So’nggi yangiliklar

01:55Миллатлар лигаси. Франция ғалаба қозонди, Италия Исроилни таслим қилди, Қозоғистонда мағлубият ва бошқа натижалар  0 01:31"Олимпик" - "Металлург" учрашуви "Жар"да ўтказилмайди  0 00:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  0 00:15Франция Бельгияга имкон қолдирмади  3 23:28Флик энг яхши мураббий деб топилди  3 23:20Ўзбекистон терма жамоаси Бишкекдаги машғулотини қандай ўтказди? ФОТОМАҚОЛА  2 22:10Жамшид Искандеров: "Мақсадимиз - уч очко билан уйга қайтиш"  3 21:51Кўпчиликни ҳавотирга солаётган стадионда Ўзбекистон терма жамоаси машғулот ўтказди  7 21:36Назорат учрашуви. ОКМК ва "Динамо" иштирокидаги голлар шоусида ғолиб аниқланмади  1 21:35Жалолиддин Машарипов: "Қирғизистон Эронга қарши учрашувда дуранг қайд этиши учун яхши имкониятга эга эди"  7 21:05Шерзод Насруллаев: "Эртага 200 фоиз иштиёқ билан майдонга тушамиз"  4 20:38Қирғиз Республикаси - Ўзбекистон ўйинини ким бошқаради?  2 20:25"Роналду — андоза"  12 20:03"Олимпик" назорат беллашувида "Сурхон"га ҳеч қандай имкон қолдирмади  0 19:44Ўзбекистон МТЖ ўйинолди расмий машғулотини ўтказди. Муҳокамаларга сабаб бўлаётган майдон ҳолати қанақа?  14

Hakamlikni o'z o'rniga qo'ya bilgan inson Yangiliklar

Hakamlikni o'z o'rniga qo'ya bilgan inson

O'tib borayotgan haftada beshafqat o'lim o'zbek futboli otaxonlaridan biri, millionlar o'yini faxriylaridan bo'lgan G'ayrat SHoqurbonovni oramizdan olib ketdi.

3 may, seshanba kuni bu yorug' dunyoni tark etgan mazkur inson futbolimiz tarixida o'ziga xos iz qoldirgan fidoyilardan biri edi...

O'z vaqtida respublikamizning etakchi hakamlaridan biri, yurtimizga munosib shogirdlar etkazib bergan G'ayrat SHoqurbonov 1942 yil 9 may kuni Toshkent shahrida xizmatchi oilasida tavallud topgan. Bolalik yillaridanoq yoz oylarida tengdoshlari bilan ko'cha changitib to'p tepgan bo'lsa, qishda muz ustida o'zi yasagan qo'lbola klyushka bilan shaybali xokkey o'yinlarida qatnashib yurgan. SHahrimizdagi 111-maktabda talim olayotgan yillari “Spartak” stadionidagi bolalar guruhida mashg'ulotlarga qatnasha boshlagan.

Ana shunday yig'inlarning birida O'zbekistonga Akmal Azizxo'jaev, Maqsud SHaripov, Rival Zokirov, Hamid Rahmatullaev, Birodar Abduraimov, To'lagan Isoqov kabi charm to'p o'yini istedodlarini tayyorlab bergan mashhur mutaxassis, respublikada xizmat ko'rsatgan murabbiy Maruf Akbarovning nigohi yosh G'ayratjonga tushib qolgan. Oradan ko'p o'tmasdan endi u spartakchilarning bolalar va o'smirlar mashg'ulotlarida ishtirok eta boshladi. Keyinchalik u yana bir xizmat ko'rsatgan murabbiy Evgeniy Valickiy bosh bo'lgan harbiy havo kuchlarining “Sokol” jamoasi azosiga aylandi.

1960 yil G'ayrat SHoqurbonov hayotida eng omadli mavsumlardan biriga aylandi. Avval u respublika maktab o'quvchilari terma jamoasi tarkibida (bosh murabbiy - respublika toifasidagi hakam Eduard Vertogradov) Butunittifoq maktab o'quvchilarining Spartakiadasi bahslashuvlarida o'z omadini sinab ko'rdi. Keyinchalik Toshkent to'qimachilik institutiga o'qishga kirgan holda, “Burevestnik” sport jamiyati vakiliga aylandi va, eng asosiysi, aynan o'sha yildan boshlab, respublikamizning etakchi jamoasi “Paxtakor” sobiq Ittifoqning oliy ligasida qatnasha boshladi.

Talabalik yillarida to'qimachilik oliygohi murabbiysi Anatoliy Nikiforov hamda shahar hakamlar qo'mitasi rahbari Nikolay Nadejdin rahbarligida G'ayrat aka futbol uchrashuvlarini mahorat bilan boshqarish yoki boshqacha qilib aytganda, hakamlik sirlarini tinmay o'rgandi, shahar va respublika miqyosidagi musobaqalarda ishtirok eta boshladi.

Ko'p yillar davomida hakamlikning o'ziga xos tajribalari va nozik sirlari bo'yicha respublikamizda etakchi mutaxassislardan deb etirof etilgan Vladimir Doljenkov, Sergey Murunov, Isoq Toshmuhamedov, Omon Musaev, Ittifoqda esa Aleksandr Tabakov, Vladimir Rudnev, Ivan Lukyanov, Aleksandr Menshikov kabi katta istedod egalaridan saboq oldi. Xosta, Sochi, Farg'ona, Samarqand shaharlarida bo'lib o'tgan Butunittifoq o'quv-mashg'ulot yig'inlarida bilimini oshirib borib, respublika toifasidagi hakam unvoniga sazovor bo'ldi.


Respublika futbol hakamlarining Surxondaryo viloyati Denov tumanida o'tkazilgan o'quv-mashg'ulot yig'ini ishtirokchilari: Anvar Solijonov, Axbor Imomxo'jaev (Toshkent shahri), Mixail Oganyan (Samarqand), Nurali Ahmedov (poytaxt viloyati) hamda Surxondaryo viloyati vakillari. O'tirganlar orasida o'rtada - hakamlar yig'ini rahbari G'ayrat SHoqurbonov.


Avval sobiq mamlakat chempionatining “B” klass ustalar jamoalari ishtirokidagi o'yinlarni boshqardi. Keyinchalik oliy va birinchi ligalarda yordamchi hakam, ikkinchi ligada esa bosh hakam vazifalarida faoliyat ko'rsatdi. Bir necha marta yil yakunlari bo'yicha O'zbekistonning eng yaxshi 10 hakami ro'yxatiga kiritildi. Etiborli tomoni shundaki, G'ayrat aka respublikamizda malakali hakamlar tayyorlash masalalariga ham katta ahamiyat berdi. Bobur Haydarov, G'ayrat Karimov, Rashid Aytekov, Ravshan Ermatov, Abduhamidullo Rasulov kabi yoshlarning hakamlik olamiga kirib kelishlarida o'zining munosib hissasini qo'shdi.
Hakamlikning o'ziga xos hislati shundaki, uni o'ziga kasb qilib olgan ko'pchilik insonlar safarlarga borish, o'quv-mashg'ulot yig'inlarida ishtirok etish, o'ziga xos kurslar va seminarlarda qatnashish ishlari engil bo'lishi va buning uchun o'zi xizmat qilayotgan korxona rahbaridan ruxsat olish uchun ko'pinchalik jismoniy tarbiya jamoalarida, sport klublarida, futbol guruhlarida faoliyat ko'rsatishni maqul ko'rishadi. Lekin tajribadan malumki, bazi etakchi hakamlarimiz o'zlarining asosiy kasblarini o'zgartirmagan holda hakamlikda ham munosib ko'rsatkichlarga erisha olganlar. Masalan, Grigoriy Bogdasarov Toshkent gramplastinka zavodida direktor o'rinbosari, Sergey Murunov poyafzal fabrikasida bosh muhandis, Isoq Toshmuhamedov ROZSKda katta o'qituvchi, Nosir Rahmonov o'rta maktabda jismoniy tarbiya muallimi va h.k.

SHu o'rinda aytish joizki, G'ayrat SHoqurbonovning asosiy mutaxassisligi muhandis-iqtisodchi bo'lib, uzoq yillar davomida Toshkent politexnikumida o'qituvchi bo'lib xizmat qilish bilan birga, hakamlikni ham o'z o'rniga qo'ya bilgan. Nafaqa yoshiga etgandan so'ng Toshkent shahar futbol faxriylari kengashiga mahorat ila rahbarlik qilib keldi. Ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, moddiy va tibbiy yordamlar berish ishlariga bosh-qosh bo'ldi, keksa mutaxassislar yubileylarini yuqori darajada o'tkazilish masalalariga rahbarlik qildi.

Odatda o'zbek oilalarida tarbiya topayotgan farzandlar va nabiralarning ko'pchiligi oila rahbarlari kasblarini davom ettirish yo'llarini tanlab olishadi. SHoqurbonovlar sulolasi ham bu borada barchaga namunadir. Hozirgi kunda “Bunyodkor” futbol klubida bosh direktor muovini lavozimida faoliyat olib borayotgan Davron SHoqurbonov ham o'zi uchun otasi yo'lini tanlab olish bilan birga, qator zafarlarni qo'lga kiritishga muyassar bo'ldi. O'zbekiston o'z mustaqilligiga erishgach, yurtimizda birinchilardan bo'lib FIFA referi assistenti unvoniga erishdi. Sayyoramizning Malayziya, Singapur, Hindiston, Bahrayn kabi mamlakatlari, Myunxen, Rim, Monreal kabi shaharlardagi etiborli musobaqalarga taklif etildi.

G'ayrat Karimovichning nabiralaridan biri, 1997 yilda tavallud topgan Sanjar ham “Bunyodkor” futbol akademiyasi jamoasida mahoratini oshirib borganini bilamiz.

G'ayrat aka va u kishining sadoqatli umr yo'ldoshlari Muqaddas ayalar (ikkisining ham joylari jannatda bo'lsin!) ikki o'g'il, ikki qiz hamda o'nga yaqin nevaralarni tarbiyalab, voyaga etkazishdi. Nafaqat Olmazor tumani Alisher Navoiy nomli mahallada, balki butun Toshkent shahrimizda ham eng ahil va inoq oila deb tan olingan SHoqurbonovlar oilasi chindan ham juda ko'pchilik uchun yaqqol namunadir.

Xotira – muqaddas. G'ayrat hoji ota SHoqurbonov xotirasi qalblarimizda abadiy yashaydi.

Axbor Imomxo'jaev,
Ulug'bek Mirzaev

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика