"Galatasaroy" to'purari "Bavariya"ga qarshi o'ynashi so'roq ostida
24 okt 2023 11:31
Yangiliklar
"Galatasaroy" hujumchisi Mauro Ikardi ECHL 3-turi doirasidagi "Bavariya"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda "Fanatik" nashri xabar berdi.
Argentinalik futbolchi to'pig'idan jarohat oldi. Futbolchining Myunxen klubiga qarshi bahsda maydonga tushmasligi ehtimoli yuqori. Maydonga faqat ukoldan keyingina tushish mumkin xolos.
Ikardi "Galatasaroy"dagi ketma-ket ikkinchi mavsumida to'purar bo'lib turibdi. 30 yoshli hujumchi ushbu mavsum barcha musobaqalarda 15 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Galatasaroy" – "Bavariya" uchrashuvi bugun 21:45 da start oladi.
Fikrlar