So’nggi yangiliklar

20:27Расман: Испания Қироллиги футбол федерацияси Педрининг жароҳати бўйича маълумот берди  2 20:16Евро-2024. Англия – Швейцария. Таркиблар маълум  6 20:06"Сўғдиёна" - "Нефтчи". Кимлар асосий таркибда?  5 19:53"Арал" - "Пахтакор". Асосий таркиблар билан танишинг  14 19:43"Локомотив" "Краснодар" тарбияланувчиси билан шартнома имзолади  2 19:24Тимур Мамасидиқов "Локомотив"га қайтди  0 19:13Кейн: "Саутгейт - Англия тарихидаги энг муваффақиятли мураббийлардан бири"  4 18:46Расман: Дилошд Жўраев - "Локомотив" футболчиси  5 18:36Кроос Педрига қарши фол учун кечирим сўради: "Атайин жароҳат етказиш нияти йўқ эди. Тезроқ соғайиб кет"  20 18:02"Локомотив" Қирғизистон терма жамоаси сардори билан шартнома имзолади  2 17:34Нагельсманн: "Кўзёшларимни зўрға тийиб турибман"  3 16:52Франция кетма-кет 6та учрашувдан бери ўйиндан гол урмаяпти. Бу уларнинг 60 йиллик антирекорди  2 16:35Adidas Кроос фойдаланган бутсалар моделини унинг номига ўзгартиради  1 16:05Германия - Испания учрашувидан сўнг немис жамоаси мураббийи ҳакамлар хонасига бостириб кирди  17 15:42Дунёнинг энг гўзал футболчиси "Ювентус"га ўтди  15

Hakim Fuzaylov: “Kelishmaslik uchun kelishib o'tirish shart emas!” Yangiliklar

Hakim Fuzaylov: “Kelishmaslik uchun kelishib o'tirish shart emas!”

Tojikistonlik mutaxassis Hakim Fuzaylov o'zbek muxlislariga juda yaxshi tanish desak mubolag'a bo'lmaydi.

Yurtimizning bir nechta klublarida faoliyat ko'rsatgan Hakim  Qayumovich so'nggi bor Toshkentning “Lokomotiv” jamoasida ishlagan edi. “Temiryo'lchilar” 2014 yil Osiyo CHempionlar Ligasining pley-off bosqichida mag'lubiyatga uchrab, guruh bosqichiga chiqa olmagach, klub rahbariyati tojikistonlik mutaxassisni istefoga chiqargandi. SHundan so'ng Fuzaylovni vodiy jamoalarining birida ish boshlashi aytilgandi. Ammo bu gap-so'zlar yakunda haqiqatga aylanmadi. O'tgan hafta Hakim Fuzaylov poytaxtimizga tashrif buyurdi. Biz bu tashrifning asl sababini bilish maqsadida mehmon bilan uchrashib, suhbat uyushtirdik.  

O'zbek futboli va “Lokomotiv”dagi faoliyati

-  “Lokomotiv”ni tark etganingizga deyarli ikki yil bo'ldi. Bu muddat oralig'ida klubdagi faoliyatingizda qanday xatolarga yo'lga qo'yganingizni o'ylab ko'rishga vaqt etarli bo'lgan bo'lsa kerak?!

- Dastavval gazetangiz nomidan O'zbekistonda ishlagan klubarim – “Buxoro”, “Dinamo”, “Andijon” va ayniqsa, “Lokomotiv”ning rahbariyatiga minnatdorchiligimni bildiraman. Qaerda ishlagan bo'lsam, o'sha erda men uchun ajoyib sharoitlar yaratib berilgan. Natijalar ham yomon bo'lgan, deya olmayman. Balki shuning uchun bo'lsa kerak, hali ham munosabatim saqlanib qolgan. Qolaversa, qo'l ostimda yaxshi kollektiv shakllangan. Oddiy misol, “Lokomotiv”. Men bilan ishlagan futbolchilar orasida terma jamoaga nomzod o'yinchilar bor edi. Ular hozir ham terma jamoaning asosiy o'yinchilaridan biri sanaladi. “Temiryo'lchilar”da ikki yil ishlagan bo'lsam, qisqa vaqt ichida chempionlik sari etaklab kela olmadim. SHunday bo'lsa-da, umumiy manoda ishimdan qoniqqanman. Sababi, mening qo'l ostimda o'ynagan tarkibning deyarli aksari hozir ham jamoa sharafini himoya qilmoqda. Jamoaning o'zi esa, hali ham chempionlik uchun kurashyapti. Demak, ish to'g'ri yo'lga qo'yilgan va men yomon ishlamaganman.

- Aytganingizdek, “Lokomotiv”da barcha sharoitlar yaratilgan. Ammo jamoa mana bir necha yillardan buyon asosiy maqsadi chempionlikni qo'lga kirita olmayapti. Bu futbolda pul hamma narsani hal qilmasligidan dalolatmi?

- Ha, haqiqatdan ham futbolda pul hamma narsani hal qilmaydi. Mening “Lokomotiv”dagi faoliyatimni etibor qaratadigan bo'lsak, klub to'g'ri yo'lda bo'lgan. Biz bosqichma-bosqich yuqoriga ko'tarildik. Bronza keyin kumush medallar qo'lga kiritildi. CHempionlik qo'lga kiritilmaganini yomon, deb bo'lmaydi. Sababi, jamoa o'sha vaqtda endigina rivojlanishning yangi bosqichiga qadam qo'ygandi. Istefoga chiqqanimdan keyin nima bo'lganini bilmayman. Ammo fikrimi aytishim mumkin: jamoa mendan keyin ham chempionlik uchun kurash olib borayotgan ekan, yana qaytaraman, ishoning menga u to'g'ri yo'lda ketyapti. Jamoa bir mavsumda ikkinchi o'rinni qo'lga kiritsa, bu kelasi mavsum chempion bo'lishi shart, degani emas! Klub chempionlikka harakat qilyapti, ammo har safar bunga nimadir etmay qolmoqda. Asosiysi, o'z o'rnini ushlab turibdi. Ayrim klublarga o'xshab pastga “qulab” ketmayapti. Mabodo shunday bo'lganida bu jamoa to'g'ri yo'ldan ketmayotganidan darak berardi va klub rahbariyatini “nega unday bo'lyapti”, so'roqqa tutish mumkin bo'lardi. Bugun bo'lmasa ertaga albatta jamoa o'z maqsadiga erishadi. Hammasiga bir yilda suniy ravishda erishib bo'lmaydi. Agar “Lokomotiv” bir yilda yo'q bo'lib ketganida nima deyish mumkin bo'lardi?

- Fikrlaringizga qo'shilaman, ammo tanganing boshqa tomoni ham bor. Mabodo boshqa bir klub “Lokomotiv” singari moliyaviy tomondan baquvvat bo'lib, o'z oldiga chempionlikni qo'ysa va bu yo'lda huddi “temiryo'lchilar” singari yo'l tutsa, unda jamoa aksar etakchi o'yinchilaridan ajrab qolishi mumkin. Keyingi holatni tasavvur qilavering.

- SHu masalada tortishishim mumkin. “Lokomotiv”ning o'z maktabi bor. To'g'ri, “Paxtakor” va “Bunyodkor” bilan solishtirib bo'lmaydi. Sababi, Toshkentning bu ikki jamoasini birida bir necha o'n yillardan buyon maktab muntazam ravishda faoliyat ko'rsatmoqda. “Lokomotiv”da aksincha, bir necha yil bo'ldi, xolos. Men klubda ishlagan vaqtimda maktabda yoshgina yigitlar yugurib yurardi keyin ular o'rinbosarlar tarkibida o'ynash boshlashdi. Hozir bilishimcha ularning deyarli barchasi asosiy tarkibda shug'ullanishni boshlagan. Ularning kimligini aytishim ham mumkin: Quvondiq Ro'ziev, Usmonov, Ikrom Aliboev va Sergey Proxorov. Bu ko'rsatkich maktabning 5 yillik faoliyati uchun yaxshi natija, deyish mumkin. “Lokomotiv” maktabining “mevasi”ni olishni boshladi. Vaholanki, yuqorida aytganimdek, maktab faoliyatini boshlaganiga ko'p bo'lgani yo'q. Ishoning menga bu yaxshi ko'rsatkich va maktabda ishlar to'g'ri yo'lga qo'yilgan. Klub rahbariyati maktabning samarali faoliyat ko'rsatishi uchun barcha sharoitlarni yaratib bergan.

- Jamoaning o'z maktabi “meva” bergunicha katta summalar sarflab, chempionlikni ko'zlash yaxshi siyosatdir, ammo ko'zlangan maqsadga erishilmasa-chi? Bilasizmi, bu yilgi mavsumlar oralig'ini inobatga olmasa, “temiryo'lchilar” deyarli har yili tarkibni sezilarli darajada yangilaydi. Tabiiyki, hal yili o'zgarib turadigan tarkib murabbiylarning ishini ham qiyinlashtiradi, natijada bahona ham tayyor: yo tarkibni men tuzmadim yoki jamoa shakllanishi uchun vaqt kerak!

- Albatta, bu borada kichik muammo bor. CHunki har bir murabbiyning o'z ish uslubi bor va jamoani shunga mos ravishda shakllantirishga harakat qiladi. Aytganimdek, men ishlagan vaqtimda ish uchun barcha sharoitlarni yaratib berishgan, keyin nima bo'lganidan xabarim yo'q. Rahbariyat chempionlikni ko'zlayapti. Fikrim shuki: rahbariyat har bir murabbiyga ishini oxiriga etkazib olishi uchun vaqt bersin.


- Sizning “Lokomotiv”dagi so'nggi uchrashuvingiz Osiyo chempionlar Ligasining pley-off o'yiniga to'g'ri keladi. O'shanda jamoa “Paxtakor” stadionida mag'lubiyatga uchrab, guruh bosqichiga chiqa olmagandi. Aytingchi, o'sha bellashuvda jamoaga nima etmagan? Vaholanki, “Bunyodkor” mana ketma-ket ikkinchi yil saralash bahsida g'alaba qozonishning uddasidan chiqyapti.

- Fikrimcha, menga va futbolchilarga xalqaro tajriba etishmagan, qolgan barchasi ajoyib edi. Uchrashuvga munosib tarzda tayyorgarlik ko'rishimiz uchun rahbariyat barcha sharoitlarni yaratib bergan, mashg'ulotlar ko'ngildagidek o'tgan, ammo natija o'xshamagan. Rahbariyat shaxsan mening oldimga jamoani chempionlar Ligasining guruh bosqichiga olib chiqishimni bosh vazifa qilib qo'ygan. Aytganimdek, hammasi joyida edi, ammo men kabi yigitlarga ham xalqaro uchrashuv tajribasi etishmay, biz mag'lubiyat alamini totib ko'rganmiz. Natijada oldimga qo'yilgan vazifani bajara olmaganim sababli istefoga chiqish uchun ariziga yozganman.

- “Lokomotiv”ni tark etganingizdan keyin oliy liga va o'zbek futbolini kuzatib bordingizmi?

- Bevosita oynai jahon orqali ko'ra olmadimku, ammo kuzatib bordim. “Loko”dan ketganimdan so'ng Rossiya klubida ish boshladim, qolaversa, o'zim Moskvada istiqomat qilaman. SHu erda yashab, do'stlarim bilan qo'ng'iroqlashib turdim va natijalar bilan qiziqdim.

- O'zbek futboli bilan qiziqib turgan bo'lsangiz, aytingchi, yanvar oyida Osiyo chempionatida muvaffaqiyatsiz qatnashgan olimpiya terma jamoamizning musobaqadagi ishtiroki xususida qanday fikrdasiz?

- Terma jamoangizning Osiyo chempionatidagi muvaffaqiyatsizligini eshitdim, ammo ochig'i, birorta uchrashuvini ko'ra olganim yo'q. Rahbariyat terma jamoa oldiga Olimpiada o'yinlariga chiqish vazifasini qo'yganidan xabarim bor, ammo guruhda qolib ketilganini ham eshitdim. Terma jamoaning birorta uchrashuvi ko'rmasdan uning ishtiroki haqida gapirish noto'g'ri bo'ladi.

- Siz oliy ligada 4ta jamoada ishlashga ulgurdingiz. Oxirgi ikki yildan beri oliy ligada kelishilgan o'yinlar borligi haqida gap-so'zlar ko'payib ketdi. Bu gap-so'zlarga munosabatingizni bilmoqchi edik?

- Kelishilgan o'yinlar – men sizga ochig'ini aytaman, bunday uchrashuvlar bo'lishi mumkin va bo'lsa albatta yo'q qilish kerak! Mening ish falsafam shunaqa: kelishilgan o'yinlar haqida gapirishni ham istamayman. CHunki men raqibni sotib olishni yoki raqibga o'yinni sotishni emas, jamoani o'yinga tayyorlashni va maydonga chiqib futbol o'ynashni bilaman. Agar futbolda kelishilgan o'yinlar bo'lsa, uni shunchaki tezda “kesib” tashlash kerak, sababi, u futbolni “to'xtatadi”. “Lokomotiv”da ishlaganimda hech kim bilan kelishmaganmiz va bunga yaqin ham kelmaganmiz. Buni futbolchilardan va murabbiylar ham so'rashingiz mumkin. Uchrashuvdan keyin raqib murabbiyining qo'lini siqib yo g'alaba bilan tabriklashni yoki o'yin uchun rahmat aytishni bilaman. Ular bilan bundan boshqa munosabatim yo'q. Boisi, aytganimdek, kelishilgan o'yinlarga doim qarshi bo'lganman. O'zim futbol o'ynaganman, o'sha vaqtlarda ham bunga qarshi bo'lganman.

- Bilasizmi, qaysi murabbiy bilan gaplashmaylik hammasi siz aytgan gaplarni aytadi?!

- Ism-sharifini aytmay qo'ya qolay, o'zbek futbolida ishlayotgan yosh murabbiy bilan gaplashganimda bir gapni aytdi: Hakim Qayumovich, yutsak sotib olgan, yutqazsak sotgan, deyishyapti, ochig'i, jonimga tegdi, ishlagim ham kelmay qoldi, dedi. Xo'p, shunday gap-so'zlar bor ekanmi, demak, bekorga emas, ammo bu butun o'zbek futbolini kelishilgan deyilishiga asos bo'lmaydi, hech qachon! Aytganimdek, qaerdadir shunday o'yin bo'lsa, uni shunchaki, chetga chiqarish kerak. Gap-so'zlarni ko'paytirgandan foyda yo'q. Undan ko'ra, uning ishtirokchilarini futboldan olib tashlash kerak. Bunday uchrashuvlar barcha mamlakatda bo'ladi. Oddiy misol, Italiya, Turkiya, Rossiya. Bir gap: hamma o'yinlarni kelishilganga chiqarmaslik lozim. Bu juda noto'g'ri bo'ladi. Men o'zim murabbiy bo'lib ishlaganim uchun bunday o'yinlar nimaligini bilaman.

- Yutsak sotib olgan, yutqazsak sotgan, degan gap-so'zlarni ko'payishiga kim aybdor? Jurnalistlarmi yoki vaziyatni shu darajada etib kelishiga, o'zlariga nisbatan ishonchni yo'qolishiga olib kelgan futbol rasmiylarimi?

- Bu erda shunchaki, insoniy etikasi asosiy “planga” chiqadi. Agar fakt bo'lsa, faktni keltirishi kerak. Mabodo shunday o'yinlar bilan shug'ullanayotgan insonlar bo'lsa, ularni futboldan chetlashtirish lozim. Bunday gap-so'zlar ko'paysa, murabbiy futbolchilarni, o'yinchilar ustozini, OAV jamoani, klub hamkasblaringizni ayblashda davom etaveradi. Bu juda noto'g'ri holat. Aslida biz hammamiz futbolni rivojlantirish uchun harakat qilyapmiz. Millionlar o'yinini yaxshi ko'rganimiz tufayli ham shu erda ishlayapmiz. SHunday ekan, hamma birgalikda ishlashi kerak. Agar kelishilgan o'yinlar bo'lsa, uni isbotlab, ishtirokchilar chetlashtirilsin, lekin na OAV, na tegishli tashkilot va na musobaqa tashkilotchisi bunday uchrashuvlarni aniqlay olmasa, unda jim bo'lish lozim, bu haqida yozmaslik va ovoza qilmaslik shart! Aks holda bir-birimizni haqorat qilib, xafa qilganimiz qoladi. O'zbekistonda futbol o'sishda davom etmoqda. Agar butun bir chempionat kelishilgan o'yinlardan iborat bo'lganida mamlakatda futbol rivojlanmagan bo'lardi. Yana bir gap: kelishilgan o'yinlarda ishtirok etmaslik uchun murabbiylar bir joyda yig'ilib, kelishib olish shart emas. Kelishilgan o'yinda qatnashmaslik uchun murabbiy kimgadir vada berganidan ko'ra, bunday o'yinni o'ynamaslik kerakligini yurakdan his qilishi lozim. Murabbiy natija uchun butun yil davomida ishlaydi, shu orqali oilasini taminlaydi. SHunday ekan, kelishib o'tirishga ne hojat!?    

- OAV kelishilgan o'yinlarni aniqlay olmaydi-yu?!

- Kelishilgan o'yinlarni aniqlaydigan tegishli tashkilotlar bor. O'shalar aniqlaydi.

- O'zbekistonda ishlaganingizda bunday o'yinlar bilan to'qnash kelganmisiz?

- Yo'q. Oddiy misol, 2012 yil safarda “Qizilqum”ni yuta olmaganmiz. Vaholanki, mezbonlar o'sha vaqtda oliy ligada qolish uchun kurash olib borayotgandi. Butun o'yin davomida biz hujum uyushtirganmiz, lekin o'tkazib yuborganmiz va chempionlik uchun kurashdan chiqqanmiz. O'sha yili safarda “Nasaf”ni yutganmiz. SHundan so'ng ularning murabbiylar shtabi istefoga chiqqandi. Aytingchi, kim issiq o'rnidan ajralish uchun mag'lubiyatga uchrab beradi? 2013 yilni yodga olaylik. Asosiy raqiblarimiz bo'lgan kurashlarda ochko oldik, ammo yana o'sha “Qizilqum” va “Dinamo” bizning yo'limizga to'g'anoq bo'ldi. Tarkib va o'yin borasida raqibdan yaqqol ustunmiz, butun uchrashuv davomida hujum uyushtirdik, biroq mag'lubiyatga uchradik. SHogirdlarimga o'sha o'yinlari uchun umuman etirozim yo'q. Gol bo'lmasa nima qilish kerak? YO men nima qila olardim? Bu futbol!

- O'zbekistonda futbol rivojlanayotganini nima bilan izohlaysiz? O'tgan yili klublarimiz chempionlar Ligasida omadsizlikka uchradi. Oliy liganing saviyasi oshdi desak, eng yaxshi futbolchimiz ham faqat arab chempionatlariga yo'l olyapti. Terma jamoamiz jahon chempionatiga chiqa olgani yo'q. Ijobiy o'zgarishlarning qolgan hammasi hukumatimizning futbolga ajratayotan sarmoyasi bilan bog'liq bo'lsa kerak. Agar shuncha mablag' ajratilib ham oldinga qadam tashlanmsa...

- Keling, chempionatingizga nazar tashlaylik: ilgari “Paxtakor”ning asosiy raqibi faqat “Bunyodkor” edi. Keyin “Nasaf” va “Lokomotiv” kurashga qo'shildi. Bilishimcha, bu yil “Neftchi” va “Buxoro” ham maqsadini jiddiylashtirib bormoqda. Qolaversa, bu erda “Olmaliq” ham bor. Aytingchi, chempionlik uchun nechta jamoa kurashyapti?! Aslida chempionat shunday bo'lishi kerak. Bir nechta jamoa oltin medallar uchun kurash olib borsa, chempionlik qiziydi. O'zbekistonlik hamkasblarim bilan gaplashganimda bu yil qaysi jamoa chempion bo'lishini taxmin qila olishmayotganini aytishmoqda. Garchi oxirgi yillarda “Paxtakor” birinchi o'rinni hech kimga bermay kelayotgan bo'lsa-da, ushbu mavsum ularga oson bo'lmasligi aniq. Men “Bunyodkor”ning “Al SHabab”ga qarshi o'yinini ko'rdim. Ochig'i, Toshkent jamoasi kaminada juda iliq taassurot qoldirdi. Yosh va kelajagi porloq jamoa.    

Legionerlar masalasiga kelsak: Rossiyada xorijlik futbolchilarga nisbatan limit qo'yilgan, shuning o'zi ham o'yinchiga bo'lgan talabni yanada kuchaytiradi. Oliy liga Osiyoda beshinchi o'rinda ekanligini inobatga oladigan bo'lsak, bu ham rivojlanishdan darak beradi. Futbolchilaringiz Rossiyaga chiqa olmasada, Osiyoning juda ko'plab davlatlarida to'p tepishyapti. O'ylashimcha, bu borada muammo yo'q. Rossiyada to'p surish hozir oson emas. Qolaversa, oliy ligada o'ynayotgan o'yinchilar xorijga chiqmayotgan ekan, demak, chempionatning saviyasi oshib bormoqda. Men Toshkentda bo'lib turganimda nazorat uchrashuvlarini tomosha qildim. “Qo'qon-1912” va “So'g'diyona” jamoalaridagi bellashuvni ko'rdim. Yosh iqtidorlar etishib chiqqaniga guvoh bo'ldim. Baribir umumiy manoda aytaman: o'zbek futboli rivojlanyapti. Ushbu mavsum oliy liga yanada qiziqarli kechadi.

- O'zbekiston futbol muxlislariga tilaklaringiz.

- Avvalo yangi 2016 yil bilan tabriklayman! Oilasiga tinchlik-xotirjamlik, salomatlik tilab qolaman! O'zim ishlagan barcha klublarning ishqibozlariga minnatdorchilik bildirgan holda suyuklilariga muxlislik qilishda davom etishlarini va ularga ishonishlarini so'rab qolaman!

Furqatbek Nishonov suhbatlashdi. 


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика