So’nggi yangiliklar

00:50U-20 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Баҳрайнни ўта йирик ҳисобда таслим қилди  0 00:42Отабек Нарзуллаев: "Бугун айниқса ҳимояда кўп хато қилдик"  2 00:25Вадим Абрамов : "Ғалабадан хурсандман, лекин бундай ўйнаш керак эмас"  2 23:31"Милан" "Брюгге"дан салкам 40 млнлик трансферни амалга оширди  0 23:25Сергей Лушчан: "Тенг кучли жамоалар кураши гувоҳи бўлдик"  2 23:15Расман: Томас Мюллер Канада клуби сафига бориб қўшилди  0 22:50Иван Бошкович: "Асосийси жамоамизда ўйин бор"  1 22:25"Бавария" Emirates билан 7 йиллик шартнома имзолади  0 22:00Суперлига. Дарвозаларга 6 та гол урилган оқшомда "Динамо" камбэк эвазига "Машъал"дан устун келди   29 21:30"Челси" ўз ярим ҳимоячисини таҳминан 30 млн фунтга сотди  0 21:10Суперлига. "Навбаҳор" ўз уйида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  42 20:49Нуньес "Ал Ҳилол" билан 2028 йилгача шартнома имзолайди. Трансфер суммаси ҳам маълум  3 20:25"Ўзимизнинг "тобуткаш" Кападзега имконият бериш керак" - Миржалол Қосимов МТЖга хорижлик мураббий олиб келиниши ҳақида  33 19:38ПСЖ Сафоновга у асосий дарвозабон бўлмаслигини маълум қилди  3 18:51Исак "Ньюкасл" машғулотларидан четлатилди. Нега?  4

Futzal. O'zbekiston terma jamoasi o'rtoqlik o'yinida Qirg'iz Respublikasini mag'lub qildi Yangiliklar

Futzal. O'zbekiston terma jamoasi o'rtoqlik o'yinida Qirg'iz Respublikasini mag'lub qildi

Mazkur sahifada O'zbekiston futzal terma jamoasi ishtirokidagi xalqaro o'rtoqlik o'yini matnli tarzda onlayn translyaciya qilindi.

SAHIFANI YANGILASH

O'zbekiston 4:2 Qirg'iz Respublikasi

Gol: 
Davron CHoriev (14, 31), Anasxon Rahmatov (21), Abbos Elmurodov (33) — Maksat Alimov (18), Abdujalil Ulu Aidarbek (40)

O'zbekiston: 1. Rustam Umarov, 4. Ixtiyor Ropiev, 6. Ilhom Hamroev, 8. Husniddin Nishonov, 10. Davron CHoriev

Zaxira: 16. Abbos Elmurodov, 2. Anasxon Rahmatov, 3. Mashrab Odilov, 5. Muzaffar Ahadjonov, 7. Daler Eshonqulov, 9. Elbek To'lqinov, 11. Akbar Usmonov, 13. Aslbek Isroilov, 14. Xayrulla Salihov

Qirg'iz Respublikasi: 2. Akmataliev Bekbolot, 4. Salamat Mambetaliev, 6. Abdilaev Nursultan, 9. Maksat Alimov, 17. Abdujalil Ulu Aidarbek

Zaxira: 1. Ulug'bek Abdilaev, 3. Azat Isabekov, 7. Mahmadaminov SHohruh, 8. Askarbekov Muhamed, 10. Holdubaev Marlen, 11. Dolotkeldiev Azamat, 12. Daniyar Ulu Abdurahim, 13. Kubaychov Kayrat, 14. Abdurasul Uluu Manas, 15. Isabekov Azamat

Ogohlantirish: I.Hamroev 34

Uchrashuv yakunlandi. Barchani g'alaba bilan tabriklaymiz!

40. Gol! Abdujalil Ulu Aidarbek jamoadoshi etkazib bergan to'pni bo'sh qolgan darvozaga kirgizib qo'ydi (4:2).

39. Uchrashuv oxirida Bahodir Ahmedov bugun o'ynamagan futzalchilardan Xayrulla Salixov, Daler Eshonqulov va Aslbek Isroilovni maydonga chiqardi.

38. Kubaychov Kayrat darvozabon turgan nuqtani nishonga oldi.

37. Anasxon Rahmatovning maydon markazidan bergan kuchli zarbasini Akmataliev bartaraf qildi.

34. Abdurasul Uluu Manas barchani aldadi, ammo zarba berishda adashdi.

33. Goooooool! Darvozabonimiz hisobni yiriklashtirdi. Abbos Elmurodovning maydon markazidan o'tib, yo'llagan zarbasi raqiblarni ranjitdi.

31. Gooool! Davron CHoriev to'pni raqib darvozasiga "mixlab" qo'ydi.
30. Ixtiyor Ropievga maydon tashqarisida tibbiy yordam ko'rsatilmoqda... Futzalchi o'rnidan turdi, hammasi joyida.

28. Darvoqe, 2-bo'limda Rustam Umarovning o'rnini Abbos Elmurodov egallagandi. Ayni daqiqada darvozabon ijrosida seyv ko'rdik.

26. Bir necha soniya ichida Ixtiyor Ropiev ijrosida 2 ta zarba ko'rdik. Yana raqib posboni ishonchlik harakat qildi. 

23. Burchakdan oshirilgan to'pni Ixtiyor Ropiev darvozaga yo'llagan edi. Akmatalievning mahorati qirg'izlarni goldan qutqarib qoldi.

Gooooool!!! Taymni gol bilan boshladik. Anasxon Rahmatovning kuchli zarbasi bilan to'pni darvozaga joylab qo'ydi.

21. 2-bo'limga start berildi. To'pni o'yinga Qirg'iz Respublikasi sharafini himoya qilayotgan futzalchilar kiritib berishdi.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!

20. Taymdagi so'nggi hujumimizni tashkil qilishimiz mumkin edi. Biroq, Husniddin Nishonovning aldamchi harakatlari o'xshamadi.

18. Gol! Qirg'izlar sardori Maksat Alimov hisobdagi muvozanatni tikladi. To'p Rustam Umarovning oyoqlari orasidan o'tib, to'rga borib tushdi.

17. Anasxon Rahmatovning kuchli zarbasini Akmataliev qaytarib yubordi.

16. Uxx! Rustam Umarov bilan yuzma-yuz vaziyatga chiqqan Abdujalil Ulu Aidarbek to'pni burchakka qarab tepdi.

14. Goooool!!! Ilhom Hamroevning yon chiziqdan oshirgan to'pini Davron CHoriev darvozaga joylab qo'ydi.

12. "XUAXIN-Jizzax" klubida to'p tepadigan Elbek To'lqinovning kuchli zarbasini raqib posboni bartaraf qildi.

10. Akbar Usmonovdan yana bir kuchli zarba. Ammo to'p darvozaga qadar etib bormadi. Zarba yo'nalishini navbatdagi bor S. Mambetaliev "blokladi".

9. Ixtiyor Ropievning zarbasiga Salamat Mambetaliev to'g'onoq bo'ldi.

8. Darvozabon havodan uzatgan to'pni raqib jamoa sardori Maksat Alimov to'xtata olmadi.

5. Burchak zarbasini amalga oshirayotgan Mashrab Odilov to'pni to'g'ri darvoza yo'lladi. To'p to'singa tegib qaytdi. 

4. Qirg'iz futzalchilarining qatorasiga 2 hujumi xavfli ko'rinish olgandi, lekin zarbaga qadar etib bormadi.

3. Akbar Usmonov va Elbek To'lqinov ishtirokidagi kombinaciya zarbaga qadar etib bormadi.

2. Davron CHorievning chap qanotdan yo'llagan kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi.

1. Uchrashuv start oldi! To'pni hamyurtlarimiz o'yinga kiritib berishdi.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика