Georgiev Turkiyaga yo'l oladi, Mamadaliev esa tarkibga qo'shildi
10 fev 2015 18:00
Yangiliklar

Georgiev Turkiyaga yo'l oladi, Mamadaliev esa tarkibga qo'shildi
PFL kubogida ishtirok etayotgan jamoamiz bugun musobaqadagi ikkinchi uchrashuvni o'tkazdi. 2-turda G'uzorning “SHo'rtan” klubi bilan kuch sinashdik.
Gollarga boy ruhda o'tgan bahsda 3:3 hisobidagi durang kuzatildi. Birinchi bo'limda raqibga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan futbolchilarimiz hujumkorlikni oshirib, “SHo'rtan” darvozasini uch bor nishonga olishdi. SHahboz Erkinov “dubl” erishgan bo'lsa yana bitta golga Otabek Valijonov mualliflik qildi. Erkinov SHixov hamda Georgievning oshirgan to'plarini darvozaga yo'llagan bo'lsa Valijonov 17 metrlardan aniq zarba yo'lladi. SHu o'rinda jamoamiz uchrashuvni to'qqiz kishi bo'lib yakunlaganligini aytish joiz. Hakam avvaliga Vadim CHemirtanni uchrashuv oxirlarida esa Robbim Hasanovlarni maydondan chetlatdi. Har ikki holatda ham futbolchilarimiz hakamning noto'g'ri chiqargan qarori uchun etiroz bildirishgani uchun qizil kartochga loyiq ko'rilishdi. Uchrashuv jamoamizning 3:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlanishi taxmin qilinayotgan bir pallada “SHo'rtan” penalti tepish imkoniga ega bo'ldi. Belgilangan penaltini G'ulomhaydar G'ulomov aniq amalga oshirib, g'uzorliklarni mag'lubiyatdan saqlab qoldi.
“SHo'rtan”ga qarshi o'yinda tarkib quyidagicha ko'rinishga ega bo'ldi: Xurshid Xo'jaev, Rahmatillo Berdimurodov, Azam Aliev, Dilshod Jabborov, Yuriy Rijko, Robbim Hasanov, Azamat Bobojonov (Otabek Valijonov), Sanat SHixov (Ilhom Boydedaev), Sergey Georgiev (Botir To'raboev), Mo'ydin Mamazulunov (Vadim CHemirtan), SHahboz Erkinov (Muhammad Rasulov).
Jamoamiz ertaga “Buxoro” bilan nazorat o'yinida kuch sinashadi. Buxoroliklarga qarshi o'yin “Bunyodkor” akademiyasidagi maydonda bo'lib o'tadi. Tarkibdagi yangiliklar xususida gap ketganida, jamoamiz safiga yarim himoyachi Sunatillo Mamadalievni qo'shilganligini etirof etish joiz. So'nggi mavsumni “Metallurg”da o'tkazgan futbolchi mavsumlar oralig'ida “Olmaliq” mashg'ulotlarida qatnashayotgandi. Moldovalik yarim himoyachi Sergey Georgiev ertaga Moldova terma jamoasi yig'inida qatnashish maqsadida Turkiyaga yo'l oladi. Moldovanlar 11-18 fevral oralig'ida o'tkaziladigan yig'in davomida Ruminiya va Qozog'iston terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishadi. SHundan so'ng futbolchi jamoamiz ixtiyoriga qaytadi.

Fikrlar