Gavining "Barsa" bilan yangi shartnomasi hali rasmiylashtirilmagan – u oshirilgan maosh olmaydi
17 jan 2023 18:30
Yangiliklar
Gavining "Barsa" bilan yangi shartnomasi hali rasmiylashtirilmagan – u oshirilgan maosh olmaydi
"Barselona" hali ham Gavini asosiy tarkib futbolchisi sifatida ro'yxatdan o'tkazmagan.
"Barselona" sentyabr oyida ispaniyalik bilan shartnomani 2026 yilgacha uzaytirganini, yangi kelishuv shartlariga ko'ra, uning maoshi oshirilishini elon qilgandi.
Dekabr oyida malum bo'lishicha, kataloniyaliklar klubdagi maoshlar xarajati oshirib yuborilgani uchun Gavini asosiy tarkibga kirita olmagan, shu sabab u 6-raqamda o'ynashni istasa-da, 30-raqamda to'p tepmoqda.
"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, bu masala haligacha hal etilmagan. 18 yoshli xavbekning shartnomasi hali La Ligada qayd etilmagan, shu sabab Gavi yangi maosh olmaydi va asosiy tarkib o'yinchisining raqamini ololmaydi.
Biroq futbolchi va uning agenti bunga parvo qilmayapti – ular klubga to'liq ishonadi.
Fikrlar