Hamid Aktamov: "Jamoam ko'rsatgan o'yindan ko'nglim to'ldi"
07 avg 2015 22:16
Yangiliklar


Hamid Aktamov: "Jamoam ko'rsatgan o'yindan ko'nglim to'ldi"
Oliy liganing 17-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Qizilqum" (2:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar menejeri Hamid Aktamov ishtirok etdi.
"Bunyodkor" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Jamoamiz ko'rsatgan o'yindan norozi emasman. "Bunyodkor" jamoasi tarkib jihatdan bizdan kuchli ekanligini o'z so'zini aytdi desak ham bo'ladi. Bugun bizni qo'llab-quvvatlash uchun Navoiydan kelgan muxlislarimizga katta rahmat aytaman. Bahriddin Vahobovni almashtirganimni sababi o'rta chiziqni kuchaytirishni istagandim. Hisob yiriklashib ketmasin deb ham shunday qarorga keldik. Navro'z Alimov esa bugun yaxshi o'ynadi va gol ham urdi", - deya o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi Hamid Aktamov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar