So’nggi yangiliklar

13:31Эшитдик-да! Илҳом Мўминжонов янги мавсумда водийда иш бошлайди   4 13:24"Ливерпуль" "Лион" футболчисини қўлга киритмоқчи   1 13:05Ўзбекистон ва КХДР ўзаро ўйинлар тарихи. Пхеняндаги мағлубият, Гейнрихнинг чиройли голи ва Австралияда "порлаган" Сергеев  3 13:05КХДР билан ўйинлар ёдингиздами?  2 12:44КХДР - Ўзбекистон учрашувини бизга яхши таниш ҳакам бошқаради  3 12:21АПЛнинг уч клуби Пулишични кузатмоқда  1 12:00Лаосдан гапирамиз  19 11:47Ўзбекистон терма жамоасининг КХДР билан ўйин учун тахминий таркиблари  21 11:26Бундеслиганинг энг яхши тўпурари "Бавария"га ўтишни истамоқда  0 10:51«Реал Мадрид»нинг қишдаги режалари маълум  0 10:18Поль Погба келажаги борасида бир қарорга келди  2 09:42«Манчестер Юнайтед» ПСЖ футболчисини сотиб олмоқчи  0 09:07Клопп Испания жамоасини бошқариши мумкин  4 08:35Ибрагимович 7 кишилик рамзий терма жамоасини тузди  10 07:59Аморим МЮда илк машғулотни ўтказди  2

Har jabhada birinchi bo'lishga intilayotgan “Andijon”... Yangiliklar

Har jabhada birinchi bo'lishga intilayotgan “Andijon”...

Klubning uzoq yillik tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, juda ko'plab rahbar, murabbiy futbolchilar keldi-ketdisi yuz bergan.

Boshqaruvning barqaror bo'lmaganligi sababli o'zgarishlarning tez-tez sodir bo'lishi oddiy holga aylanib ulgurdi. Buni teran anglagan viloyat rahbarlari klub boshqaruviga tajribali va malakali mutaxassisni jalb qilishga bel bog'lashdi va keyingi yillarda “Bunyodkor” klubida bosh direktor lavozimida mehnat qilib kelgan, asli Andijon farzandi Ulug'bek Mirzaevning faoliyatini boshlashi asta-sekin o'z samarasini bera boshladi. Buni barcha sohalarda anglash qiyin emas. 


1.  O'FAda smeta himoyasi

Klublarning yillik faoliyati bevosita byudjetga bog'liq. Buni to'g'ri yo'lga qo'yish va taqsimlashni ham o'ziga yarasha qiyinchiliklari mavjud. Jamoalarda moliyaviy barqarorlik muhim omillardan biri va bu bevosita natijaga ham o'z tasirini ko'rsatmasdan qolmaydi. Buni yaxshi anglab turgan “Andijon” klubi bosh direktori o'tgan yilning dekabr oyidayoq klubning yangi mavsum uchun yillik byudjeti borasida puxta reja ishlab chiqdi va o'z o'rnida viloyat rahbari ham jamoani moliyaviy barqarorligini taminlash bo'yicha qo'llab-quvvatlamoqda. Malumki, klublar yillik byudjet mablag'larini maqsadli sarflash yuzasidan O'FA komissiyasi suhbatida bo'lmoqdalar. Bu jabhada ham “Andijon” birinchilardan bo'ldi. Klub bosh direktori Ulug'bek Mirzaev O'FAda tashkil etilgan maxsus komissiyaning suhbatida bo'lib, jamoaning yillik byudjetini yil davomida qanday taqsimlanishini muvaffaqiyatli himoya qildi va ortiqcha savollarga o'rin qoldirmadi. Natijada “Andijon” jamoamizning yillik xarajatlari smetasi Superliga klublari orasida birinchilardan bo'lib O'FA bilan kelishildi.  


2.  CHuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruv

Har gal chempionat oldidan klublar tibbiy tekshiruvdan o'tkaziladilar. Bu majburiy. CHunki futbolchilar uchun eng birinchi navbatda sog'lik-salomatlik muhim. SHuning uchun “Andijon” klubi rahbariyati futbolchilarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tkazish jarayonini cho'zib yurmadi-da, bu masalada yana birinchilardan bo'lib tashabbus ko'rsatdi. Natijada jamoamizning Duketdagi o'quv-mashg'ulot yig'ini boshlangach, 4 yanvarda “UM medical center” sport tibbiyot markazining ixtisoslashgan bo'limidan malakali shifokorlar jamoa azolarini tibbiy ko'rikdan o'tkazdilar. CHuqurlashtirilgan tibbiy ko'rik uchun to'lanadigan mablag'lar ham oldindan ularning hisob raqamiga o'tkazib qo'yilgani ham etiborga molik. Tarkibimizga keyinroq qo'shilgan futbolchilar ham oradan biroz vaqt o'tgach, shifokorlar ko'rigidan o'tdilar. Endilikda shu kungacha bo'lgan barcha jamoa azolari to'liq tibbiy ko'rikdan o'tdi. Jarayonda qatnashgan “UM medical center” tibbiyot markazi rahbari Muzaffar G'ofurovich Xudoyberganov “Andijon” matbuot xizmatiga shunday dedi:

“Andijon” professional futbol klubi bugungi kunda tibbiy ko'rikdan o'tdi. Tibbiy ko'rik natijalari va o'tish vaqtiga qaraydigan bo'lsak, O'zbekiston Superliga klublari ichida birinchi bo'lib to'liq tibbiy ko'rikdan o'tishdi. Natijalariga keladigan bo'lsak, hozirdan aniq natijasini ayta olmaymiz. Klublar endi-endi tibbiy ko'rikdan o'tishyapti. Lekin shu paytgacha o'tgan jamoalar ichida “Andijon” futbolchilarining ko'rsatkichlarini yaxshi desak bo'ladi. Faolligiga qaraydigan bo'lsak, “Andijon” klubining tashkiliy ishlari va tashabbuskorligi bo'yicha chindan ham birinchi o'rinda desak bo'ladi. Sababi, yil boshida bu klub bizga tibbiy ko'rik bo'yicha birinchi bo'lib murojaat qildi va maslahatlar olishdi. Boshqalarga qaraganda tayyorgarligi yuqori darajada bo'ldi. Masuliyat va talabchanroq desak ham bo'ladi”, - dedi shifokor.


3.  25-26 yanvar kuniga belgilangan tadbirlar

Har yili mavsum oldidan futbol klublariga “halol o'yin” va yangilangan futbol qoidalarini tushuntirish borasida seminarlar tashkil etib kelinadi. Bu yo'nalishda ham bizning jamoamiz yana faollik ko'rsatmoqda. 27 yanvar kuni “Andijon” xorij yig'inini o'tkazish maqsadida Turkiyaning Antaliya shahriga jo'nab ketadi. Safar oldidan jamoamiz azolari bilan 25 va 26 yanvar kunlariga aynan “halol o'yin” hamda yangilangan futbol qoidalarini tushuntirish masalasida uchrashuvlar bo'lib o'tadi. Aytish mumkinki, “Andijon” bunda ham birinchi bo'lib namuna ko'rsatmoqda. Ikkala sohaning mutaxassislari jamoamiz azolari joylashadigan “Marmaris” mehmonxonasiga tashrif buyurishadi va kerakli seminar va suhbatni o'tkazishadi. Yakunda kerakli hujjatlar imzolanadi. SHu tariqa, licenziyalashtirish jarayoni talablari bajarib borilmoqda hamda yangi mavsumga futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishda muammolarga duch kelmasligi asosiy o'rinda ko'rilmoqda. Xorij safaridan qaytgunga qadar mazkur masala ijobiy echim topishi shubhasiz. 

4.  Ijtimoiy masalalar bo'yicha tadbirlar

“Andijon” klubidan yana bir tashabbuskorlik yo'lga qo'yildi. Yodingizda bo'lsa, dekabr oyi oxirlarida keksa yoshdagi futbol faxriylarining holidan xabar olindi. Aslida futbol faxriylarimiz bisyor. Faqat ularni yo'qlashda asosan yordamga muxtoj, yolg'iz istiqomat qilayotgan faxriylar etiborga olindi. “Andijon” jamoasi yana shunday yordamga muxtoj bo'lganlarga yordam qo'lini cho'zish bo'yicha xayrli ishlarini davom ettirmoqda. Mazkur tadbir bir martalik bo'lib qolmaydi va yil davomida sobiq murabbiy, futbolchi, klub rahbari, jamoaning faol muxlislari holijan xabar olib turish anana tusini oladi. 

Xabaringiz bor, kuni kecha klub rasmiy sahifasi orqali hamda klub rahbariyatining tashabbusi evaziga bir vaqtlar jamoamiz tarkibida to'p surgan Sayriddin Gaffarovni dardga chalingani uchun uni qo'llab-quvvatlab xayriya akciyasini boshlanganligi malum qilindi. Qisqa fursat ichida ushbu akciya nafaqat O'zbekistonda balki, Tojikiston va yana boshqa joylarda ham ommalashib ketdi. SHuningdek, klub mutasaddilari Farg'ona viloyatida istiqomat qilayotgan, ilgari “Andijon”da o'ynagan sobiq futbolchilarning holidan xabar olishni rejalashtirib qo'ygan.

Yaqinda murabbiy va futbolchilar bilan yangi shartnomalar imzolash taqdimot marosimi ham bo'lib o'tdi. Etiborlisi, OAV guvohligida hali hech bir klub to'g'ridan-to'g'ri, rasmiy shartnomalar imzolash jarayonini o'tkazmagandi. Bu borada ham “Andijon” birinchi bo'ldi. Natijada klub bosh direktori Ulug'bek Mirzaev murabbiy hamda futbolchilar bilan shartnomani rasmiylashtirdi. 


5.  Zamonaviy futboldan ortda qolmagan holda...

 Ha, bugungi zamonaviy futbolda yuqori texnologiyalarning ham bo'lishi ham zarur. Ayniqsa, murabbiylarning o'quv qo'llanmalari va mashg'ulotlar jarayonida juda asqotadi. Futbolchilarning funkcional holatini masofadan turib monitoring qilish imkonini beruvchi moslamadan foydalanish uchun “Catapult Sports Technology”ni xarid qilish bo'yicha muzokaralar ijobiy yakunlandi va tez orada klub ixtiyorida bo'ladi. Aytish mumkin bo'lsa, “Andijon” aynan shu jabhadan ilg'orligini namoyish etdi. Barvaqt ushbu uskunani sotib olish bo'yicha ishlarni boshlagandi va endilikda bu ishlar yakuniga etib qoldi. Bir so'z bilan aytganda, klubda tashkiliy ishlar bo'yicha barchasi ko'ngildagidek va rivojlanish uchun oldinga katta qadam tashlanayotgani quvonarlidir. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика