Gvardiola: "Bunday "Bavariya"ni ko'rganimda, "Manchester Siti"ni ECHL favoriti deb hisoblamayman"
25 fev 2021 09:21
Yangiliklar


Gvardiola: "Bunday "Bavariya"ni ko'rganimda, "Manchester Siti"ni ECHL favoriti deb hisoblamayman"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Borussiya M"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Umuman olganda yaxshi o'ynadik, o'yinni nazorat qildik va bahs oxiridagina raqibga imkon berdik. Afsuski, vaziyatlarni golga aylantirishimiz yuqori darajada emas, ayniqsa raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqqanimizda. Buni to'g'irlashimiz lozim.
"Bunday "Bavariya"ni ko'rganimda ("Lacio"ni 4:1 hisobida mag'lub etgan), o'zimizni ECHL favoriti deb hisoblamayman. Hozirgi maqsadimiz - uch kundan so'ng "Vest Xem"ni mag'lub etish.
Futbolchilarning tiklanishi va yaxshi formaga kirib olish - katta muammo. Agar kimdir bizni favorit deb hisoblasa - mayli. Buni qabul qilamiz. Ammo jamoa o'z tarixida bor yo'g'i bir marotaba yarim finalgacha etib borgan", - dedi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar