Hikmat Ergashev: "AGMK o'z maydonida qarshi hujumda o'ynamaydi"
14 sen 2019 21:00
Yangiliklar


Hikmat Ergashev: "AGMK o'z maydonida qarshi hujumda o'ynamaydi"
Superliganing 19-turidan o'rin olgan AGMK - "Dinamo" (3:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar jamoasi yordamchi murabbiyi Hikmat Ergashev o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugun 3 ochko uchun o'ynagandik, oldimizga qo'ygan maqsadga erishdik. Oxirigacha harakat qilgan futbolchilarga rahmat aytaman. Ikkita yaxshi jamoa ishtirokidagi chiroyli o'yin guvohiga aylandik.
Biz o'z maydonimizda qarshi hujum taktikasida o'ynamaymiz. Bugun tezkor gol urganimizdan keyin yigitlar biroz bo'shashishdi va bizning jamoa qarshi hujumda o'ynagandek tuyuldi", - deydi Hikmat Ergashev.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar