So’nggi yangiliklar

17:17Футзал. Олий лига пешқадамида бош мураббий ўзгарди  0 16:58Мбаппе класикода ўйнайдими? Алонсо жавоб берди  1 16:37"Арсенал" "Реал" ҳужумчиси учун 80 миллион евро тўламоқчи  3 16:12Ханси Флик: "Қасос олиш ҳақидаги гаплар менга ёқмаяпти"  1 15:51Хаби Алонсо: "Ғалабага тайёрланяпмиз"  3 15:10Аденис Шала: "Ўзбек футболи Македония ва Косовога нисбатан анча устун. Канте мени ниҳоятда ҳайратда қолдирди"   1 14:59Ибрагимович "Аякс"га ўтишга яқин  1 14:28Депай ёзда эркин агентга айланиши мумкин  0 14:01"Челси" Беллингемни нишонга олди. "Реал" бунга муносабатини билдирди  8 13:37ПСЖ хавбеки Туркияга йўл олиши мумкин  1 13:14“Челси” футболчиси Лондоннинг бошқа бир клубига ўтиши мумкин  3 12:58Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  42 12:55"Манчестер Сити" "Болонья" ҳимоячисини нишонга олди  0 12:25U-23 Осиё чемпионати 2-тур олдидан: Бугун муҳим ўйин бор  0 11:58"Барселона" Рэшфордни МЮдан 30 млн еврога сотиб олмоқчи  5

Grizmann Germaniyani yarim finalda to'xtatdi, Franciya finalda! Yangiliklar

Grizmann Germaniyani yarim finalda to'xtatdi, Franciya finalda!

Teglar :  GermaniyaFranciya
EVRO-2016 yarim finali doirasidagi Germaniya va Franciya o'rtasidagi bahs bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning 6-daqiqasida Sissoko bilan devor uslubida o'ynagan Antuan jarima maydoniga kirib kelib zarba berdi, Noyer to'pni qaytardi! 13-daqiqada Emre Jan o'ng qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, Tomas Myuller tomonidan yo'llagan zarba noaniq bo'ldi. Keyingi daqiqada Emre Janning 15 metrlardan yo'llagan zarbasini Loris qaytardi.

26-daqiqada Bastian SHvaynshtayger ajoyib zarba berdi, Loris shedevr seyv bilan to'pni qaytardi. Paye va Pogba jarima to'plarini amalga oshirishdi, ikkala vaziyatda ham Noyer to'pni ushlab oldi.

43-daqiqada hisob ochilishi mumkin edi. Birga bir vaziyatga chiqib ketgan Olive Jiru xuddi taxtadek harakat qildi, Xovedes esa uning ortidan etib borib oddiygina to'pni qaytardi.

Taym so'nggida Germaniya darvoza tomon penalti belgilandi! SHvaynshtayger to'p uchun kurashda to'pni qo'li bilan o'ynadi deb hisoblagan italiyalik bosh hakam Nikola Riccoli Noyer darvozasiga penalti belgiladi. Nuqtadan Antuan Grizmann gol urib hisobni ochdi va musobaqadagi o'zining beshinchi golini urdi - 0:1. 

72-daqiqada Pogba chap tomondan to'pni jarima maydoniga uzatdi, Noyer to'pni qaytardi, qaytgan to'pni Grizmann ohistagina darvozaga joylab qo'yib musobaqadagi o'zining oltinchi golini urdi - 0:2. 

Qolgan daqiqalarda nemislar har qancha harakat qilishmasin gol ura olishmadi va Franciya finalga yo'l oldi.


Evro-2016. Yarim final.
GERMANIYA - FRANCIYA 0:2

MATNLI TRANSLYACIYA
7 iyul. Marsel. "Velodrom" stadioni. 23:55
Bosh hakam - Nikola Riccoli (Italiya).
Gol: Antuan Grizmann 45+1 penalti, - 0:1. Antuan Grizmann 72, - 0:2.
Germaniya: Manuel Noyer, Emre Jan (Mario Gyotce, 67), Jerom Boateng (SHkodran Mustafi, 60), Benedikt Xovedes, Yonas Xektor, Toni Kroos, Bastian SHvaynshtayger (Leroy Sane, 78), Joshua Kimmix, Mesut Ozil, Yulian Draksler, Tomas Myuller
Franciya: Ugo Loris, Bakari Sanya, Loran Koselni, Samuel Umtiti, Patris Evra, Pol Pogba, Blez Matyuidi, Mussa Sissoko, Antuan Grizmann (Yoan Kabay, 90+1), Dimitri Paye (Ngolo Kante, 71), Olive Jiru (Andre Per Jinyak, 77)
Ogohlantirishlar: Jan (36), Evra (43), SHvaynshtayger (45), Ozil (45), Draksler (50), Kante (75).
Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика