Gvardiola: "Manchester Siti" bilan bahsda "Bavariya" butun jamoa bo'lib himoyalanishi kerak"
17 sen 2014 12:08
Yangiliklar


Gvardiola: "Manchester Siti" bilan bahsda "Bavariya" butun jamoa bo'lib himoyalanishi kerak"
"Bavariya" bosh murabbiyi Pep Gvardiola bugun bo'lib o'tadigan "Manchester Siti"ga qarshi CHempionlar Ligasi guruh bosqichining 1 tur uchrashuvi haqida fikr bildirdi.
Ispan mutaxassisining so'zlariga ko'ra, nemis jamoasi himoyada ishonchli o'yin ko'rsatishi kerak.
"Biz birinchi toifali jamoa bilan kurashamiz, ularning barcha futbolchilari juda kuchli. Biz butun jamoa bo'lib himoyalanishimiz kerak, aks holda muammolarga duch kelamiz. O'tgan yili bizning maydonda nimalar bo'lgani hali ham yodimda, bu biz uchun dars bo'lishi lozim" - deydi Gvardiola.

Fikrlar