Gakpo MYUga o'tmoqchi
26 dek 2022 18:16
Yangiliklar


Gakpo MYUga o'tmoqchi
Klub PSV vingeri uchun 55-60 million evro sarflash borasida hali bir qarorga kelmadi.
Kodi Gakpo PSVdan "Manchester Yunayted"ga o'tishga tayyor.
Jurnalist Fabricio Romano yozishicha, 23 yoshli futbolchining "Manchester Yunayted"ga o'tish istagi hali so'nmagan. u o'tgan yozdagidek Erik ten Hag jamoasiga o'tmoqchi. "Manchester Yunayted" va futbolchining agentlari o'rtasidagi muzokaralar doim yaxshi o'tgan.
Endi vaziyat MYUga bog'liq. Klub niderlandiyalik vingerning transferi uchun 55-60 million evro sarmoya kiritadimi yoki yo'qmi, hal qilishi kerak.
Gakpo joriy mavsum PSV safida 24 ta o'yinda 13 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning hisobida JCH-2022da 5 ta o'yin va 3 ta gol bor.
O’xshash yangiliklar
04:01
Pep Gvardiola "Tottenxem"ga qarshi o'yindan keyin Husanov haqida juda iliq fikrlar bildirdi 26

Fikrlar