So’nggi yangiliklar

07:55А Сериянинг энг яхши футболчиси аниқланди  0 07:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бўлиб ўтади  1 07:20Озарбайжон. "Сумқайит" мавсумни йирик ғалаба билан якунлади, Жалолиддиновдан иккита, Абдихолиқовдан битта ассист  0 01:53Суперлига. "Насаф" - ОКМК 2:1  0 01:48Мактомини ва Лукаку "Наполи"ни чемпионга айлантирди!  24 01:16"Бавария" "Брайтон" ва "Милан" юлдузларига кўз тиккан  0 00:43"Sky Sports" АПЛда мавсумнинг энг яхшиларини аниқлади  7 00:21Миржалол Қосимов: "Ютсак ҳаммамиз зўрмиз, ютқазсак барчамиз айбдормиз"  2 23:52Максим Шацких: "Суперкубок финалига яхши кайфиятда борадиган бўлдик. Танаффусда ўйинни ўзгартириб юборишга келишиб олдик, акс ҳолда "Ультрас" бизни кечирмас эди"  4 23:32Рўзиқул Бердиев: "Шуҳрат Муҳаммадиев 36 ёшида ёш футболчилардан ҳам тез югуради"  6 22:39Февзи Давлетов: "Дуранг бўлиши мумкин эди, аммо мағлубият эмас"  4 22:26Суперлига. "Андижон" - "Сурхон" 2:1. Мезбонлардан супер голлар!  2 22:15Месси ва "Интер Майами" музокараларни давом эттирмоқда  1 21:59Суперлига. "Насаф" тур марказий баҳсида ОКМКни ютиб, жадвалдаги етакчиликни тортиб олди  108 21:23Аморим жамоага тезкор футболчиларни олиб келмоқчи  1

Hamidjon Aktamov: “Bunday muxlislar qarshisida “Barselona” bilan o'ynasak ham hujumkor o'yin namoyish qilsang arziydi” Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: “Bunday muxlislar qarshisida “Barselona” bilan o'ynasak ham hujumkor o'yin namoyish qilsang arziydi”

“Qizilqum” - “Paxtakor” jamoalari bahsidan so'ng, matbuot anjumani birinchi qismida mezbonlar bosh menejeri Hamidjon Aktamov ishtirok etdi.

- Bugun faqat g'alaba uchun maydonga tushgandik, - deya so'z boshladi Hamidjon G'ulomovich. - “Paxtakor” - mamlakatimizning amaldagi chempioni, bejizga Osiyo chempionlar ligasida qatnashmayapti. SHunga qaramay, bugun raqibga ochiq futbol taklif etdik. Juda ko'plab golli vaziyatlar sodir etilgan bo'lsa-da, yigitlarimiz imkoniyatlardan foydalana olishmadi. Oxirgi daqiqalarga qadar jonini berib o'ynagan yigitlarimizga katta rahmat!

Avval ham aytgandim, biz muxlislarni o'zimizning g'alabalarimiz bilan xursand qilishni maqsad qilganmiz. SHu uchun dastlabki daqiqalardanoq ikki hujumchini maydonga tushirdik. “Paxtakor” kuchli raqib, ammo himoyaga yotib olib ularga qarshi o'yinda ijobiy natijaga erishib bo'lmaydi. Bugun yigirma mingga yaqin tomoshabin o'yinni stadionning o'zidan kuzatdi. Bunday muxlislar qarshisida “Barselona” bilan o'ynasak ham hujumkor o'yin namoyish qilsang arziydi. Fursatdan foydalanib, bizni qo'llab-quvvatlayotgan ishqibozlarimizga rahmat aytaman.

Keyingi o'yin Qo'qonda bo'ladi. Maqsadimiz o'zgarmaydi. Ertadan navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlikni boshlaymiz. “Qo'qon-1912” jamoasi bilan “Hokim kubogi”da kuch sinashganmiz. Tajribali mutaxassis va mahoratli futbolchilarga ega jamoa sanaladi. SHunga qaramay, vodiyga o'z muxlislarimizni xursand qilish uchun boramiz, albatta, - deydi Aktamov.


“Qizilqum” PFK Matbuot xizmati.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика