G'arbiy Osiyo chempionati. Erve Renar Saudiya Arabistoni termasi boshqaruvidagi debyutini omadsiz o'tkazdi
05 avg 2019 22:20
Yangiliklar
G'arbiy Osiyo chempionati. Erve Renar Saudiya Arabistoni termasi boshqaruvidagi debyutini omadsiz o'tkazdi
JCH-2022 2 saralash bosqichidagi raqibimiz Saudiya Arabistoni terma jamoasi Quvaytga qarshi to'qnash kelib, 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Bahsda hisobni saudiyaliklar yarim himoyachisi Rabi Sufyani ochgan bo'lsa, raqiblardan Husayn al-Musavi hamda Faysal Ajab gol urishdi. Qayd etish joizki, ushbu o'yin franciyalik mutaxassis Erve Renar uchun saudiyaliklar boshqaruvidagi debyut bo'ldi.
Guruhdagi ikkinchi bahsda esa Bahrayn Ismoil Abdullatifning goli evaziga Iordaniya ustidan minimal hisobda zafar quchdi.
Endi «sahro burgutlari» keyingi bahsni 7 avgust kuni bahraynliklarga qarshi o'tkazadi. Quvayt esa Iordaniya bilan o'ynaydi.
Malumot o'rnida, ayni daqiqalarda «A» guruhidan o'rin olgan Suriya – Yaman uchrashuvi bo'lib o'tmoqda.
Fikrlar