Garet Beyl Uelsda ketma-ket to'rtinchi marta yil futbolchisi bo'ldi
09 noy 2016 11:11
Yangiliklar
Garet Beyl Uelsda ketma-ket to'rtinchi marta yil futbolchisi bo'ldi
"Real" yarim himoyachisi Garet Beyl Uelsda ketma-ket to'rtinchi, oxirgi 7 yilda esa oltinchi marta yil futbolchisi deb topildi.
Bu haqda Uels futbol Federaciyasining tvitterdagi rasmiy sahifasida malum qilindi. 2016 yilda Beyl "Real" bilan ECHLni yutdi, Uels terma jamoasiga esa Evro-2016ning yarim finalga chiqishiga katta hissa qo'shdi.
"Uelsda yilning eng yaxshi futbolchisi bo'lish - faxr. Bu yil ajoyib o'tdi. Hammaga katta rahmat", - deb yozdi Beyl o'zining "Instagram" sahifasida.
"Uelsda yilning eng yaxshi futbolchisi bo'lish - faxr. Bu yil ajoyib o'tdi. Hammaga katta rahmat", - deb yozdi Beyl o'zining "Instagram" sahifasida.
Fikrlar