So’nggi yangiliklar

23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  0 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  4 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  4 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  33 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  47 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  3 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  6 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3

Gari Nevill: "Messi - dunyodagi eng yaxshi o'yinchi, bunga shak-shubha bo'lmasligi lozim" Yangiliklar

Gari Nevill: "Messi - dunyodagi eng yaxshi o'yinchi, bunga shak-shubha bo'lmasligi lozim"

Football.ua va Grants kompaniyasi Manchester Yunaytedning ko'p yillik sardori, hozirda futbol mutaxassisi bo'lgan Gari Nevillning hayot aqidalarini etiboringizga havola etmoqda.

 Hech narsa qo'lga kiritilgan  sovrin kabi jamoani birlashtirmaydi, o'ziga bo'lgan ishonchini orttirmaydi.

 Liverpul va uning fanatlarini ko'rgani ko'zim yo'q.

 Biror kishi senga yoqmaydigan bo'lsa, uning qo'lini siqmay qo'ya qol.

 Yunayted hech qachon taslim bo'lmaydi va hech qachon to'xtamaydi. Alal-oqibat, u maqsadiga erishadi.

 Agar Real Manchesterga uchib kelsa, butun aeroport faqat bir kishini ko'rgani kelgan odamlarga to'la bo'ladi - MYU shahzodasi va afsonasi, Real qiroli va afsonasi - Krishtianu Ronalduni.

 Joze Mourino va Xosep Gvardiola - dunyodagi eng yaxshi murabbiylardir.

 Men Pol Skoulzni hech kimga alishmagan bo'lardim. U men birga to'p surgan futbolchilar orasida eng mohiridir.

 CHempion bo'lishni orzu qilganlarning boshlaridagi fikr organizmlaridagi boshqa joydagi azolarga qaraganda muhimroqdir.

CHo'qqiga chiqqaningda, oldingda ikki yo'l bo'ladi - yo navbatdagi balandlikni zabt etish yoki pastga qulash.

David Luis shunday o'yin ko'rsatdiki, uni PlayStationda 10 yashar bola nazorat qilib turganday ko'rindi.

 Anri formadaligida shunchalik mukammal o'yin ko'rsatadiki, uni to'xtatib qolishga urinish ham befoyda bo'ladi.

 Messi - dunyodagi eng yaxshi o'yinchi, bunga shak-shubha bo'lmasligi lozim.

 Karrikada Pol Skoulz, Andrea Pirlo va Serxio Busketsaning xislatlari bor.

 Futbolchi o'yinini 4 o'lchamga qarab baholash mumkin: taktik uquvi, jismoniy kondiciyasi, texnikasi va maydonda o'zini tutishi.

Angliya uchun o'ynash - amerikacha o'yinday gap: doimo ko'tarilish va pastlash.

So'nggi yillarda premer-ligada bir qiziq voqea kuzatilmoqda: ilgari juda qimmat va haddan ortiq qari deb atalgan futbolchilar, endilikda chempionlikni qo'lga kiritishda muhim rol o'ynashmoqda.

 Klubga yosh futbolchi sifatida kelganingda tushunasan: mana, sen zabt etishing shart bo'lgan o'sha cho'qqi.

Agar murabbiying yaxshi bo'lsa, futbolda juda ham ko'p marralarni egallashing mumkin.

 Bir yil yomon formada bo'lish - tasodif, ikki yil esa - tendenciya.

 Bolalik orzulari ko'pincha ushalmas bo'lib qoladi - faqat sen MYUni qo'llab-quvvatlamasang!

 Men bir umr Manchester Yunaytedga muxlislik qilaman.

 Pol Skoulz: alo! Alo o'yinchi, inson, do'st.

 Angliya termasidagi kareram haqida o'ylagan paytlarim ham bo'lgan: Vaqtni behuda sarflashga ne hojat!.

 Futbol globallasha boshlaganidan keyin jamoaga qo'shni ko'chada o'sgan 1-2 futbolchini olish ham o'ta muhim bo'lib qoldi.

 MYU har bir bahsda g'olib bo'lishi shart, doim shunday bo'lib kelgan.

I.MURODOV tayyorladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика