So’nggi yangiliklar

00:55Рэшфорд "Барса" ҳақида: "Англиядан фарқли ўлароқ, бу ерда ҳамма нарса шиддатли"  0 00:36Февзи Давлетов: "Гол ўтказиб юборганимизда жаҳлим чиқди"  0 00:20Иньиго "Ал Насср"га ўтиши ҳақида: "Бундай таклифни кўрганда ишона олмадим"  2 00:05ПСЖ ва "Тоттенхэм" Европа Суперкубоги учун жанг қилишмоқда (онлайн ҳисоб)  5 00:02Илёс Зейтуллаев: "Мағлубиятдан тўғри хулоса чиқаришимиз керак"  0 23:39Ҳаким Фузайлов: "Баҳс давомида яққол устунлик қила олмадик"  0 23:35Виктор Карпенко: "Руҳан тикланиб олсак, юқорига кўтариламиз"  3 23:01ЕКЛ саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Викинг"дан икки ўйин натижасига кўра устун келди ва кейинги босқичга йўл олди. Шомуродовдан ассист!  20 22:46"Қайрат"га бир қадам қолди. ЕЧЛ саралашининг сўнгги босқичи қандай кўриниш олди?  15 22:38Артём Петросян: "Олимпик"да салоҳият юқори. Ўйинлар қанча кўп бўлса, шунча яхши"  1 22:28Мирко Йеличич: "Юрагимнинг ярми "Олимпик"да, ярми "Локомотив"да бўлди"  1 21:52Тезкор: "Галатасарой" Эдерсон билан келишувга эришди  2 21:50Турдимуродов ўйин қаҳрамонига айланган учрашувда "Бунёдкор" Термизда мағлуб бўлди  24 21:34"Реал" эртага 45 млнга сотиб олган ўйинчисини таништиради  3 21:10"Ман Сити" Доннаруммани сотиб олишдан кўра Эдерсонни сақлаб қолишни афзал кўрмоқда  3

Grizmann yana 60-daqiqadan so'ng maydonga chiqdi. "Barsa" sudga borishga tayyor Yangiliklar

Grizmann yana 60-daqiqadan so'ng maydonga chiqdi. "Barsa" sudga borishga tayyor

Ammo, hech kim qo'rqmayapti.

"Atletiko" La Liganing beshinchi turida "Selta"ni xotirjamlik bilan mag'lub etdi — 4:1.


O'yindan keyingi asosiy mavzulardan biri — Antuan Grizmann. Francuz yana 60-daqiqadan so'ng maydonga chiqdi — barcha musobaqalarda ketma-ket oltinchi o'yin. Grizmann uchta gol urgan bo'lsa ham, hali biror marta asosiy tarkibga kirmadi. Simeone bu klubning qarori ekanligiga shama qilmoqda, prezident Enrike Sereso esa masuliyatni argentinalikka ag'darmoqda. Simeone oldinroq bu haqidagi savolga shunday javob bergan edi: "Sizlar meni o'n yildan beri bilasizlar. Men — klub odamiman va doim shunday bo'lib qolaman".


"Antuan — ajoyib o'yinchi va u biz bilan ekanligidan juda ham mamnunman. U ajoyib inson va menda u bilan ajoyib munosabatlar bor. Men faqatgina uning zo'r o'yinchi va biz bilan ekanligini ayta olaman. Men hech qachon tarkib yoki shunday turdagi masalalar bilan shug'ullanmayman", — deb aytdi prezident Sereso.


Antuanning o'zi xavotir olmayapti va shunchaki jamoaga foyda keltirmoqchi.



"Hammasi boricha. Bu mening qo'limda emas. Men Xudodan shu erda ekanligim uchun minnatdorman. Oilam baxtli. Albatta, ko'prog'ini xohlardim, ammo olayotgan barcha daqiqalarimga borimni bermoqchiman. O'zimni klub insonidek his qilyapman. Bu erda baxtliman va shunchaki o'ynashni, klub, murabbiy va muxlislar uchun barchasini berishni xohlayman", — deb tan oldi o'yinchi "Portu" bilan o'yindan keyin.


"Barselona"ni esa bu vaziyat cho'chitmoqda.


"Barsa" sudga murojaat qiladi. Klub xarid qilish shartlari bajarilgan deb hisoblamoqda


ESPN'ning yozishicha, klub "Atletiko"ning hoziroq Grizmann uchun 40 mln evro to'lashga majburligini yozmoqda, sababi u o'tgan mavsum 37ta o'yindan 30tasida 45 daqiqadan ortiq o'ynagan.


Agar yodingizda bo'lmasa, "Atletiko" agar o'yinchi klubdagi ikki mavsumda 50% o'yinlarda kamida 45 daqiqa harakat qilsa, Grizmanni "Barsa"dan 40 mln evroga xarid qilish majbur edi. SHu bilan birga, "Barselona"da yuridik "richak" yo'q — buni Kataloniyada ham, Madridda ham tushunishmoqda. SHu sabab "Atletiko" umuman xavotir olmayapti.


Madridliklar Anutan klubdagi ikki mavsumdagi yarim o'yinlarda 45 daqiqadan ko'proq o'ynashi kerak deb ishonmoqda. "Atletiko" ehtimoliy davo haqidagi malumotlar chiqishini bosim qilishga urinish deb hisoblaydi. Grizmanning 60-daqiqadan so'ng maydonga chiqishi esa hech qanday tarzda isbotlab bo'lmaydigan yoki inkor etib bo'lmaydigan texnik echim sifatida tushuntiriladi.



El Larguero nashri kataloniyaliklarning davo tayyorlashayotganini yozmoqda. "Barsa" Antuanni qaytarishni xohlamaydi, sababi uning yiliga 20 mln evrolik maoshi qattiq limit shartlarida muammo bo'ladi. "Atletiko" o'yinchi joriy mavsum so'nggida 32 yoshni qarshilaydigan o'yinchi uchun 40 mln evro to'lashdan cho'chimoqda va narxni 15 mln evrogacha tushirmoqchi.


Insayder Fernando Polo shartnoma shartlarini taqdim etmoqda: bir yilga ijara + uni yana bir mavsumga ehtimoliy uzaytirish. Ikkinchi yilga uzaytirish amalga oshirildi, sababi u birinchi yili 50%dan ortiq o'yinlarni o'tkazdi. Kataloniyaliklar yuridik xizmati fikriga ko'ra, shart birinchi yildayoq bajarildi.


Vaziyatga hatto La Liga prezidenti Xaver Tebas ham qo'shildi: "Kerakli organ buni hal qilsin. Bunday holat birinchi marta sodir bo'layotgani yo'q. Muammo arbitraj sudiga yuborildi va aynan shu darajada hal etilishi kerak. 6 oydan so'ng shikoyat qilishini mumkin bo'lmagan qaror qabul qilinadi".



Grizmann esa hozircha zaxiradan o'yinga tushishda davom etadi.



Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика