So’nggi yangiliklar

09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  1 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  0 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  6 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0 08:41Бугун "Қизилқум" устози Шевченконинг рекордини такрорлайдими?   1 08:33Рубен Аморим: "Биз ўзгардик ва анчагина кучайдик"  2 08:07Сервер Жепаров: "Пахтакор"га "Нефтчи"нинг зич ҳимоясини ёриб ўтиш осон бўлмайди"  10 07:50Суперлига. ОКМК "Сўғдиёна"га йирик ҳисобда ютқазди. "Навбаҳор" ва "Сурхон" баҳсида эса ҳисоб очилмади  3 07:44"Нефтчи" бу йил меҳмонда ютқазмаяпти, олдинда "Пахтакор" имтиҳони кутмоқда  9 07:20Факт. "Сўғдиёна" 6 йилдан сўнг Жиззахда ОКМКни ютди  0 06:46Суперлига. Бугун ўзбек Эл Классикоси бўлиб ўтади  15 01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  2 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  1 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  3

Hakim Fuzaylov: “Vazifamiz Superligaga yo'llanma olish” Yangiliklar

Hakim Fuzaylov: “Vazifamiz Superligaga yo'llanma olish”

“Buxoro” – “Andijon” (1:2) o'rtasidagi o'yindan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov ishtirok etdi.


- Muhim o'yinda alamli mag'lubiyatga uchradik. O'yinda nazoratni o'z tomonimizga og'dirdik. Lekin futbolda shunaqa holatlar kuzatilib turiladi. 2 ta penaltidan foydalana olmadik. Bu mag'lubiyatdan tushkunlikka tushmasligimiz va pley-offga tayyorgarlik ko'rishimiz lozim.

-  Jamoada aslida kim shtatli penaltichi?

-  Jamoada shtatli penaltichi bor edi. Lekin ular maydonda emasdi. Aytaylik, Ro'zim Ahmedov zaxiraga olingandi. Bunday holatda kim o'ziga ishonsa, o'sha tepishi mumkin. Afsuski, omadimiz kelmadi. 

- Jamoangiz nimaning evaziga mag'lubiyatga uchradi?

- O'ylashimcha, omad kelmadi. Aytaylik, taktik tomondan xato qilganimiz yo'q. Raqib ikkinchi qavatda yaxshi o'yin ko'rsatishini bilardik. Dastlabki golni mana shunday holatda o'tkazib yubordik. Kurashlarda raqibda aslo ortda qolmadik. 2 ta penaltini ura olmadik. Umuman olganda, omadimiz kelmadi. 

- “Turon”ning mag'lubiyatga uchrashi sizni tinchlantiryaptimi?

- Aslo yo'q. CHunki biz o'z o'yinimizni o'ylashimiz kerak. To'g'ri, “Turon” ham yutqazdi. Lekin pley-off bahslarida hammasi hal bo'ladi. O'tgan mavsum “Neftchi” yaqqol ustunlik qilgan bo'lsa, hozirda “Andijon” etakchi. Tushkunlikka tushmasligimiz va oldinda turgan pley-off orqali masalani hal qilishga harakat qilamiz. 

- Oldinda turgan pley-offga jamoangizni qay tariqa tayyorlamoqchisiz?

-  Tushunarliki, endi oson o'yin yo'q. Turnir jadvalida pastda turgan jamoalarga qarshi emas, aksincha, “Andijon”, “Turon”, “Mashal”, “Xorazm” kabi jamoalar bilan to'qnash kelamiz. Tabiiyki, bunday bellashuvlar oson kechmaydi. Tayyorlagarlikni kuchaytirishimiz lozim.

-  Rahbariyat tomonidan qo'yilgan vazifa o'zgarmadimi?

- Yo'q. Jamoani Superligaga olib chiqishimiz kerak. Hali hech narsa yo'qotganimiz yo'q. 

-  Ro'zim Ahmedovni nega ertaroq almashtirdingiz?

-  Ikkinchi bo'limda charchab qoldi, uni ustiga sariq kartochka olgan edi. Agar yana qo'pollik ishlatsa, maydonda kamchilik bo'lib qolishimiz mumkin edi. SHuni inobatga olib, uni almashtirdim.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика