So’nggi yangiliklar

18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  0 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  2 17:44Суперлига. "Сўғдиёна" - ОКМК 0:0 (матнли трансляция)  2 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  8 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  13 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  7 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  4 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0

Grigoriy Kolosovskiy: "CHempionlarga savollarim bor. Ular oxirigacha chempion bo'lib qolishlari kerak" Yangiliklar

Grigoriy Kolosovskiy: "CHempionlarga savollarim bor. Ular oxirigacha chempion bo'lib qolishlari kerak"

Superliganing 26-turi doirasida "Neftchi"ga uchralgan mag'lubiyatdan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy matbuot anjumanida qatnashdi.

- 2:0 hisobida oldinda borayotgandik. Keyin esa sovrinli o'rinlar uchun kurashayotgan yuqori darajali raqibga imkoniyat berishni boshladik. Yakunda mag'lub bo'ldik. Bugun tarkibimizda 18 yoshli futbolchilar harakatlandi. Istalgan holatda ham bugun g'alaba qozonishimiz kerak edi. Bugun chempionlarga savollarim bor, ular oxirigacha chempion bo'lib qolishlari kerak. Ular o'zbek futbolining yuzi, ularni hurmat qilaman. Lekin savollarim juda ko'p.

- Takidlaganingizdek, "Nasaf" ketma-ket beshinchi o'yinda ham mag'lub bo'lishi kutilgandi. SHunga qarab Siz ham reja tuzmadingizmi?

- O'zimizga ham savollarim etarlicha. Biz jamoani qutqarishga kelgandik. Jamoa og'ir ahvolda qolgan, bizgacha ketma-ket 5 mag'lubiyat bilan kelgandi. Samarqandda yaxshi o'yin o'tkazdik, Jizzaxda ham yaxshi jang taklif qildik, lekin ularning legionerlari saviyasi yuqori ekan. Bu erda ham kurashdik, sovrinli o'rin uchun kurashayotgan jamoaga ikkita gol urdik, qo'ldan kelgancha harakat qildik. Biroq ayrim joylarda ishlar o'xshamadi. Parallel o'tgan o'yinga umid qilmasligimiz va barchasini o'zimiz hal qilishimiz kerak edi. Bu o'yinni g'alabagacha olib borishimiz kerak bo'lgandi. Ikkinchi gol qanday kirib ketganini tushunmay qoldik. Yaxshi vaziyatlar yaratdik, biroq yakunda qarshi hujumda gol qo'yib yubordik. Raqibga qaramasligimiz kerak edi, biroq ulardan shubxalanib turgandik. O'zbek futbolining yuzi shunday ekan. O'yin yakunida nimalardir qilishga harakat qildik.

- Siz jamoani inqirozli holatda qabul qilib oldingiz va 3 o'yinda ishladingiz. Murabbiy sifatida bunday qaror chiqarib, reputaciyangizni tushurib qo'ymadingizmi?

- Reputaciya o'z yo'liga. Yangicha chaqiruvlar kerak. Jamoaga yordam berishga harakat qildik. Nimalardir o'xshadi, nimalardir yo'q. Samvel Vyacheslavovich ham yordamga keldi. Og'ir holatda bo'lgandi jamoa. Oldimizda 3 o'yin bor edi, ikkisida kurashdik. Samarqandda 85-daqiqada ham mag'lub bo'layotgandik. Ajoyib zarba darvozaga kirib ketdi. Jizzaxda Dorievning tepgan to'pi kabi bu erda ham shunday zarba golga aylandi. Bunday zarbalar gol bo'lmasligi kerak.

- Siz, Samvel Babayan Pro-ligada ishlashni istaysizlarmi?

- Klub rivojlanishda davom etadi, yaxshi futbol maktabi tashkil qilinmoqda. Murabbiylar shtabi borasidagi qarorni esa rahbariyat chiqaradi. Biz ham qarorni kutamiz va Sizlar kabi elon qilinganda bilamiz. Biz o'z navbatida qo'limizdan kelgan barcha ishni qildik. Jamoani olib qolishni qattiq istadik. O'yinni o'zgartirdik, hujum va himoyada agressivroq bo'lishni o'rgatdik. Yigitlarning xatolarini tuzatish uchun vaqt kamlik qildi.

- Ushbu mavsumda klub rahbariyati va murabbiylar qanday xatoliklarga yo'l qo'yishdi deb hisoblaysiz?

- Buni gapirish noto'g'ri. Bizgacha bo'lgan murabbiylarni ham gapirishni istamayman va noto'g'ri deb o'ylayman. Bu tarkib bilan jamoani Superligada olib qolishga harakat qildik, lekin o'xshamadi. Xatolarni to'g'rilashga harakat qilamiz. Bugun ham ikkita gol urdik, lekin bu g'alaba uchun etarli bo'lmadi.



Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика