So’nggi yangiliklar

13:15"Саралаш ўйинларида футболчиларнинг қандай ҳолатда бўлиши муҳим, Эрон ва Қатарни эса ютишимиз керак" - Акмал Шораҳмедов  0 13:11Роналду фаолиятида илк бор гуруҳ босқичида бундай натижа қайд этди  0 13:10Сречко Катанец: "Жаҳон чемпионатига чиқишимизга ишонаман"  2 12:55"Кучли жамоалардан иборат яхши гуруҳ шаклланди. Энг асосийси, биз узоқ сафарларни амалга оширмаймиз" — Сречко Катанец  13 12:39ЖЧ-2026 саралашининг 3-босқичи тақвими ёхуд Ўзбекистон қайси саналарда ўйнайди?  55 12:33Жаҳон чемпионати-2026 саралашининг 3-босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон Эрон ва Қатар билан ўйнайди!  69 12:23Киммих шу ёздаёқ "Бавария"ни тарк этиши мумкин  1 12:01Грузия плей-оффга чиқди, одамлар эса кўчага  2 10:47Гарет Саутгейт? Евро-2024 да ишлаётган энг кўп ҳақ олувчи мураббийлар рўйхати тузилди  4 10:20Евро-2024. Кечаги учрашувларда кимлар «man of the match» соҳибига айланди?  2 09:54Алексей Естафеев: "Тажриба етишмаслиги ва вазиятлардан фойдалана олмаслик натижасида мағлуб бўлдик"  0 09:27"Наполи" президенти Носир Ал Ҳелайфини очиқчасига танқид қилди  3 09:00Асрор Алиқулов: "Қизилқум"га қарши ўйинда бизга осон бўлмайди"  0 08:34Копа Америка. Мексикада мағлубият, Эквадор эса ғалаба қозонди  0 08:08Бугун Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧ-2026 учинчи босқич саралашидаги рақибларини билиб олади  42

"Hech kim menga terma jamoani yoshartirish kerak degan talabni qo'ymagan" - Ektor Kuper ishtirokidagi to'liq matbuot anjumani Yangiliklar

"Hech kim menga terma jamoani yoshartirish kerak degan talabni qo'ymagan" - Ektor Kuper ishtirokidagi to'liq matbuot anjumani

Bugun O'FA matbuot anjumanlari zalida O'zbekiston terma jamoasi Ektor Kuper ishtirokidagi matbuot anjumani o'tkazildi.

"Xitoydagi turnirga tayyorgarlik uchun bizda juda kam vaqt bo'lishini alohida takidlash kerak. Biz 8 kunlik yig'in davomida ikkita bellashuv o'tkazishimizga to'g'ri keladi. Mazkur musobaqadagi asosiy maqsad jamoa o'yinini kuchaytirib olishdan iborat. Masalan hozirgi kunga qadar yo'lga qo'yilgan o'yinni yanada shakllantirib, xato va kamchiliklarni to'g'rilashimiz talab etiladi. Xitoydagi turnir aynan mana shu jihat bo'yicha bizga xizmat qilishi rejalashtirilgan. Lekin biz har qanday holatda va kimga qarshi o'ynishimizdan qati nazar g'alaba uchun maydonga tushamiz. 

Xitoydagi turnirga olib ketilayotgan tarkib bilan Osiyo Kubogidagi futbolchilar deyarli bir xil. Yani katta o'zgarishlarga qo'l urmadik. CHunki OTJ safidagi bazi futbolchilarni jamoaga jalb etishni istagandik. Lekin ular saralash bosqichi ishtirok etishi sababli mazkur jamoa nomzodlarini yig'inga jalb etmadik. Kelajakda esa mazkur jamoa futbolchilari ham bizning nazoratimiz ostida bo'ladi. Ular doim MTJ murabbiylar shtabi kuzatuvi ostida bo'lishadi. Qaytaraman, Xitoydagi turnirga tayyorgarlik uchun vaqtimiz juda oz. Lekin qo'ldan kelgancha yaxshi ishtirok etishga harakat qilamiz", - deya gap boshladi Ektor Kuper.


"Interfutbol" gazetasi jurnalisti Ektor Kuperga o'tgan o'yinlardan qanday xulosalar chiqargani va bo'lajak bahslarda aynan nimalarga ko'proq etibor berishi haqida so'radi. Kuper esa quyidagi javoblarni berdi:

- "O'tgan vaqt haqidagi xulosalar ikkiga bo'linadi: yaxshi va yomon. Osiyo Kubogi davomida meni xursand qilgan yaxshi taraflari va xafa qiladigan yomon tomonlari ham bo'ldi. Buni tan olaman. O'zgarishlar haqida gapirishdan avval bizda vaqt kamligini inobatga olishni istardim. Hozir Xitoydagi turnirdan oldin katta o'zgarishlar qilib yuboradigan muddat menda yo'q. Kichik detallarni o'zgartir holda terma jamoa o'yinini yaxshilashga harakat qilamiz. Urugvay bilan o'yinda bizning Avstraliyaga qarshi ko'rsatgan o'yinimizni takrorlashni istayman. Futbolchilar yanada o'z harakatlarini kuchaytirgan holda o'ynashlaridan umidvorman. Lekin bu qisqa vaqt ichida bizdan mo'jiza kutish noo'rin. CHunki tayyorgarlik ko'rishga deyarli vaqtimiz qolmayapti. Ammo o'yinimizga kiritmoqchi bo'layotgan kichik detallardagi o'zgarishlarimiz bizga yaxshi natija olib keladi. CHunki aynan mazkur o'zgarishlar g'alaba qozonishimiz yoki mag'lubiyatga uchrashimizga sababchi bo'lishi mumkin. Murabbiy doim vaqt, vaqt va yana vaqt haqida gapirishadi. CHunki bizga amalda qo'llamoqchi bo'layotgan narsalarimizni mashg'ulotlarda sinab ko'rishga vaqt kerak. Masalan Turkiyadagi yig'in davomida ikki hafta shug'ullandik va natijada o'yinimizda o'zgarish kuzatildi. Ko'ryapsizmi, qachonki etarli vaqt bo'lsa, mashg'ulotlarda buni sinab ko'rsak, o'yinda o'zgarish kuzatiladi. Osiyo Kubogida o'yinimiz yaxshi chiqdi. Hozir esa qisqa muddat ichida buni amalga oshirish juda qiyin masala", - deya javob berdi Kuper.



Jurnalist SHahboz Beg'amov Ektor Kuperdan Osiyo Kubogi haqidagi hisobotni imkon qadar batafsil tinglashni so'rab, qita chempionatidan avval chempionlik haqida gapirilgani va amalda nimchorak final natijasi qayd etilganini eslatdi. Himoyada tartibli o'yin qurishni xohlagan murabbiydan nega chempionat davomida eng ko'p xavfli vaziyatlar aynan bizning terma jamoamiz darvozasi oldida sodir etilgani va darajasi nisbatan ancha kuchsiz bo'lgan Turkmaniston bilan o'yindan tashqari qolgan uchrashuvlarda hujumda keskin o'ynalmagani haqida so'radi. SHuningdek, Osiyo Kubogida ham terma jamoa yoshartirilmagani va hozirgi elon qilingan tarkib (Nesterov, Yusupov, Rashidov va Musaev yo'q. O'rniga To'raev, Mirzaev va Abduxoliqov) ham nega deyarli o'sha-o'sha ekanligini so'radi. SHuningdek, Kuperning vaqt juda kam degan iddaosiga butun dunyoda terma jamoalar faqat FIFA kunlari payti yig'ilishi va barchaga sharoit tengligini eslatib o'tib, ko'p vaqt taqdim etilgan yig'indan keyin ham terma jamoaning Osiyo Kubogidagi natijasi yaxshi bo'lmaganini aytdi. Va JCH-2022 saralash bosqichi paytida tayyorgarlikka bundanda kam vaqt bo'lishini nazarda tutib natijani qanday qilib yaxshilamoqchi bo'layotgani haqidagi savollarga Kuper quyidagi javoblarni keltirdi:

- "Meni shartnomamda nima deb yozilgan bilasizmi? JCH-2022ga chiqish va Osiyo Kubogida chempionlik erishish alohida yozib qo'yilgan. Menga masalan tarkib haqida, uni yoshartirish borasida gapirilmagan. Kelajakda terma jamoani yoshartirish haqida gap-so'z yo'q. Futbolda kelajak degan gap yo'q. Kelajak hozir, kelajak bugun. Biz hozirni o'ylashimiz kerak. Hozir yutish kerak. Hozir JCHga chiqishimiz lozim. To'g'ri, Osiyo Kubogida nimchorak finalda yutqazdik. To'g'ri, haqsiz. Bu meni aybim. Tan olaman. Lekin bizlarning maqsadimiz JCH chiptasini qo'lga kiritish. Bu yo'lda biz juda ko'plab futbolchilarni kuzatib boramiz. Olimpiya terma jamoasi bu yo'lda bizning asosiy mo'ljalimiz bo'ladi. SHuni aytishim mumkinki, OTJ murabbiyi ispan tilida suhbatlashadi va bu borada biz bir-birimiz bilan doim muloqotda bo'lishimiz mumkin. Bizning barcha quvvatimiz JCHga chiqishga sarflanadi. Tarkibni yoshartirish, o'yinchilarni shakllantirish ham muhim masala, to'g'ri. Kelajakda OTJ futbolchilari bizning o'zagimiz bo'ladi. SHuningdek, chempionat o'yinlarini ham kuzatib boramiz. Lekin men kelajak haqida gapirishni xohlamayman. Kelajak hozir biz uchun Xitoydagi turnir. Mazkur musobaqada yaxshi qatnashish uchun tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. Xitoydagi turnirda ko'rsatadigan o'yinimiz iyunda boshlanadigan saralash bosqichida o'yin uslubimizning asosi bo'ladi. Agarda biz maqsadlarni bo'lishni boshlasak, o'z-o'zidan quvvatimiz ham bo'linadi. To'g'ri takidladingiz, aytganingizdek terma jamoa murabbiylarida vaqt kam bo'ladi. Ularga aslida ko'proq vaqt kerak. Hozirdagi barcha etibor va quvvatimizni Xitoydagi turnirga qaratamiz. Men kelajak haqida gapirmayman. CHunki meni kelajakni ko'rayotganim yo'q. Balki Xitoydagi turnirda yutqazsak, meni bo'shatib yuborishlari mumkin. SHu boisdan ham natijaga qaraymiz. Kelajak bu nisbiy narsa. Muhimi, ishni yaxshi rejalashtirish kerak. Bu esa bizda juda yaxshi yo'lga qo'yilgan. Yaxshi yo'nalishga tushib olganmiz. Miyamizdagi yagona narsa - JCHga chiqish. Bu jarayonda OTJ murabbiylari bilan ham doimo aloqada bo'lib, o'z strategiyalarimiz haqida bo'lishamiz. Men ham Osiyo Kubogidan ko'proq narsa kutgandim. Lekin o'ylagan ishlarimiz amalga oshmadi. Men aybdorman. Men hamisha g'alaba qozonish haqida o'ylayman. Asosiy maqsad mundial", - dedi Ektor Kuper.

Qalampir nashri jurnalisti Osiyo Kubogida terma jamoamiz o'yinida mantiq ko'rganini takidlab, Osiyo Kubogida, rasmiy o'yinlarda qita jamoalarining haqiqiy kuchini ko'rgan murabbiy o'zi uchun qanday xulosaga kelganini so'rab, kelajakda darajasi past futbolchilarimiz bilan qanday qilib grand jamoalarni pastga qulatib JCHga chiqishimizni so'radi.

- "Ha, biz qitadagi grand jamoalarni yuta olamiz deb o'ylayman. To'g'ri aytildi, rasmiy o'yinlar bilan o'rtoqlik bahslarning o'rtasidagi farq er bilan osmoncha. Jamoalarning haqiqiy kuchi rasmiy o'yinlarda kuzatiladi. Kelajakda Avstraliya, Yaponiya kabi kuchli termalarni yutishimizga aniq ishonaman. Lekin bitta shart bor. Bunga avvalo o'zimiz ishonaylik. Barcha birlashgan holda yagona dastur asosida harakat qilish kerak. SHundagina bu maqsadga erishish mumkin. Lekin bu biz aniq shu jamoalarni yutamiz degani emas. Osiyo Kubogida biz ular bilan tengma-teng o'ynay olishimizni ko'rdik. Bu isbotlandi. Kelajakda esa ularni yutish uchun, avvalo ushbu o'yinni saqlab, uni yanada kuchaytirib, shakllantirish lozim bo'ladi. Etiborni boshqa narsalar bilan bo'lib, yoshartirish yoki boshqa masalarni o'ylamaslik zarur. Balki men murabbiy sifatida bunga qodir emasdirman. Yani, bir vaqtning o'zida barcha jihatlarni inobatga olib ishlash qo'limdan kelmas. Lekin men buni noto'g'ri deb hisoblayman. Osiyo Kubogidagi mag'lubiyatni kimdir omadga yuyishi, kimdir penaltilar evaziga yoki boshqa birov kuchsiz bo'lganimiz bilan keltirishi mumkin. Xitoydagi turnirda aynan rasmiy bahslarga tayyorgarlik ko'rish uchun ishtirok etamiz. Urugvay tarkibida Kavani, Suares yoki Godin singari yulduz futbolchilar bor. Lekin bizning mazkur turnirdagi aniq rejamiz: rasmiy o'yinlarga tayyorlanishdan iborat", - dedi Ektor Kuper. 


SHuningdek, Kuper ehtiroslar bilan savollarga javob berishini jahli chiqqanligi uchun emas, balki doim shunday ohangda gapirishi bilan izohladi.


Jurnalist va ayollar futboli mutaxassis Dmitriy Popov Kuperdan Osiyo Kubogidagi o'yin tahlillarini qaysi dasturlar orqali o'rganishi va buning uchun qancha vaqt sarflashini so'radi.

- "Zamonaviy dasturlar murabbiylar uchun juda qulay keldi. CHunki ortiqcha vaqt sarflashga hojat qolmayapti. Lekin men o'yinlar tahlili bilan shug'ullanmayman. Men bu borada mutaxassis emasman. Bu ish bilan shug'ullanadigan tahlilchi mutaxassisimiz bor shtabda. SHuni unutmaslik kerakki, futbolda inson faktori juda muhim. Buni hech qanday texnologiya aniqlab berolmaydi. Hamma narsa raqamlar bilan bog'liq emas. Futbol bu matematika emas. Men o'qiyotgan kitobda 50 yillikdan so'ng murabbiy jamoani kompyuter orqali o'tirgan joylaridan boshqarishlari mumkinligi haqida yozishgan. Lekin shunday jihatlar borki, buni hech qanday texnologiya orqali aniqlashning imkoni yo'q. Bu futbolchining vatanga bo'lgan muhabbati, o'yinga bo'lgan munosabati kabi jihatlarni dasturiy tahlillar orqali aniqlay olmaymiz. SHuni aytishim mumkinki, O'FA menga tahlillar uchun kerak bo'lgan barcha zamonaviy texnolgiyalar bilan taminlab kelmoqda.  Murabbiylar shtabimiz bilan raqib o'yinini o'rganish va o'z o'yinimizni tahlil qilishda eng oxirgi modeldagi texnologiyalardan foydalanyapmiz. Bizda hammasi bor. Men hali ham Osiyo Kubogidagi o'yinlarimiz tahlili bilan shug'ullanyapman. Bu jarayon davom etmoqda. Bilasizmi, men bir kinoni necha marotaba qaytadan ko'raman? Balki men bir ko'rishda kinoni tushunmasman, lekin 5-6 marotaba qayta-qayta ko'raman. Kinoni har safar ko'rganimizda filmdan o'zim uchun yangi bir nima olaman. Aktyor yoki aktrisa harakatlaridan yangi nimadir olaman. Har safar qayta ko'rganimda o'zim uchun yangilik topaman. Balki boshqa murabbiylarda bunday bo'lmas, ular futbolni mendan ko'ra yaxshiroq tushunishlari mumkin. Lekin men hali ham o'zimizning o'yinlarni qayta tomosha qilyapman", - dedi Kuper.


AGMK matbuot kotibi Baxtiyor SHirinov Ektor Kuperdan yurtimizda malum muddat yashab, o'zbek ananalari va yashash tarzidan boxabar bo'lgan mutaxassis sifatida nega o'zbek futbolchilari Osiyo grand jamoalari o'yinchilaridek Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida o'ynab keta olmayotgani sabablari bilan qiziqdi.

- "Juda qiyin savol. Balki o'zbek futbolchilari yurtingizdan chiqishni istamas yoki Evropaga borgisi kelmas. Kimgadir Rossiya, kimgadir Xitoy yoqadi. Boshqa birov Birlashgan Arab Amirliklarini xush ko'rishi mumkin. Tahlil uchun juda yaxshi mavzu. O'zbek futbolchilarining darajasi va sifati bemalol Evropada o'ynashga tortadi. Buni bemalol aytaman. SHubha yo'q", - deydi Ektor Kuper.



O'ZA axborot agentligi jurnalisti Otabek Eshmamatovning azaldan terma jamoaning jismoniy holati borasida muammo borligini takidlab, hozirgi holat bo'yicha qiziqdi va xorijda o'ynayotgan legionerlarimizni o'rganish va kuzatish jarayonini qanday o'tkazayotgani bilan qiziqdi.

- "Hozir endi texnologiyalar mavzusida suhbatlashadigan mavzu bo'ldi. Bizda barcha legionerlarning o'yinlari tushirilgan videolar mavjud. SHu orqali ularni kuzatib boramiz. Lekin shuni aytishim mumkinki, barcha legionerlar ham jamoalarining asosiy tarkib futbolchisi emas. Ularning soni ko'p, ammo barcha boshlang'ich tarkib futbolchisi emas ayni paytda. Masalan Fozil Musaev oxirgi o'yinlarda zaxiradan maydonga tushdi. Faqatgina oxirgi bahsda to'liq o'ynadi. Bazi narsalar bir-biriga to'g'ri kelmaydi. Legionerlar doim kuzatuvimiz ostida. Lekin ayni paytda chempionatda shunday o'yinchilar borki, darajasi jihatdan ayrim legionerlardan ustun. Meni fikrimcha, bazi futbolchilar legionerlar o'yinchilardan kuchliroq. Bu shunchaki mening shaxsiy fikrim. Biz har bir qarorni murabbiylar shtabi bilan gaplashgan va maslahatlashgan holda chiqaramiz. Texnologiyalar hissasi evaziga biz xorijdagi futbolchilar haqida etarlicha malumotlarga egamiz. Jismoniy holatimiz haqida gapirsam, Osiyo Kubogidagi natijalarimiz bu borada ancha yaxshi bo'ldi. SHunday futbolchilar borki, kimdir ko'proq yuguradi, kimdir esa kamroq.  SHaxsan menda futbolchilarning jismoniy holati bo'yicha hech qanday etiroz yo'q", - deydi Ektor Kuper.


SHahboz Beg'amov Portugaliya chempionatida javlon urayotgan, asosiy tarkib futbolchisi hisoblangan Rashidov nega ro'yxatga kiritilmagani va Denisovning xizmatlariga nega ehtiyoj sezmagani haqida so'radi. SHuningdek, Kuperning barcha legionerlar o'z jamoalarida asosiy tarkib futbolchisi emas deganiga terma jamoaga chaqirilgan SHorahmedov va darvozabon To'raev ayni paytda o'z jamoalarida zaxira o'rindig'ida o'tirganini keltirib, bu borada izoh so'radi.

- "SHunday futbolchilar borki, o'z jamoasida o'ynamasa ham o'ynayotgan legionerlardan kuchliroq bo'lishi mumkin. Men bir narsani aniq aytaman, barcha terma jamoaga o'ynashga loyiq. Lekin biz futbolchilardan doim tayyor bo'lishlari kerakligini so'raymiz. Muhimi, futbolchilarda ishlashga bo'lgan ishtiyoq bo'lmog'i lozim. Terma jamoa futbolchilari nafaqat murabbiy ko'rsatmasi, balki jamoaga nima kerak bo'lsa shuni bera olishlari kerak. Rashidovda viza bilan bog'liq bo'lgani uchun chaqirmadik. Unga ortiqcha etiroz yo'q. CHaqirilmagan o'yinlarni o'rnini to'ldiradigan futbolchilarni jalb etganmiz. Bu borada muammo yo'q. Terma jamoadan chaqiruv olmagan futbolchilar havotir olmasa ham bo'ladi. CHunki ular kelajakda chorlov olishlari mumkin. Bizda hech kimga joy kafolatlanmagan. Terma jamoa eshiklari esa barcha uchun ochiq. Lekin shu narsani tan olamanki, menga yoqqan futbolchi boshqaga yoqmasligi, yoki aksincha bo'lishi mumkin. Lekin biz 23 futbolchi bilan cheklanishga majburmiz", - dedi Ektor Kuper.


Xalq so'zi gazetasi muxbiri Azamat Murodov yaqindagina MOQ rasmiy saytida futbolga javobgar bo'lgan O'FA Birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov o'z intervyusida terma jamoani yoshartirish kerak deganini eslab, Kuperdan rahbarlar bilan mazkur masalada alohida suhbat bo'lganmi yoki yo'qligini so'radi.

- "Sizlar nima xohlaysizlar? JCHga chiqishni istaysizlarmi? Yoki har o'yinda uchtadan gol urishni istaysizlarmi? To'p bilan ko'proq muomulada bo'lishni xohlaysizlarmi? Men sizlarni tushunaman, hammani tushunaman. To'g'ri, biz total futbol o'ynashimiz mumkin. Men terma jamoani umuman yoshartirmaymiz demayman. Albatta buni qilamiz. Biz kelajakda OTJ terma jamoasiga asoslanib, ularni kuzatib boramiz. Lekin ularning ham murabbiylari bor, ular ham o'z rejasiga ko'ra saralash bosqichiga tayyorlanmoqda. Hozirgi tarkibda nimaga OTJning birorta futbolchisi yo'q? CHunki ularni oldinda muhim musobaqa kutmoqda. Menga OTJ futbolchilari qiziq emas deganim yo'q. Menga shaxsan Umid Ahmadjonov terma jamoani yoshartirish kerak degani yo'q", - deya matbuot anjumanini yakunladi Ektor Kuper.


Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi 21-25 mart kunlari Xitoyning Guansi shahrida "China Cup-2019" musobaqasida ishtirok etadi. Ektor Kuper mazkur turnirga 22 nafar futbolchi bilan iborat tarkibda yo'l oladi. Bugun o'tkazilgan matbuot anjumanida avval Ektor Kuper terma jamoaga chaqirgan futbolchilar ro'yxati elon qilindi. Unga ko'ra, Osiyo Kubogida qatnashgan 5 nafar futbolchi Ignatiy Nesterov (darvozabon), O'tkir Yusupov (darvozabon), Fozil Musaev (tayanch yarim himoyachisi), Aziz Turg'unboev (vinger) va Sardor Rashidov (hujumchi/vinger) ro'yxatdan tushib qoldi. Ularning o'rniga darvozabonlar Javohir Ilyosov, Akbar To'raev, Sardor Mirzaev va Temurxo'ja Abduxoliqov ro'yxatga kiritilgan.

O'zbekiston terma jamoasi 17 mart kuni kechasi soat 23:00da Toshkentda yig'iladi va ertasi kuni musobaqa bo'ladigan Xitoyning Guansi shahriga uchib ketishi rejalashtirilgan.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика