“Galatasaroy” futbolchilari konda halok bo'lganlarga hurmat ko'rsatishdi (FOTO)
18 may 2014 09:00
Yangiliklar
“Galatasaroy” futbolchilari konda halok bo'lganlarga hurmat ko'rsatishdi (FOTO)
Istanbulning “Galatasaroy” klubi Turkiya chempionatining so'nggi 34-turini o'z maydonida “Qaysari Erjiespor” jamoasiga qarshi o'tkazdi.
“Turk Telekom Arena”da bo'lib o'tgan uchrashuvda mezbonlar Burak Yilmaz va Bulutning ikki aniq zarbasi evaziga 2:1 hisobida zafar quchishdi.
Yagona javob to'pini 81-daqiqada Mangan kiritdi. SHu tariqa, “Galatasaroy” mavsumni 65 ochko bilan 2-o'rinda yakunladi va kelasi mavsum CHempionlar Ligasida ishtirok etadi.
Etiborlisi, “Galatasaroy” futbolchilari yaqinda Manisa provinciyasining Soma shahridagi ko'mir konida yuz bergan portlash sabab halok bo'lgan 381 nafar konchining oila azolariga hurmat yuzasidan, maydonga boshlariga konchilarning maxsus kaskasini kiyib chiqishdi.

Fikrlar