrashuvning birinchi taymida 3 ta gol urdi. Bungacha "ajdarlar" hujumchisi "Oloy", "Xo'jand" va "Ahal" bilan o'yinlarda bittadan to'p kiritgandi. 

Shu tariqa o'zbekistonlik futbolchining gollari soni 6 taga etdi. Bungacha "Ahal" futbolchisi Elman Tagaev 5 ta gol bilan turnir to'purari bo'lib turgandi. 


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia