Germaniya jahon chempionatidagi so'nggi 4 o'yinning 3 tasida mag'lub bo'ldi. Keyingi o'yin Ispaniyaga qarshi
23 noy 2022 21:22
Yangiliklar


Germaniya jahon chempionatidagi so'nggi 4 o'yinning 3 tasida mag'lub bo'ldi. Keyingi o'yin Ispaniyaga qarshi
Germaniya jahon chempionatlaridagi so'nggi to'rtta o'yinda faqat bir marta g'alaba qozondi.
Xans-Diter Flik shogirdlari bugun Qatardagi turnirda Yaponiyaga imkoniyatni boy berdi (1:2).
2014 yilgi mundial g'oliblari JCH-2018'da Meksika (0:1) va Janubiy Koreyaga (0:2) imkoniyatni boy berib, SHveciyani mag'lub etishgandi (2:1).
27 noyabr kuni nemislar Ispaniya terma jamoasi, 1 dekabr kuni esa Kosta-Rika terma jamoasi bilan uchrashadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar