Goretcka Konfederaciyalar kubogida eng tezkor “dubl” qayd etdi
30 iyu 2017 00:55
Yangiliklar


Goretcka Konfederaciyalar kubogida eng tezkor “dubl” qayd etdi
Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Leon Goretcka Konfederaciyalar kubogi yarim finalida Meksika terma jamoasiga qarshi bahsda ikki bor raqib darvozasini ishg'ol etdi.
U uchrashuvning 6- va 8-daqiqasida raqib darvozasiga to'p kiritib, musobaqa tarixida eng tezkor “dubl” muallifiga aylandi.
Yarim himoyachining ushbu musobaqadagi gollari soni uchtaga etdi va u turnir to'purarlari bahsida karvonboshilikni o'z qo'liga oldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar