Germaniya TJ sobiq azosi: “Ronaldu ahmoqdek ko'rindi”
21 iyu 2021 19:40
Yangiliklar


Germaniya TJ sobiq azosi: “Ronaldu ahmoqdek ko'rindi”
“Liverpul” sobiq azosi Ditmar Xamann Evro-2020 2-turidan o'rin olgan Portugaliya – Germaniya (2:4) bahsida Krishtianu Ronalduning Antonio Ryudigerga ishlatgan finti haqida gapirdi.
“Ronaldu – qoyilmaqom futbolchi va uning bu kabi fintlarni qilishga qodirligini barchamiz bilamiz. Biroq, nazarimda u bu harakati bilan raqibini kamsitganga o'xshadi. Ha, Krishtianu Messi bilan bir qatorda eng zo'ri, ammo bu vaziyatda u ahmoqdek ko'rindi. Nemis futbolchilari buni kuzatishdi. Oxir oqibat u nimaga erishdi? Ehtimol, o'sha holat tufayli kambek yuzaga kelgan bo'lishi mumkin”, deydi Xamann.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar