So’nggi yangiliklar

03:03Франция. ПСЖ "Монако"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 02:53Англия Кубоги. "Манчестер Юнайтед"дан камбэк! Магуайр 90+3-дақиқада гол уриб, жамоасига ғалаба келтирди  8 02:43А Серия. Сўнгги дақиқадаги пенальти "Ювентус"га ғалаба олиб берди  3 02:25Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан дубль  0 00:43Мартинелли қанча вақтни майдондан ташқарида ўтказади?  0 00:23Саудия Арабистони. Иккитадан пенальти ва қизил карточка кўрсатилган ўйинда "Ал Аҳли" ғалабага эришди  0 23:13Роналду кетма-кет 5 ўйинда гол урди  88 22:49А Сериянинг январь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  0 22:19Саудия Арабистони. Дуран дебютида дубль қайд этди, Роналдудан 924-гол, Шукуров 80 дақиқа ўйнади  54 21:50Серхио Рамос нима сабабдан 93-рақамда ўйнашини айтди  1 21:36"Насаф" назорат ўйинида "Лиепая"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  9 21:21"Андижон" назорат ўйинида Норвегия жамоасига мағлуб бўлди  2 20:56ОКМК ўртоқлик ўйинида КХДР термасига мағлуб бўлди  5 20:35"Локомотив" Туркияда Қозоғистон миллий терма жамоасига қарши ўйнайди  2 20:24Қизларга футзал керак  13

Hakam PSJ futbolchilarini haqorat qildi yoxud "kambek" qilolmagan janjalkash francuzlar Yangiliklar

Hakam PSJ futbolchilarini haqorat qildi yoxud "kambek" qilolmagan janjalkash francuzlar

PSJ "kambek" uchun kuchli bosim uyushtirishi, hujumlar va zarbalar berishi zarur edi, ammo amalda hammasi biroz boshqacharoq bo'ldi.

Parijliklar to'pga egalik qilganida "Manchester Siti" darvozasi oldida deyarli hech nima qilolmadi (butun o'yin davomida – Markiosning bosh bilan bergan zarbasidan keyin to'sin, Di Mariyaning jarima maydoni tashqarisidan bergan zarbasi va darvozaga birorta aniq zarba yo'q), lekin futbol to'xtaganida juda faol "jang" qildi.

Birinchi bo'limdayoq ogohlik qo'ng'irog'i chalindi: Foden maydon markazida Florenci bilan tortishib qoldi, Errera esa Bernardu Silvani mushti bilan "siyladi", sariq kartochka oldi va bir daqiqadan ko'proq vaqtni Born Kuypers bilan bahslashishga sarfladi. 

69-daqiqada Di Mariya "portladi". Argentinalik Fernandinoni avvaliga turtib o'tib ketdi, tayanch zona vakili ham javob berdi. To'pni olib kelish uchun o'tib ketayotganida Di Mariya nimadir deb baqirdi, lekin faqatgina so'zlar bilan kifoyalanmadi - to'pga egildi va tezkor harakat bilan "Siti" futbolchisi to'pig'ini bosib oldi. Fernandino ko'ksiga o'q tekkan askardek maydonga quladi, Kuypers esa shu zahoti cho'ntagidan qizil kartochkani oldi.

Di Mariya darhol orani ochiq qilish uchun bosh hakam tomon qarab harakatlana boshladi, ammo uni maydonga yugurib tushgan Pochettino to'xtatib qoldi. Murabbiy chamasi, boy berilgan yarim finalning eng yaxshi yakuni – obro'ni saqlab qolishligini tushundi. Anxel tinchlanolmasdi, lekin kiyinish xonasiga yo'l oldi. 

O'yin shundan so'ng tinchlanmadi. Aksincha, PSJ futbolchilari raqibga nisbatan yanada agressiv harakat qila boshlashdi. 71-daqiqada Verratti Marezni "nishonga" oldi, oradan 10 soniya o'tgach, Fil Foden italiyalik o'zini yiqitishi uchun vaziyat yaratib berdi. Verratti kinoyali kulish bilan hakamga boqar va asl aybdor u emasligini uqtirmoqchi bo'lardi, biroq sariq kartochka aynan Markoga ko'rsatildi. 

Takroriy lavhada shu epizod davomida Aleksandr Zinchenko nimadandir qattiq g'azablangani va yoshroq himoyachini tajribali Fernandino to'xtatishga uringaniga etibor qaratildi. Braziliyalik futbolchi "SHaxter"da o'ynagan va Zinchenko bilan "til topishishi" osonroqligi aniq.  

Zinchenko esa jamoadoshini deyarli eshitmadi va ikki bor Kuypers oldiga yugurib kelib etiroz bildirdi. 

Ukrainalikning g'azabiga nima sabab bo'ldi? Takroriy lavha barchasiga oydinlik kiritdi – Foden maydonda yotgan vaqtda, Leandro Paredes futbolchilar to'planib qolgan erga keldi va hech kimga sezdirmay, to'pni Fodenning boshiga tashlab qo'ydi. Kuypers bu vaqt Florencining etirozlari bilan ovvora edi, barchasini ko'rgan Zinchenko esa Paredesga tashlandi.

Qo'polliklar davom etardi, lekin yaxshi hamki ish janjalgacha etib bormadi. Biroq PSJ o'yindan keyin ham jangni davom ettirdi. Verratti OAV vakillariga: "Hakam meni ochiqchasiga haqorat qildi. Agar biz shu kabi so'zlarni ishlatsak, bizni kamida 10ta o'yinga diskvalifikaciya qilishadi.

Bu orada Ander Errera ham chiqish qildi. Uning fikricha, Kuypers Paredes bilan suhbatda qo'pol ohangda gaplashdi va uni qattiq haqorat qildi.

"Siti"dan Riyad Marez javob berdi. Dubl muallifi raqib futbolchilari harakatini o'zgacha tarifladi: "Ular qaysidir pallada o'zlarini boshqara olmay qolishdi va to'p o'rniga oyoqlarimizga zarba bera boshladilar".

PSJ final yo'llanmasi uchun "Man Siti"ga "jang" taklif qilishini kutgandik, lekin chiroyli, hujumkor futbol ko'rinishida, ammo...


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика