So’nggi yangiliklar

07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  1 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  19 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  10 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0

Farhod Nishonov: "Agarda ular o'z sifatlarini yaxshilay olishmasa, top-futbolchi bo'la olishmaydi" Yangiliklar

Farhod Nishonov: "Agarda ular o'z sifatlarini yaxshilay olishmasa, top-futbolchi bo'la olishmaydi"

Pro-liganing 19-turida "Olimpik-Mobiuz" - "Lokomotiv" uchrashuvidan keyin "Olimpik-Mobiuz" bosh murabbiyi Farhod Nishonov matbuot anjumanida qatnashdi.


- O'yin haqida fikrlaringiz?

- "Lokomotiv" kuchli, biz ularning tarkibini yaxshi bilamiz. O'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik va reja bo'yicha boshladik. O'z futbolchilarimga aytyapman: agarda ular o'z sifatlarini yaxshilay olishmasa, top-futbolchi bo'la olishmaydi. Shuncha vaziyatlar yaratdik. Futbolchilarda o'ziga ishonchsizlikmi, nima bo'ldi bilmadim, bunaqangi vaziyatlardan foydalanishi kerak. Evropada bunday vaziyatlardan gollar uriladi. O'yin bo'yicha muammo yo'q, bahsni nazorat qila oldik. Yigitlar kurashishdi, yugurishdi, bunga etirozim yo'q. Bunday vaziyatlardan gol ura olmasak, biz chempion bo'la olmaymiz. Hujumdagi futbolchilarimga etirozlarim juda katta. O'zlarini ustida ishlashlari, texnikasini rivojlantirishlari, sifat bobida ishlashlari kerak. Aks holda ularning o'zlari ham, o'zbek futboli ham yutmaydi. Agarda faqat kurashlardan iborat bo'lsa, futbol o'z chiroyini yo'qotib qo'yadi. Sifat, pas, aniqlik bo'yicha futbolchilarim ko'p ishlashi kerak. "Lokomotiv"ni tabriklayman. Oldinda bittadan o'yinimiz qoldi. Ushbu uchrashuvda harakat qilib, pley-off yo'llanmasi uchun kurashamiz.

- Sifat haqidagi gaplaringiz to'g'ri. Bugun ikkala jamoa ham to'pni yo'qotishdan qo'rqib o'ynamadimi?

- Futbolchilarda bunday hayol bor. Lekin vaziyatlarga qarang, bulardan gol urish kerak. Bu futbolchining darajasiga bog'liq. Bunday paytda gol ura olmasa, o'ziga ishonch bo'lmaydi. Gol ursa, keyingi safar ham gol urishi mumkin. Chunki o'ziga ishonchi ortadi. Ulardan Messi yoki Ronaldu bo'lishlarini so'ramayapmiz, shunchaki oddiy aniq pas kerak. Mashg'ulotlarda bu borada ko'p ishlanadi, lekin muammo bo'lmaydi. O'yinga chiqqanda muammo ko'rinyapti. Hech qaysi murabbiy maydonga tushib, futbolchisining o'rniga gol ura olmaydi. Superligaga chiqishga kurashayotgan ikki jamoaga qarshi o'yinni sifat hal qilishini bilardik. "Lokomotiv"ga etibor bering, bitta hujumda bitta gol urdi. Biz-chi? Shuncha vaziyatlar, penaltidan ham gol ura olmadik. Gol ura olmasak, g'alaba bo'lmaydi.

- Jamoa uchinchi mavsum Pro-ligada ishtirok etmoqda, lekin Superligaga chiqa olmayapti. Bu jamoa termaning asosi sifatida tashkil qilingan. Jamoaning Superligaga chiqishiga nima halaqit qilmoqda?

- Bu Pro-ligadagi ikkinchi mavsumimiz. Esdan chiqarmaslik kerak, "Lokomotiv" ham "Aral" ham kuchsiz jamoa emas. Balki jamoalar soni kamligi ham tasir qilgandir. Faqatgina uch jamoa kurashmoqda holos. "Lokomotiv" tarkibiga qarang, nechta legioneri, qancha tajribali futbolchilari bor. Men ham shu yoshdagi yaxshi futbolchilarni olib kelishni istayman, lekin ular Superligada o'ynamoqda. Ularsiz qiyin bo'ladi. Chunki shunday katta bahslarda futbolchilarning darajasi, texnikasi, sifati muhim o'rin tutadi. Bizga etakchilar etishmayapti. Qiyin paytda noodatiy qarorlar chiqaradigan, o'yinni o'ziga oladigan futbolchilar kamlik qilmoqda. Terma jamoada bunday futbolchilar bor. Shu sababli ular o'zlarini ko'rsatishmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика