So’nggi yangiliklar

23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  0 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  2 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  2 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  2 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  11 18:39"Юве" Копмейнерс бўйича таклифни яхшилайди – олдинроқ хавбек учун 45 млн евро беришганди. "Аталанта" уни 60 миллионга баҳоламоқда  0 18:15"Реал" Карвахаль ва Менди билан келишувни узайтиради  1 17:55Зафармурод Абдираҳматов: "Биз қўлимиздан келганча ҳаракат қилдик, лекин тўп дарвозага киришни истамади"  61 17:32"Интер" ва Дюмфрис йилига 4 млн евро маош билан 2028 йилгача шартнома бўйича келишувга эришди. Дензелга МЮ қизиққанди  1 17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  1

Hafta iqtiboslari. Messi, Xaynkes, Pirlo va boshqalardan ajoyib fikrlar Yangiliklar

Hafta iqtiboslari. Messi, Xaynkes, Pirlo va boshqalardan ajoyib fikrlar

Saytimiz odatiga ko'ra o'tgan hafta Evropa va jahon matbuotida yangragan murabbiy va futbolchilarning eng sara fikrlarini keltirib o'tamiz.

- "Men o'zimni yangi loyiha uchun tayyorlayapman. Yanvarda yana mashg'ulotlarga qaytaman. Futbol o'ynashni to'xtatganimdan beri jismoniy formam juda o'zgarib ketdi. Men juda o'jarman, nimagadir ahd qildimmi, erishmasdan qo'ymayman. Faoliyatimning oxirgi bosqichini yaxshi o'tkaza olmadim, nimadir sodir bo'ldi-yu, meni futboldan itarib tashladi". (Braziliyalik sobiq futbolchi Adriano yana futbolga qaytishi mumkinligi haqida)

- "Hammasi oxirida zo'r bo'ldi va biz jahon chempionatiga chiqdik. Hozir hammamiz sokinmiz. Ko'p marta bosim ostida qoldik, lekin muxlislarimiz qo'llab-quvvatlashi tufayli muhim voqelikka erishdik. Jahon chempionati Argentinasiz o'tganida juda dahshat bo'lardi. Endi jamoa o'zgaradi, biz o'samiz va yanada kuchli bo'lamiz. Jahon chempionatiga bora olmasak degan qo'rquv bor edi, ammo endi hammasi ortda qoldi. Buyog'iga bemalol mundialga chiqqanimiz bayram qilsak bo'ladi". (Oxirgi saralash o'yinida uchta gol urgan Lionel Messining fikrlari)

- "Bu klubdan 2013 yil ketgan bo'lsam, bir kun kelib yana qaytaman deb o'ylamagandim. Tanqidchilarning aytishicha, men to'rt yil futboldan chetda yurdim va endilikda jamoani boshqarish qiyin bo'ladi. Lekin futbol qayta ixtiro qilingan sport emas. U oldin qanday bo'lsa, hozir ham shunday. Men jamoani chetdan yaxshilab kuzatib turdim. Yoshimga keladigan bo'lsak, bu shunchaki raqam, boshqa narsa emas. Bazilar 45 yoshdayoq o'zini qari his qiladi, lekin men bunday o'ylayotganim yo'q. Menga hozir ham sport va musiqa yoqadi". (72 yoshli murabbiy Yupp Xaynkes yana "Bavariya"ga qaytgani haqida)

- "U doim diqqatini bir joyga jamlay oladi. U shuningdek, senga muhim qarorlar qabul qilishda ham yordam bera oladi. Uning 20 daqiqalik video orqali tushuntirishi uch kunlik mashg'ulotdan yaxshiroq. Sen nima qilish lozimligini birdaniga tushunib etasan. O'tgan yillar ichida u ancha o'sishga erishdi. Unda g'alaba bo'lgan istak nihoyatda kuchli. Qolaversa, hamma ishga sidqidildan yondoshadi. U shubhasiz, eng yaxshilardan biri". (Andrea Pirloning "CHelsi" bosh murabbiy Antonio Konte haqida fikrlari)

- "Men ishonamanki, bu musobaqani muxlislar maza qilib kuzatishadi va Rossiyada bo'lib o'tadigan jahon chempionati eng yaxshi mundial sifatida tarixga kiradi. Bizga butun dunyodan muxlislar kelishadi. Men ko'plab chiroyli stadionlarni ko'rganman va "Lujniki" o'yingohi shulardan biri. Agar stadionlar zo'r bo'lsa, tashkilotchilik ham shunga yarasha bo'ladi. Kelasi yil Rossiyaga keladigan ishqibozlar mamlakatimizni va jahon chempionatini yanada ko'proq yaxshi ko'rib qolishadi". (Rossiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Roman Pavlyuchenko keyingi yil o'z mamlakatida bo'ladigan mundial haqida)

- "Bu - shunchaki dahshat. Men bir nechta videolarni ko'rdim va muxlislarning qo'llab-quvvatlashidan hayratga tushdim. 90+5-daqiqada belgilangan penalti esa... Men Salah uchun xursandman, uni bemalol Misr qiroli desak bo'ladi". (Emre Jan o'z jamoadoshi Muhammad Salahning oxirgi daqiqada gol urib Misr terma jamoasini 26 yillik tanaffusdan so'ng jahon chempionatiga olib chiqqani haqida)

- "O'tgan yil noyabr oyida bu jamoani qabul qilib olganimda oldimizda turgan vazifa naqadar muhimligini bilardim. O'tgan 11 oy davomida hammamiz bir yoqadan bosh chiqarib ishladik. Lekin yakunda vazifani uddalay olmadik. Buning hech qanday bahonasi yo'q. Masuliyatni va aybni to'liq o'z zimmamga olaman". (AQSH terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Bryus Arena JCH saralashdagi omadsizlik haqida)

- "Muhimi shuki, endi Hindistonda ham futbolga etibor kuchayadi. Bolakaylar to'rt, besh, olti yoshdan boshlab futbol maktablariga qatnashadi. Hozirgi futbolchilar Gana, Kolumbiya kabi jamoalarni engishga qodir emas, buni to'g'ri tushunish kerak. Lekin kelajakda ulardan yaxshi futbolchilar chiqishiga ishonaman. Biz Hindistonda futbol jarayonini endi boshlayapmiz". (Hindiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Norton de Matos hind futboli kelajagi haqida)

- "Bu chindan ham g'aroyib voqea. Biz hammamiz oxirigacha harakat qildik, hech qachon maqsaddan qaytmadik. Yakunda esa jahon chempionatiga yo'l oldik". (Panama terma jamoasi futbolchisi Roman Torres Kosta-Rikaga qarshi bahsdan so'ng)

- "Yana qaytarib aytaman: Messi jahon chempionatini Argentinaga olib bermadi, balki futbol jahon chempionatini Messiga taqdim etdi. Albatta, Messisiz jahon chempionati juda xunuk ko'ringan bo'lardi. Bu millat mundialga borishga haqli. Biz hozir yanada kuchlimiz, saralash o'yinlari turdan turga bizni shakllantirib bordi. Messi erishmagan bitta sovrin qolyapti: jahon chempioni. O'ylaymanki, u bunga erishadi. U futbol tarixidagi eng kuchli futbolchi va bunga aslo shubha yo'q". (Argentina terma jamoasi bosh murabiyi Xorxe Sampaoli Messi haqida)

- "Men anchadan beri bu haqda o'ylayotgandim. Terma jamoamiz jahon chempionatiga chiqishini juda-juda xohlagandim. Hozir yoshim 33da. Haliyam kuchli klubda to'p tepyapman va bu bilan to'xtab qolmoqchi emasman. 2010 va 2014 yilgi jahon chempionatlari menga zavq bag'ishladi. Umuman olganda, terma jamoa uchun 14 yilimni berdim va bundan xursandman". (Gollandiyalik mashhur futbolchi Aren Robbenning terma jamoadagi faoliyatini tugatganidan so'ng aytgan gaplari)

Xorij matbuoti asosida tayyorlandi. 


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика