Gonsalo Iguain: “Etakchilikni saqlab qolish uchun g'alaba qozonishimiz shart edi”
07 noy 2013 12:24
Yangiliklar


Gonsalo Iguain: “Etakchilikni saqlab qolish uchun g'alaba qozonishimiz shart edi”
“Napoli” klubi hujumchisi Gonsalo Iguain, “Marsel”ga qarshi bo'lib o'tgan o'yindan (3:2) qoniqish hosil qilganini aytib o'tdi.
“O'yin qiyin kechishini yaxshi bilardik. Etakchilikni saqlab qolish uchun g'alaba qozonishimiz shart edi.
Biz o'yindan juda mamnunmiz. Hozirda sport formam ko'ngildagidek va o'yindan-o'yinga natijalarimni yaxshilab borayapman. Keyingi o'yinlarda ham jamoaning o'yinlariga katta hissa qo'shishga harakat qilaman”, - deya takidladi Iguain.

Fikrlar