Rasman: "Nasaf" futbolchisi "Navbahor"ga o'tdi
27 dek 2024 16:36
Yangiliklar
Rasman: "Nasaf" futbolchisi "Navbahor"ga o'tdi
Umid Ergashev "Nasaf" bilan xayrlashdi. U "Navbahor"ga o'tmoqda
Biroz avval yakunlangan mavsumda "Nasaf" tarkibida O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritgan darvozabon Umidjon Ergashev "Navbahor" bilan shartnoma imzolagani elon qilindi.
Mazkur posbon 1999 yil 20 mart kuni Samarqand viloyatida tug'ilgan. "Nasaf" klubi tarbiyalanuvchisi. Qarshiliklarning turli yosh toifalaridagi jamoalarida to'p tepgan, 2017 yildan "ajdarlar"ning asosiy tarkibi darvozasini qo'riqlashni boshlagan.
Umidjon Ergashev O'zbekistonning turli yosh toifalaridagi jamoalarida o'ynagan, 2020 yildan milliy terma jamoamizga nomzod futbolchi.

Malumot uchun, Ergashev ortda qolgan mavsum "Nasaf" tarkibida Superliga va OCHL 2 musobaqalarida 2ta o'yinda maydonga tushgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar