Futzal. O'zbekiston termasi Iroqqa qarshi 2 ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
09 sen 2022 10:00
Yangiliklar


Futzal. O'zbekiston termasi Iroqqa qarshi 2 ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
Quvaytda bo'lib o'tadigan Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi 12-22 sentyabr kunlari navbatdagi o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazadi.
Yig'in davomida Bahodir Ahmedov murabbiyligi ostidagi terma jamoamiz Iroq vakillariga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazish reja qilingan.
13 sentyabr
O'zbekiston — Iroq
14 sentyabr
O'zbekiston — Iroq
Uchrashuvlar “Yunusobod” yopiq sport majmuasida soat 18:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar