Himoyachi jarima zarbasidan hamda ikki bora burchak to'pidan raqib darvozasini ishg'ol etdi
10 sen 2019 01:20
Yangiliklar
Himoyachi jarima zarbasidan hamda ikki bora burchak to'pidan raqib darvozasini ishg'ol etdi
Angliya Birinchi Ligasining 7-turida Uikom Uonderers klubi o'z maydonida Linkolnni qabul qilib, 3:1 hisobida zafar quchdi.
Mezbonlar himoyachisi Jo Jeykobson uchrashuvda avvaliga jarima zarbasini aniq amlga oshirib hisobni ochgan bo'lsa, keyin ikki marta burchak to'plaridan unumli foydalanib, xet-trik qayd etdi.
32 yoshli Jeykobson «Kardiff Siti» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U hozirgi klubida 2014 yildan buyon harakat qilib kelmoqda. Joriy mavsum esa u bugungi bahsni ham qo'shib hisoblasa chempionatning 7 bahsida qatnashib, 4 gol urishga erishgan. «Uikom Uonderers» esa jadvalda 15 ochko bilan etakchi bo'lib turibdi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar