So’nggi yangiliklar

02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  17 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  5 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  12 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  13 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  8 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  4 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

Hakam kaltaklanganidan keyin Turkiyadagi barcha futbol uchrashuvlari qoldirildi Yangiliklar

Hakam kaltaklanganidan keyin Turkiyadagi barcha futbol uchrashuvlari qoldirildi

Hakam kaltaklanganidan so'ng Turkiyaning barcha futbol ligalaridagi o'yinlar to'xtatildi.

Turkiya Futbol Federaciyasi hakamlarni kaltaklash hodisasi tufayli mamlakatdagi barcha ligalardagi o'yinlarni boshqa muddatga qoldirdi. Bu haqda tashkilot rahbari Mehmet Byuyyukekshi malum qildi. Uning so'zlarini "Hürriyet" nashri keltirmoqda.

"Turkiya Futbol Federaciyasi shoshilinch yig'ilish o'tkazdi. Biz barcha ligalardagi o'yinlarni nomalum muddatga qoldirdik. Bu hujum – turk futboli uchun sharmandali kechadir. Turkiya futboli bunga loyiq emas deb hisoblaymiz", – dedi Byuyyukekshi.

11 dekabr kuni "Ankaraguju" klubi prezidenti Faruk Koja Turkiya Superligasining 15-turidan o'rin olgan "Rizespor" bilan o'yin yakunlangach hakam Halil Umut Melerga hujum qildi.

Birinchi zarbadan keyin hakam maydonga yiqilib, yana bir necha zarbalarni qabul qilib oldi. (VIDEO) Hakam o'zi o'rnidan turishga muvaffaq bo'ldi. CHap ko'zining ostida ko'karish bor edi. Unga hakamlar xonasida tibbiy yordam ko'rsatildi. 



Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. “Rizespor” qo'shib berilgan ettinchi daqiqada hisobni tenglashtira oldi. "Rizespor"ga durang olib kelgan golni huquqi Moskvaning CSKA klubiga tegishli Adolfo Gaych urdi.

"Ankaraguju" Turkiya chempionati turnir jadvalida 18 ochko bilan 11-o'rinda bormoqda. "Rizespor" 22 ochko bilan sakkizinchi o'rinda ketyapti.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика