Umidjon Ergashev: "OKMK bilan o'yinda bizni g'alabadan boshqa natija qoniqtirmaydi"
20 iyu 16:29
Yangiliklar


Umidjon Ergashev: "OKMK bilan o'yinda bizni g'alabadan boshqa natija qoniqtirmaydi"
"OKMKga qarshi kechadigan o'yin tomoshabop bo'lishiga ishonchim komil. Boisi, har ikki jamoa chiroyli futbol namoyish etadi. Bo'lajak uchrashuv keskin kurashlarga boy tarzda kechadi deb o'ylayman.
Chempionlik yo'lidagi kurashni davom ettirishimiz uchun olmaliqliklar bilan bo'ladigan o'yinda g'alaba qozonishimiz shart, chunki faqatgina yutuq bizni chempionlik poygasiga qo'shilishimizni taminlaydi. Buni jamoamiz azolari juda yaxshi his qilib turishibdi va bo'lajak bahsga juda yaxshi tayyorgarlik ko'rdik.
Maqsadimiz – shanba oqshomida "Markaziy" stadioniga tashrif buyuradigan muxlislarga quvonch ulashish. Bizni g'alabadan boshqa natija qoniqtirmaydi.
Buni amalga oshirish uchun qo'limizdan kelganicha harakat qilamiz", – dedi Ergashev.
Eslatib o'tamiz, "Navbahor" – OKMK bellashuvi ertaga 20:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar