So’nggi yangiliklar

17:10Ўзбекистон - Испания. Асосий таркибимиз маълум  9 16:55Ильгиз Танташев Элит ОЧЛ саралаш босқич баҳсини бошқаради  2 16:23Расман: "Сурхон" ўсмирлар ўртасида Евро чемпиони бўлган футболчи билан шартнома тузди  3 15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  6 15:31"Парк де Пренс" стадиони Ўзбекистон - Испания баҳсига шай  9 15:16"Навбаҳор" Сардор Рашидов билан келишувга эришди  19 15:11Эксклюзив! Тимур Кападзе: "Мақсадимиз бор ва унга қараб интиламиз"  10 14:47Ўзбекистон U-23 терма жамоаси бош мураббийи ва футболчилари дастхати қўйилган тўпни ютиб олинг  3 14:42ОЛИМПИАДАГАЧА. Акром Комилов: "Испания индивидуал кучли, лекин ўзбекистонлик йигитлар ҳеч кимдан қолишмайди"  2 14:07"Ливерпуль" етакчиси жамоада қолмоқчи  1 13:38ОЛИМПИАДАГАЧА. Испания ОТЖ ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Қизил фурия" билан танишамиз  6 13:03Месси кесма паслар бўйича Топ-5 нинг охирги 2 мавсумида етакчи. Лео ПСЖни бир йил олдин тарк этган  15 12:25Гвардиола: "У қарор қабул қилиши керак"  3 11:42Эшитдик-да! "Олимпик"нинг яна бир футболчиси Суперлиганинг бошқа клубига ўтмоқда  7 11:05«Реал Мадрид» яна бир фахрий ҳимоячини текинга қўлга киритиши мумкин  5

"Gennadiy Krasnickiy klubi" azosi, Bekobod faxri Zohid Abdullaev faoliyatini yakunlamoqda Yangiliklar

"Gennadiy Krasnickiy klubi" azosi, Bekobod faxri Zohid Abdullaev faoliyatini yakunlamoqda

"Metallurg" hujumchisi Zohid Abdullaev katta futboldan ketyapti.

"Metallurg" futbol klubi fidoyisi, gvardiyachisi, to'purari butsasini mixga ilishga qaror qildi. 

Bekobod "beki"ga aylangan futbolchi yoxud Zohid Abdullaev faoliyatiga bir nazar...

Bekobod futboli – "Metallurg" deganda muxlislar ko'z o'ngiga shubhasiz Zohid Abdullaev keladi. SHu yurtning qoramag'izdan kelgan o'g'loni tom manoda Bekobod futbolining yorqin timsoliga aylangan, desak mubolag'a bo'lmaydi.

Bekobod shahridagi 12-mikrorayonida 1984 yilning may oyida – 25-sanasida murg'akkina, mitti chaqaloq dunyoga keldi. Jarangdor ovozi bilan qo'ni-qo'shnilar va yaqinlari etiborini o'ziga tortgan bu go'dakning tez orada ushbu zamin dovrug'ini yashil maydonlarda dong tarataman, deganini o'shanda kim ham tushunibdi deysiz.

Bu paytda Bekobodda millionlar o'yini – futbol ancha rivojlangan,"“Metallurg" jamoasi O'zbekiston birinchiligida qatnashar, bundan tashqari, Bekobod shahri va tumanida bir nechta jamoalar faoliyat yuritardi. Millionlar o'yinining jozibasi yosh Zohidni ham futbolga etakladi. O'rta maktabda o'qib yurgan kezlari shaharning qoq markazida faoliyat yurituvchi xususiy jamoaga – birinchi murabbiyi G'ulom aka G'ofurov huzuriga shoshar, ertalabdan kechgacha to'p ortidan yugurishdan charchamasdi. 15 yoshida "Cementchi" jamoasiga qabul qilindi. Bu erda charm to'p sirlarini Ilhom Asadovdan o'rganishni davom ettirdi. SHuning barobarida respublika miqyosidagi musobaqalarda Bekobod shahri sharafini himoya etishga kirishdi. 

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, O'zbekiston chempionati bilan bir qatorda, mamlakat birinchiligi bahslari ham tashkil etildi. Bekobod shahrining bosh jamoasi – "Metallurg" futbol klubi O'zbekiston birinchiligidagi ishtirokini boshladi. Jamoa birinchilikdagi olti yillik faoliyatidan so'ng 1997 yilda ikkinchi o'rinni egalladi va Oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Bugungi kunda Bekobod futbolining yuzi, obro'siga aylangan Zohid Abdullaevning "Metallurg" jamoasiga qabul qilinishi bir muncha kech amalga oshirildi. Zohidni 2007 yilgi mavsumda Bekobodning bosh jamoasiga tajribali mutaxassislar – Vagif Rustamov hamda Yakov Kaprov chaqirgan.

O'sha mavsum "Metallurg" uchun ancha omadsiz boshlangan, jamoa ketma-ket ikkita o'yinda mag'lubiyatga uchragandi. Uyda "Paxtakor"ga (0:4), safarda "To'palang" (0:2)ga imkoniyat boy berilgan. 3-turda esa Bekobodga Oliy liga debyutanti – o'z oldiga katta vazifalarni qo'ygan, mamlakatning eng kuchli va tajribali o'yinchilarini jamlab olgan – "Quruvchi" kelayotgandi. Zohid Abdullaevning "Metallurg" tarkibidagi debyuti aynan shu uchrashuvga – debyutantga qarshi o'yinga to'g'ri keldi. CHempionlik yo'lida "Paxtakor"ning asosiy raqibiga aylangan o'yinda "Metallurg" o'yingohi – A.Anoxin nomidagi stadion muxlislar bilan liq to'ldi. Jamoa esa o'z muxlislari qarshisida yana yutqazayotgandi. Uchrashuvning 22-daqiqasida Rashid G'ofurov hisobni ochdi. Bu gol esa o'yin yakuniga qadar yagonaligini saqlab turgandi. 86-daqiqada murabbiylar shtabi maydonga 23 yoshli Zohid Abdullaevni tushirishga qaror qilishdi. U tajribali yarim himoyachi Jamshid Mirabdullaev o'rnini egalladi. SHu tariqa, Zohidning O'zbekiston chempionatidagi faoliyati boshlandi.

2007 yilgi mavsum "Metallurg" uchun juda og'ir kechdi. Jamoa 30 ta o'yinning 19 tasida imkoniyatni boy berdi. 5 ta uchrashuvda durang o'ynadi. 6 ta o'yinda esa g'alaba qozondi va 16 jamoa orasida 15-pog'onani band etdi. CHempionatdagi debyutini o'tkazgan Zohid Abdullaev asosan, zaxiradan maydonga tushirilar, unga jamoa o'yinini kuchaytirish, jamoani mag'lubiyatdan qutqarib qoluvchi o'yinchi sifatida qaralardi. Birinchi mavsumning o'zidayoq 21 ta o'yinda maydonga tushgan Zohid raqiblar darvozasiga 7 ta to'p kiritishni uddaladi. Bu esa o'sha mavsumdagi "Metallurg" to'purarlari orasidagi eng yaxshi natija edi. Yosh Zohid tajribali jamoadoshlari Bahrom Umarov va Mirg'olib Raimovni bittadan golga ortda qoldirib ketdi.

Zohid Abdullaev O'zbekiston chempionatidagi birinchi golini urgan kunini hech qachon yodidan chiqarmaydi. Bu XVI milliy chempionatning 9-turi 5 may sanasiga to'g'ri kelgandi. SHu kuni "Metallurg" o'z maydonida G'uzorning "SHo'rtan" jamoasini qabul qilgan. 4000 tomoshabinga mo'ljallangan stadionda bo'sh joy yo'q. Ketma-ket 6 ta mag'lubiyatdan keyin nihoyat "Metallurg" dastlabki ochkolarni qo'lga kiritdi. Jamoa avvaliga o'z uyida “Vobkent” bilan nursiz durangga erishgan bo'lsa (0:0), 8-turda Toshkentda "Lokomotiv" bilan jangovor durangga imzo chekib kelgandi – 3:3. Aziz Haydarov (dubl) va Ilhom Mo'minjonovning gollariga Bahrom Umarov, Yashar Mutalibov hamda Jamshid Mirabdullaev javob qaytarishgandi. Ayniqsa, hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda Jamshid Mirabdullaevning jarimadan urgan chiroyli goli "Metallurg" muxlislarining keyingi o'yinda g'alabaga bo'lgan umidini oshirgan va ularni stadionga chorlagandi. G'uzorliklar esa bu paytda 8 ta o'yinning 3 tasida g'alaba qozongan, 1 ta uchrashuvda durang o'ynagan va 4 ta o'yinni boy bergandi. Jamoa musobaqa jadvalining oltin o'rtaligida borayotgandi.

Uchrashuv bosh hakami samarqandlik Xushvaqt Muxtorovning hushtagi yangrashi bilan muxlislarning tinimsiz qo'llab-quvvatlashlari ostida "Metallurg" futbolchilari oldinga tashlanishdi. Yoppasiga uyushtirilgan hujumlar g'uzorliklarni shoshirib qo'ygandi. "SHo'rtan" himoya chizig'idagi parokandalik esa bekobodliklarga qo'l kelib, tezkor gol urilgan. 4-daqiqa yakunlanib ulgurmasidan jamoadoshining ajoyib to'p oshirishidan Zohid Abdullaev unumli foydalangan. Tajribali Aleksandr Korneychuk bilan yakkama-yakka chiqqan Abdullaev posbonni ham aldab o'tib, to'pni bo'sh qolgan darvoza to'riga yo'lladi. A.Anoxin nomidagi stadion oyoqqa qalqqandi. SHu tariqa, keyinchalik bekobodlik futbol ishqibozlarining yoqimtoyi, erkatoyiga aylangan Zohid Abdullaev O'zbekiston chempionatidagi ilk golini urdi. Uchrashuv esa "Metallurg"ning yirik – 4:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Abdullaevdan tashqari Jamshid Mirabdullaev, Jonibek Hamdamov hamda Otabek Pirmatov muvaffaqiyat qozondi.

Yil o'tgan sayin Zohid Abdullaev kuchlilar safidagi o'z nomi va mavqeini tiklab bordi."“Metallurg"ning haqiqiy goleador o'yinchisiga aylandi. Muxlislar va murabbiylarning unga bo'lgan ishonchi ortdi. 2008 hamda 2010 yillarda Zohid "Metallurg" tarkibida eng ko'p maydonga tushgan o'yinchiga aylandi. 2008 yilda 5 ta, 2009 yilda 6 ta, 2010 yilda 7 ta gol urishga erishdi. Keyingi mavsumlarda ham sermahsullik borasida "Metallurg"da Zohidning oldiga tushadigan o'yinchi topilmadi. 2011 yilda raqiblar darvozasini 7 marta aniq nishonga olgan Abdullaev keyingi mavsum o'z hisobiga 9 ta gol yozdirib qo'ydi. Ayniqsa, bu gollar "Metallurg"ning yutuqlariga xizmat qilganligi Zohidni muxlislarning sevimli o'yinchisiga aylanishiga sababchi bo'ldi.

Tabiiyki, Oliy liganing kuchli jamoalaridan bu hujumchiga qiziqishlar ortib bordi. Uni o'z safida ko'rishni xohlovchilar topildi. "Metallurg"ga nisbatan ko'proq imtiyozlar taklif etilishi bois Zohid qisqa muddat qadrdon jamoasidan uzoqlashdi. 2013 yilgi mavsumni Qarshining "Nasaf"ida o'tkazdi. Undan keyingi mavsumda esa mamlakatimizning eng nomdor klublaridan biri – "Neftchi"ga yo'l oldi. Ammo "Metallurg" to'purarining boshqa jamoalarda ishi unchalik yurishmadi. Qashqadaryoning bosh jamoasi tarkibida Zohid 22 ta uchrashuvda 5 ta gol urgan bo'lsa, 2014 yilning birinchi davrasini Farg'onada o'tkazgan Abdullaev faqat 4 ta o'yinda maydonga tushdi, xolos. O'yin amaliyotisiz qolishi, o'zining sevimli mashg'uloti – raqib darvozasiga gol urishi keskin kamayib ketishi Zohidni ham, uning muxlislarini ham qanoatlantirmasdi. O'sha paytda "Metallurg"da bosh murabbiy bo'lib ishlayotgan Rustam Mirsodiqov, jamoa boshlig'i SHavkat Saidov Bekobod o'g'loni Zohid Abdullaevni ortga qaytarishga qaror qilishdi. Qadrdon jamoasidan bo'lgan chorlov Zohidga qanot bag'ishladi. Ikkinchi davrada 6 ta o'yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 2 marta yo'l topishga erishdi. Qadrdon jamoaga qaytish, sevimli muxlislari qarshisida to'p tepish Zohidning qisqa fursatda jismoniy tayyorgarligini tiklab olishiga, qaddini rostlashiga yordam berdi.

Keyingi mavsumlarda Zohid Abdullaev muxlislari va murabbiylari ishonchini to'liq oqladi. Nafaqat "Metallurg"ning, balki chempionatimizning yorqin to'purarlaridan biriga aylandi. Ayniqsa, 2016 yilgi mavsum juda omadli bo'ldi. Zohid Abdullaev 28 ta uchrashuvda raqiblar darvozasiga 18 ta to'p kiritdi. Bu mavsum to'purari bo'lgan Temirxo'ja Abduxoliqovning natijasidan keyingi – ikkinchi ko'rsatkich edi. Oradan bir yil o'tib Abdullaev yana to'purarlar ro'yxati etakchilaridan biriga bo'lib oldi.

Yillar davomida doimo raqib darvozasini ishg'ol etishga odatlangan Zohid Abdullaev 2019 yili nihoyat o'zining bosh maqsadiga erishdi. Goleadorlarni  birlashtirib turuvchi – "Gennadiy Krasnickiy klubi" azosiga aylandi. Zohidning O'zbekiston chempionati va mamlakat kubogi bahslaridagi gollari soni 100 tadan oshdi. Etiborli jihati, Abdullaev o'zining ilk golini Bekobodda urganligini yuqorida esladik. "Gennadiy Krasnickiy klubi" eshiklarini ochgan 100-golini ham Zohid Abdullaev qadrdon shahrida, suyukli muxlislari qarshisida – Bekoboddagi "Metallurg" markaziy stadionida urdi. XXVIII milliy chempionat oldidan Zohid Abdullaevning hisobida 98 ta gol bor edi. Hali yuzlik davonga ikkita gol etmayotganligi qaramasdan, 4-turdan o'rin olgan "Metallurg" – "Qizilqum" uchrashuviga muxlislar yaxshi niyat bilan stadionga maxsus bannerlarni ko'tarib kelishdi. Ularda Zohid Abdullaevning portreti va 100 raqami tushirilgandi.

Mavsumni Termizda "Surxon"ga qarshi durang bilan boshlagan "Metallurg" 2-turda o'z maydonida "Buxoro"dan ustun keldi – 2:0. 3-turda esa Samarqandda "Dinamo"ga imkoniyat boy berildi (1:2). Mazkur uchta uchrashuvda jamoa bosh murabbiyi Andrey SHipilov Zohid Abdullaevga 43 daqiqa vaqt berdi, xolos – Termizda 29, "Buxoro"ga qarshi o'yinda esa 14 daqiqa. Ishqibozlar esa murabbiylar shtabidan Abdullaevni ilk daqiqalardan maydonga tushirishni talab etishardi. Va nihoyat, "Qizilqum"ga qarshi o'yinda muxlislarning talab va istaklari inobatga olindi. Zohid boshlang'ich tarkibga kiritildi. Uchrashuvdagi birinchi gol 19-daqiqada penaltidan urildi. 11 metrlik jarima zarbasini Stanislav Andreev bexato amalga oshirdi. Oradan ko'p o'tmasdan mehmonlar yarim himoyachisi Mirjalol Qosimov vaziyatni tenglashtirdi. Ana shu lahzalarda sahnaga Zohid Abdullaev ko'tarildi. Ishqibozlarning tinimsiz qo'llab-quvvatlashlari Zohidga kuch-quvvat, qanot bag'ishladi. 35-daqiqada u navoiyliklar posboni Evgeniy CHeremisin bilan yakkama-yakka chiqib, darvozabonga imkoniyat qoldirmadi. "Metallurg" hisobda oldinga o'tib oldi. Oradan uch daqiqa o'tib, Zohid Abdullaev yana jamoadoshlari quchog'ida qoldi. Bu gal "Metallurg" to'purari jamoadoshi Islombek Isoqjonov boshlab bergan kombinaciyani golga aylantirdi. YUZLIK dovon zabt etildi!!! Uchrashuvning so'nggi soniyalari o'tib borayotganda Bahrom Abdurahimov o'yinga mantiqiy nuqtani qo'ydi – 4:1. SHu tariqa, Zohid Abdullaev bekobodlik futbolchilar orasidan birinchi bo'lib "Gennadiy Krasnickiy klubi" azosiga aylandi. Zohid Abdullaevning milliy chempionatimizdagi gollari soni 95 tani tashkil etadi. O'zbekiston kubogidagi gollari ham qo'shib hisoblasak, barcha gollar soni 110 tadan oshadi.

"Gennadiy Krasnickiy klubi azosi" – Zohid Abdullaevning O'zbekiston chempionatidagi statistikasi:

O'zbekiston chempionatidagi o'yinlari soni – 315 ta ("Metallurg"da – 289 ta, "Nasaf"da – 22 ta, "Neftchi"da – 4 ta)

CHempionatdagi gollari soni – 95 ta ("Metallurg" tarkibida – 90 ta, "Nasaf"da – 5 ta)

O'zbekiston Kubogidagi gollari – 15 ta

"Gennadiy Krasnickiy klubi" ro'yxatni 265 ta goli bilan Anvar Berdiev boshqarib kelmoqda. Klub azolari soni esa 30 nafardan oshib ketdi. Ro'yxatda mamlakatimizning juda ko'plab taniqli futbolchilari bor: Anvar Soliev, SHuhrat Mirholdirshoev, Zafar Holmurodov, Ravshan Bozorov, Jafar Irismetov, Oybek Usmonxo'jaev, Baxtiyor Hamidullaev, Umid Isoqov shular jumlasidandir. Zuhro yulduzi kabi porlagan hujumchilar safida Bekobod o'g'lonining ham borligi "Metallurg" ishqibozlariga quvonch, g'urur bag'ishlaydi.

Zohid Abdullaev o'yinlari va gollarining milliy chempionatdagi taqsimoti:

2007 yil:  21 ta o'yin, 7 ta gol

2008 yil:  25 ta o'yin, 5 ta gol

2009 yil:  20 ta o'yin, 6 ta gol

2010 yil:  25 ta o'yin, 7 ta gol

2011 yil:  25 ta o'yin, 7 ta gol

2012 yil:  20 ta o'yin, 9 ta gol

2013 yil:  22 ta o'yin 4 ta gol

2014 yil:  10 ta o'yin, 2 ta gol

2015 yil:  12 ta o'yin, 1 ta gol

2016 yil:  28 ta o'yin, 18 ta gol

2017 yil:  27 ta o'yin, 12 ta gol

2018 yil:  26 ta o'yin, 7 ta gol

2019 yil:  19 ta o'yin, 5 ta gol

2020 yil:  22 ta o'yin, 1 ta gol

2021 yil:  22 ta o'yin, 3 ta gol

2022 yil: 2 ta o'yin...

Zohid Abdullaev “Metallurg” futbol klubining "gvardiyachisi" ham sanaladi. U O'zbekiston chempionatida jamoa tarkibida eng ko'p maydonga tushgan futbolchilardan biri hisoblanadi. Zohid Abdullaev bugungacha mamlakat chempionatlarining o'zida 315 ta uchrashuvda to'p tepishga muvaffaq bo'lgan. O'zbekiston Kubogi bahslaridagi uchrashuvlarini ham qo'shib hisoblasak, kuchlilar safidagi jami o'yinlari soni 350 tadan oshib ketadi.

SHu yilning may oyi 25 sanasida 38 yoshni qarshilagan Zohid Abdullaev katta futboldagi faoliyatini yakunlayapti. Aslida u o'tgan mavsumdayoq katta futbol bilan xayrlashishni diliga tuggandi. Biroq qiyin vaziyatda jamoasini tashlab ketishga ko'zi qiymadi. 21 ta uchrashuvda maydonga tushdi: 11 ta uchrashuvda boshlang'ich tarkibga kiritildi, 10 ta o'yinga zaxiradan qo'shildi. Raqiblar darvozasiga chempionatda 3 ta, O'zbekiston Kubogi bahslarida 2 ta to'p kiritdi.

Eslatib o'tamiz, 11 iyun kuni Zohid Abdullaevning xayrlashuv uchrashuvi bo'lib o'tadi. Unda "Metallurg" Tojikistonning "Xo'jand" klubiga qarshi bahs olib boradi. Mazkur xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi soat 19:00 da boshlanishi rejalashtirilmoqda.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика