So’nggi yangiliklar

17:47Файзуллаев нега кеча тиббий кўрикдан ўтмади? Инсон самолётда учганидан кейин дарҳол кўридан ўтса нима бўлади?  1 17:43"Динамо" ўртоқлик ўйинида Беларус клубини йирик ҳисобда таслим қилди  1 17:21Моуринью "Ман Сити"нинг қоидабузарликлари ҳақида: "Қонун бўйича 2017/18 мавсумда МЮ чемпион бўлиши керак эди"  2 16:59"Челси" 19 ёшли ҳимоячи - Хатони сотиб олмоқчи  4 16:11Уэсли Снейдер: "Салоҳни тарихдаги энг буюк футболчилардан бири деб ҳисоблаш мумкин"  2 15:49Жозе Моуринью: "Илгари кўпроқ пул топгани энг яхши мураббий деб ҳисобланарди, энди эса – энг яхши образга эга бўлгани. Бугун энг муҳими – юқори даражали пиарга эга бўлиш"  5 15:31Иванович ва Швайнштайгер тўққиз йиллик турмушдан сўнг ажрашишди  1 15:13Артета АПЛдаги рақобат ҳақида: "Лигада биздан бошқа яна 6-8 та клуб соврин учун бемалол кураша олади"  0 14:54Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23. Энг яхши уч футболчи ким бўлди?  2 14:26Исак унга бўлган қизиқишлар фонида "Ньюкасл"даги йиллик маошини сезиларли даражада ошириб олмоқчи, аммо...  2 14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  2 13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0 13:23"Like Cup" якунланди: "Ал Бадр" - чемпион!   5 13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  10 12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  38

"Hayot – ulug' nemat, bitta oyog'ingiz bo'lmasa ham..." Yangiliklar

"Hayot – ulug' nemat, bitta oyog'ingiz bo'lmasa ham..."

Urugvaylik hujumchi Dario Silvaning achinarli hayoti haqida.

Ehtimol, siz uni A Seriyadagi o'yinlari bilan yodga olmassiz: Silva Ispaniya (“Espanol”, “Malaga”, “Sevilya”) va Angliyada (“Portsmut”) o'ynagan, 2002 yilgi Jahon CHempionatida Urugvay termasi tarkibida harakat qilgan. SHuningdek, “Darioning oyog'ini kesib tashlashdi” fojeasi bilan ham ko'pchilikka tanilgan...

U 1995 yil “Kalyari”ga kelgan. Jovanni Trapattonining yoniga uch marta Urugvay chempionatining eng yaxshi bombardirini olib kelishgan. Ammo avvaliga Silvaning Italiyadagi ishlari biroz o'ngidan kelmadi. U birinchi mavsumni to'rtta, ikkinchisini esa 3ta gol bilan yakunladi. “Kalyari” esa elitadan tushib ketdi. Biroq shunda ham tiffozilar Darioni juda yaxshi ko'rishardi. Silva ularning ishonchini oqlash maqsadida sherigi Mucci bilan birgalikda qatorasiga 30ta gol urdi va jamoani yana A Seriyaga qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

“U shunchalik tez harakat qilardiki, bazida nimalar qilganini tushunib ulgurmasdim”, – deydi Mucci (“Kalyari”dan keyin “Udineze”, “Lacio”va “Torino” safida to'p tepgan o'yinchi). – “Himoyachilar uchun bu yuqori daraja edi. Silvaning texnikasi o'zgacha bo'lmasa-da, o'yin uchun borini berar hamda yuqoriga sakrab ajoyib gol urardi. Men bunday koordinaciyaga ega o'yinchilarni juda kam uchratganman. U boshi bilan o'ynashini ko'rsangiz... To'g'risi, buni so'z bilan tariflab berolmayman. Xuddi basketbolchi Lebrondek yuqoriga sakray olardi. Ha, bazida elementar narsalarni tushunmasdi. Lekin uning gollarini tomosha qilsangiz, aqldan ozib yoqangizni tishlab qolardingiz”.

“Biz qalin do'stlarmiz. U ajoyib, quvnoq va hazilkash yigit. Dario bilan har bir g'alabali o'yindan keyin pivo ichish ananaga aylangandi. Do'stim halokatga uchraganini eshitgan zahotim, unga qo'ng'iroq qildim. U esa meni tinchlantirishga tushdi: “Robbi, havotir olma, ahvolim yaxshi. Men bir oyog'im bilan ham gol ura olaman...”


2006 yil sentyabrda Silva avtohalokatga uchradi – u rul nazoratini yo'qotib, mashinadan otilib chiqib ketgan. O'ng oyog'ining bir nechta suyaklari maydalanib ketgan va shuning uchun jarrohlar uning oyog'ini tizzasigacha kesib tashlashga majbur bo'lishgan. “Buni menga aytishganida yashagim kelmay qoldi. Ammo keyin o'ylab qoldim: agar men bo'lmasam ota-onam, yaqinlarimning ahvoli nima kechadi...?”, – deydi Dario.

2007 yil Silva yasama oyoq (protez) bilan yura boshladi. Ahvoli ancha yaxshilangan o'yinchi 2008 yil dekabr oyida MLS klublaridan biri "Toronto" bilan muzokara o'tkazayotgani haqida gap-so'zlar tarqalgan edi. Ammo shartnoma to'liq amalga oshmagan. Buning aniq sababi malum emas. 2009 yil esa u maydonga tushdi hamda Urugvay va Argentina faxriylari ishtirokidagi uchrashuvda 2ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. 

“Hayot bir bor beriladi, uning qadriga etib yashash kerak. Men buni tushunib etdim. Mendan ahvolimni so'rash uchun kumirim — Maradona ham qo'ng'iroq qilgandi. Bundan boshim osmonga etgan. Eng alamlisi — hayot kechirishim uchun pul topishimda asosiy vazifani bajaradigan tanam azosi — oyog'imdan ayrilganim bo'ldi. Lekin shifokorlar to'g'ri qilishgan ekan. Aks holda, hayotdan ko'z yumishim mumkin edi. Operaciya jarayoni 3,5 soat davom etgan. Eng asosiysi – olg'a intilish uchun o'zingizda kuch topa olish. Hayot – ulug' nemat, bitta oyog'ingiz bo'lmasa ham...”


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика