Godin Simeone haqida: “Haqiqiy murabbiy. Orkestr dirijyori"
03 may 2020 22:54
Yangiliklar


Godin Simeone haqida: “Haqiqiy murabbiy. Orkestr dirijyori"
"Atletiko" sobiq himoyachisi, hozirda "Inter" sharafini himoya qilayotgan Diego Godin Madrid klubi bosh murabbiyi Diego Simeone haqida gapirdi.
"CHolo - haqiqiy murabbiy. Men buni "Atletiko"da o'ynab yurgan paytlarimda ko'p bor aytganman. U futbolchilardan uzilib qolmaydi, juda ko'p taktik ishlarni bajaradi va o'yinlarga tayyorgarlik ko'rishda juda mohir - uning tug'ma istedodi bor.
Simeone ishtiyoqqa to'la. Jamoa va muxlislar o'rtasida qanday qilib yaqin munosabatlarni o'rnatishni biladi. Uni orkestr dirijyori desa bo'ladi”, - deydi Godin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar