Futzal. JCHga yo'llanma beradigan Osiyo chempionati saralashiga qura tashlandi
25 iyu 2019 14:44
Yangiliklar


Futzal. JCHga yo'llanma beradigan Osiyo chempionati saralashiga qura tashlandi
Biroz avval OFKning Kuala-Lumpurdagi shtab kvartirasida Osiyo chempionati saralash bellashuvlariga qura tashlandi.
Unga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi Markaziy & Janubiy zonaning "A" guruhida kurash olib boradi. Asosiy o'yinlarga chiqish uchun Bahodir Ahmedov shogirdlari Tojikiston, Nepal va Afg'oniston terma jamoalari bilan bellashishadi.
Futzal bo'yicha Osiyo chempionati-2020 saralash bahslari
Markaziy & Janubiy zona
"A" guruhi
O'zbekiston
Tojikiston
Nepal
Afg'oniston
"B" guruhi
Eron
Qirg'iziston
Turkmaniston
Saralash o'yinlari qaysi davlatlarda o'tishini rasman elon qilinganicha yo'q. Ammo, olgan malumotlarimizga ko'ra biz ishtirok etadigan Markaziy & Janubiy zonadagi saralash o'yinlariga Eron mezbonlik qilishi kutilmoqda.
Ushbu Osiyo chempionati Jahon chempionati-2020ga yo'llanma ham beradi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi oxirgi uchta Osiyo chempionatida sovrindor bo'lib kelmoqda (2014 yil Vetnamda bronza, 2016 yil Toshkentda kumush va 2018 yil Xitoy Taypeyida bronza).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar