So’nggi yangiliklar

12:29Илёс Зейтуллаев “Бунёдкор” бош мураббийи!  0 11:00Фарруҳ Зокиров: "Ўйин финал каби ўтди ва Шойимованинг бенефисига айланди"  4 10:49Ўзбекистон миллий терма жамоаси Доҳага етиб келди  11 10:37"Эшитдик-да" тасдиқланди. Катанец терма жамоа йиғинида қатнашмайди  47 10:20Неймар собиқ жамоасига қайтди  3 09:39Эшитдик-да! Ўзбекистон терма жамоасининг январь ойидаги йиғинига Катанец келмаслиги мумкин   27 09:33"Жон сақлаш учун курашмаймиз, "Қўқон-1912"нинг мақсади фақат юқорига интилиш" - Жасурбек Ёқубов  0 08:55Водий жамоасининг хориж йиғинида бўйдор ҳимоячи иштирок этади  3 08:35"Қизилқум" собиқ легионери "Машъал" йиғинига келиб қўшилди  1 08:05"Торино" клуби тарбияланувчиси "Андижон"га ўтиши мумкин  2 07:30Расмий хабар: "Шўртан" Ўзбекистон чемпиони ва икки нафар дарвозабон билан шартнома имзолади   2 02:39А Серия. "Интер" "Жузеппе Меацца"да "Эмполи"дан устун келди  1 00:29Сульшер "Бешиктош"да қанча ҳақ олади?  1 23:25АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ипсвич Таун"ни тор-мор этди  25 23:20БАА/Қатар Суперкубоги финали. Эркинов ва "Ал Ваҳда" Challenge Cup'ни қўлга киритди  2

Gitler uchun qotilliklar sodir etgan Franciya terma jamoasi sardori to'g'risida hikoya Yangiliklar

Gitler uchun qotilliklar sodir etgan Franciya terma jamoasi sardori to'g'risida hikoya

Aleks Villaplanning aytishicha, Franciya terma jamoasi sardori bo'lish hayotidagi eng baxtli kun edi.

Aleks Villaplan hayoti to'g'risida qisqa malumot:

1930 yilning 13 iyulida u Franciya terma jamoasi sardori sifatida jahon chempionatlari tarixidagi ilk o'yinda Meksika ustidan 4:1 hisobida g'alaba qozongan.

1944 yilning 26 dekabrida o'z mamlakatida xoin sifatida o'limga mahkum qilinib, otib tashlangan.


Futbolchi faoliyatining dastavvali

1904 yilning 24 dekabrida (bazi manbalarda 1905 yil) Jazoirda dunyoga kelgan Villaplan Franciyaning shimoliy afrikalik ilk o'yinchisi edi. 16 yoshida u amakilari bilan birga mamlakatning janubiy qirg'og'ida joylashgan hududga ko'chib o'tdi va mahalliy "Sete" klubiga qabul qilindi. Klubning shotlandyalik futbolchi-murabbiyi Viktor Gibson undagi iqtidorni payqadi va uni tezda asosiy tarkibga jalb etdi. Mamlakat klublari u vaqtlarda professional darajaga chiqmagandi, shunga qaramasdan, jamoalar o'yinchilarga haq to'lash chorasini topardi. 1927 yil Villaplanga "Sete"ning raqobatchisi "Nimes" yuqori maosh taklif qiladi va o'z safiga qo'shib oladi.

Aynan "Nimes"da mamlakat miqyosida ilk bor hurmatga sazovor bo'ldi. Muxlislar yoqimtoyiga aylangan Aleks nafaqat yuqori energiyaga ega va dovyurak, balki mamlakatda bosh bilan o'ynay oladigan eng yaxshi o'yinchilardan edi. Qolaversa, o'z tengqurlari ichida to'p uchun kurashuvchanlik qobiliyati yuqori sanalardi. 

1929 yil u "Rasing Parij" tarkibiga borib qo'shiladi. Klubning yangi prezidenti jamoani mamlakatning eng yirik klublaridan biriga aylantirishga harakat qildi va Villaplan bilan shartnoma imzolashni ustuvor vazifalardan biri deb hisobladi. Professional daraja rasman qonuniy kuchga kirishiga uch yil muddat bo'lsa-da, Villaplan daromad sohibiga aylanayotganini hech kimdan bekitmadi va pullarini bar, karaoke, ot poygalari uchun sarflay boshladi.

Nihoyat, 1932 yil professionallik qonuniylashtirilgach, kichik "Antibes" katta muvaffaqiyatlarni ko'zlagan holda ilk qadamni "Rasing"da uch yil faoliyat olib borgan Villaplanning xizmatiga ehtiyoj sezadi. O'sha paytda chempionat janubiy va shimoliy mintaqalarga bo'lingandi, mintaqalar g'oliblari esa chempionlik uchun o'zaro o'yin o'tkazishgan. "Antibes" janubiy mintaqada zafar quchdi, so'ngra hal qiluvchi bahsda "Lill"ni mag'lubiyatga uchratdi. Keyinchalik uchrashuv kelishilgani malum bo'ldi. "Antibes" unvonidan mahrum qilindi, bosh murabbiy chetlatildi, ko'pchilik esa bu ishda Villaplan hamda u bilan "Sete"da ham birga o'ynagan ikki hamtovog'ining qo'li borligiga shubha qilishardi. Tez orada uchala futbolchi ham jamoani tark etdi.

"Nicca" Villaplan bilan tarkibni kuchaytirishni niyat qildi, biroq klub tez orada bu ishidan pushaymon bo'ldi. CHunki u bir necha bor mashg'ulotlarni o'tkazib yuborgani uchun jarimaga tortildi hamda o'yinlarning birida maydon bo'ylab shunchaki tentirab yurdi. "Nicca" futbolchiga chiqish eshiklarini ko'rsatdi. SHundan so'ng u o'ziga bo'lgan yagona taklif — ikkinchi divizion ishtirokchisi "Bordo"ni tanlashga majbur bo'ldi. Biroq Aleksning sayohati ko'pga cho'zilmadi va uch oydan so'ng klub bilan xayrlashdi. SHu tariqa, Villaplan futboldan chetda qoldi. Ammo 1935 yil u Parij va Kot-d'Azurdagi ot poygalarida qalloblik qilgani uchun qamoqqa tashlanganidan keyin yana sport nashrlari sahifalarida paydo bo'ldi. 


Urush

1940 yilning iyun oyida Parij shahri fashistlar qo'liga o'tdi. Bu ko'pchilikni umidsizlikka tushirdi, ko'pchilikning hayotiga zomin bo'ldi, biroq bazi kimsalar uchun yangi imkoniyatlarni paydo qildi. Bosqinchilar talon-taroj qila olmaydigan narsalar: oziq-ovqatdan tortib tasviriy sanat asarlarigacha pullash uchun mahalliy qora bozor savdogarlari bilan aloqa o'rnatishga majbur edi. Bu borada mahalliy jinoyatchilardan birining ishlari "besh" bo'ldi — savodsiz etim Anri Lafontning ishlari bosqinchilik davrida shu qadar gullab-yashnadiki, u o'zini "Kasablanka" filmidagi senor Ferrari singari tasavvur qila boshladi: "Barcha noqonuniy xatti-harakatlarning etakchisi sifatida nufuzli va hurmatga loyiq odamman".

Bazi shafqatsiz prussiyalik fashistlar Lafontdan qutulishni xohlashardi. Lafont esa unga qarshi belgiyalik qo'mondonni shaxsan qo'lga olib, qiynoq iskanjasiga tashlaydi va shu tariqa o'z qadr-qimmatini mustahkamladi.

Lafontning tasiri oshib borgan sayin chor-atrofiga odamlarni yig'a boshlaydi. U Parij qamoqxonalarini kezib chiqib, eski sheriklarini hamda o'z o'rnini mustahkamlashga yordam beradigan har qanday kishini ozod qildi. Bir paytlar korrupciya bilan ushlanib, qamoqqa tashlangan policiyachi Per Bonni uning o'ng qo'liga aylandi. Keyinchalik ular safiga Villaplan qo'shildi. Jinoiy guruh o'z qarorgohini Parijning eng mashhur ko'chalaridan bo'lgan Lauriston ko'chasidagi 93-uyga o'rnatdi.


Franciya gestaposi

To'daning maqsadi tezda boyib ketish edi. Ular nacistlarni istagan narsasi bilan taminlashar, o'zlariga esa uyum-uyum qilishardi. To'da mafkuraga xizmat qilmasa-da, o'z hukmdorlarining ishonchini saqlab qolish uchun muntazam ravishda yahudiylar, qarshilik ko'rsatuvchi jangchilar va Reyxning boshqa dushmanlarini kuzatib borishardi. 93-uy erto'lasida ko'p odam qiynoqqa solingan.

1943 yil Franciyaning Germaniyaga qarshiligi kuchaydi. Mahalliy Gestapoga qo'zg'alonchilarni yo'q qilish buyurildi. Villaplan esa nemislar tomonidan sub-leytenant lavozimiga ko'tarilgan.

Uning bo'linmasi shafqatsizligi bilan mashhur edi. Misol uchun, 1944 yilning 11 iyunida ular Dordognedagi kichik qishloq Mussidanda 11 harbiyni asirga oldi. 17 yoshdan 26 yoshgacha bo'lgan francuz partizanlari zovur yonida otib tashlandi. 


Muvaffaqiyatsizlik

"Jinoiy to'da hammayoqni talon-taroj, xonavayron qildi, buyumlarni o'g'irladi, qotillikka qo'l urdi, fashistlar bilan birlashib, dahshatli qatag'onlarni amalga oshirdi", dedi Parij ozod qilingach, Villaplanning sudida prokuror. "Ular o'z ortidan olov va vayronalarni qoldirdi. Yollanma askarlar o'z qurbonlarining og'riqdan zirqiratgan va qonga belangan jasadlaridan zargarlik buyumlarini echib olayotganini o'z ko'zlari bilan ko'rgan guvohlar bu haqda bizga xabar berishdi. O'sha vaqtda Villaplan o'rtada xotirjam jilmayib turgan".

Bu kabi vahshiy to'dalarning ko'pligiga qaramay, ularga qarshi jangarilar soni orta boshlab, qarshilik kuchaya boshlaydi. Villaplan Germaniya urushda g'alaba qozona olmasligini anglay boshlaydi. SHunda bu boshqacha qing'ir yo'lga o'tadi, yani ommaviy rahm-shavqat aktini uyushtirib, o'zi taqib qilishi kerak bo'lgan odamlarning qochishiga yordam beradi va go'yoki ularning xaloskori sifatida namoyon bo'lmoqchidek gavdalanadi. Evaziga esa ulardan katta miqdorda pul talab qiladi. Prokurorning so'zlariga ko'ra, uning ochko'zligi o'z hiylasiga putur etkazgan.

"Uning psixologiyasi boshqa jinoiy guruh azolarinikidan farq qilardi", dedi prokuror. "Unga tegishli malumotlarni o'rganib chiqib, shunga amin bo'ldimki, u firibgar, tug'ma firibgar. Bunday toifadagilar duq qilib talab qilishni o'ziga qiyofa qilib olgan. Guvohlardan birining aytishicha, Aleks nemis mashinasida qishloqlardan biriga kelib, o'zini yig'lagan qiyofaga solgan: "Eh, qanday zamonda yashayapmiz! Qanday dahshatli zamon! Qanday vahshiylik! Men francuzman, noilojlikdan nemis libosini kiyib yuribman. Ko'ryapsizmi, mening dovyurak xalqim, bu yovvoyilar qanday yovuzliklar qilgan. Men ular uchun javobgar bo'lishni istamayman, men ularning boshlig'i emasman. Ular sizni o'ldirmoqchi! Lekin men o'z hayotimni xavf ostiga qo'yib, sizni qutqarishga harakat qilaman. Men ko'p odamni qutqarganman. Aniqrog'i, ellik to'rt kishini. Agar menga 400 ming frank bersangiz, ellik beshinchisi bo'lasiz..."

1944 yilning avgust oyida parijliklar qo'zg'olon ko'taradi. Franciyani ozod qilishda kurashgan qo'shinning yarmidan ko'pi afrikalik edi. dushman bilan til biriktirganlarga qarshi jazo juda kuchli edi. Tez orada Villaplan to'dasi qo'lga olinib, sud qilingach, o'limga hukm qilindi. 1944 yil, Rojdestvo bayramining ertasiga Villaplan, Lafont, Bonni va yana besh kishi shahar chetidagi Fort-de-Montrojga olib ketilib, otil o'ldirilgan.


Oqil Abdubarnoev tarjimasi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика