Gattuzo: "Milan" "Manchester Siti" emas, "Arsenal" bilan bahsda jang bo'ladi"

Aslanov Jasurbek
26 fev 2018, 14:18
"Milan" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo "Arsenal"ga qarshi bo'lib o'tadigan Yevropa ligasi 1/8 final o'yinlari haqida fikr bildirdi.

"Italiya Kubogida "Lacio"ga qarshi muhim bahs kutib turibdi, "Milan" turnir finaliga chiqishi juda muhim. Shundan so'ng "Inter" va "Arsenal" bilan bo'ladigan uchrashuvlar haqida o'ylashimiz mumkin.

"Arsenal" Angliya liga Kubogi finalida mag'lub bo'ldi, ammo biz "Manchester Siti" emasmiz. Shlemlarimizni kiyib, jangga kirishishimiz kerak" - deydi Gattuzo.

"Arsenal" va "Milan" Yevropa ligasi 1/8 final bosqichi doirasida to'qnash keladi. Birinchi o'yin 8 mart kuni Milanda, javob bahsi esa 15 mart kuni Londonda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mediaset Premium