So’nggi yangiliklar

21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  0 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  8 20:24Расман: Эдин Жеко А Серияга қайтди  0 20:00Фердинанд: "Энрике Дембелени суперюлдузга айлантирди, у Мбаппедан ҳам муҳимроқ футболчи бўлиб олди"  4 19:38"Динамо" футболчиси бошқа жамоага йўл олди  0 19:16Ашурматов: "Ҳусанов "Манчестер Сити"га ўтганидан кейин ўзгариб қолмади"  2 18:49Жота иштирокидаги ҳалокатли воқеа гувоҳи баёнот берди  1 18:21Касорлани албатта Ла Лигада кўрамиз. У яна бир мавсум "Овьедо"да қолади  1 17:57​"Челси" Мадуэкенинг нархини кўтарди. Бу "Арсенал"ни қўрқитмоқда  3 17:34АПЛнинг икки клуби "Манчестер Сити" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1 17:06"Пахтакор" йирик агентлик мижози бўлган ироқлик футболчига кўз тикди  7 16:40Расман: "Арсенал" АПЛ клуби сардорини қўлга киритди  2 16:24Суперлиганинг 2 та клуби Ироқ терма жамоаси хавбекига даъвогарлик қилмоқда  4 16:03"Насаф" 3 та позицияга легионер олиб келади  8

Hakim Fuzaylov - Dinamo bosh murabbiyi Yangiliklar

Hakim Fuzaylov - Dinamo bosh murabbiyi

Yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlagan Dinamo jamoasi murabbiylar shtabida o'zgarish yuz berdi.

Klub rahbariyati bir qator mutaxassislar bilan muzokara o'tkazib, bosh murabbiy masalasida kelishuvga erishdi.

Bugun, 15 yanvar kuni «Dinamo» jamoasi qarorgohida klub rahbariyati ishtirokida yig'ilish o'tkazilib, tojikistonlik taniqli murabbiy Hakim Fuzaylov «Dinamo» jamoasi bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi. Hakim Qayumovich oldiga jamoani Superligaga olib chiqish vazifasi yuklatildi. Murabbiy bilan bir yillik shartnoma imzolanib, Superligaga chiqish vazifasi bajarilgach shartnoma uzaytiriladi. Bosh murabbiyga bungacha klubda faoliyat yuritayotgan mahalliy mutaxassislar Jasur Hamroev va Dilshod SHarofutdinov yordam beradi. Darvozabonlar murabbiyi sifatida SHuhrat Murodov ishlashda davom etadi.

Hakim Fuzaylov «Dinamo» uchun begona emas. 56 yoshli mutaxassis 2000-2002 yillar davomida Samarqandda faoliyat yuritgan va murabbiy sifatida jamoaning O'zbekiston chempionatidagi eng yaxshi natijasini qayd etishga hissa qo'shgan.

Umid qilamizki, katta tajribaga ega murabbiy Hakim Qayumovich bu safar ham «Dinamo» jamoasi bilan muxlislar istayotgan cho'qqilarni zabt eta oladi.

Malumotnoma:
Hakim Qayumovich Fuzaylov
Tug'ilgan yili: 1964 yil, 12 avgust kuni
Tug'ilgan joyi: Tojikiston, Dushanbe shahri.
Fuqaroligi: Rossiya

Futbolchilik faoliyatida to'p surgan klublari:

1982-1983 yillar - «Paxtakor» (Qo'rg'ontepa, Tojikiston)
1986-1992 yillar - «Pomir» (Dushanbe)
1992-1995 yillar - «Lokomotiv» (Moskva)
1995-1997 yillar - «Arsenal» (Tula, Rossiya).

1992-1996 yil – Tojikiston milliy jamoasi.

Murabbiylik faoliyati:

1998-1999 yillar - «Buxoro»
2000-2002 yillar - «Dinamo»
2003 yil - «Andijon»
2004 yil - «Titan» (Rossiya)
2005 yil - «Lokomotiv» (Kaluga, Rossiya)
2005-2009 yillar - «Rostov» (Rossiya), yordamchi murabbiy
2009-2011 yillar - «Lokomotiv» (Rossiya), selekcioner murabbiy
2012-2014 yillar - «Lokomotiv» (Toshkent)
2015 yil - «Terek» (Rossiya) selekcioner murabbiy
2016-2018 yillar – Tojikiston milliy jamoasi
2018-2019 yillar - «Istiqlol» (Dushanbe)
2020 yil - «Ko'ktosh» (Tojikiston)
2020 yil - «Xo'jand» (Tojikiston).
2021 yildan «Dinamo» bosh murabbiyi.

«Dinamo» klubi matbuot xizmati.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика