So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Futzal. Mundiallar tarixi. JCH-2000. "Yangi qirol" Yangiliklar

Futzal. Mundiallar tarixi. JCH-2000. "Yangi qirol"

SHu yilning 10 sentyabridan 1 oktyabriga qadar Kolumbiyada futzal bo'yicha sakkizinchi Jahon chempionati bo'lib o'tadi.

Unda tarixda birinchi marotaba O'zbekiston terma jamoasi ham qatnashadi. Bugundan boshlab shu kunga qadar o'tkazilgan barcha mundiallar haqida malumotlarni etiboringizga havola etishda davom etamiz.

JCH-2000

Mini futbol bo'yicha to'rtinchi Jahon chempionati 2000 yili Gvatemalada o'tkazildi. 18 noyabrdan 3 dekabrga qadar davom etgan mundial tarixda o'ziga hos burilish yasadi. Sababi, muxlislar yangi chempionni ko'rishga muvaffaq bo'ldilar. Braziliyaning gegemonligiga Ispaniya chek qo'ya oldi. "Qizil furiya" 4 yil oldin finalda uchralgan mag'lubiyat uchun finalda o'ch olishdi va tarixiy natijani qayd etishdi. Rossiya bu safar bronza uchun o'yinda imkoniyatni boy berdi, Portugaliya ruslarni 4:2 hisobida mag'lub etdi. Ushbu musobaqani umumiy hisobda 94179 nafar muxlis bevosita arenalardan kuzatib bordi.

Ushbu mundialda ham 4 yil avvalgisida bo'lgani kabi braziliyalik Manoel Tobias eng yaxshi to'purarlikni ham, eng yaxshi o'yinchi nomini ham o'ziniki qiladi. SHuningdek, bugungi kundagi futzal yulduzi Falkao ham aynan Gvatemalada Jahon chempionatlaridagi debyutini nishonlagan.



JCH-2000, Final
03.12.2000, "Domo Polideportivo" sport saroyi
Bosh hakam: Novak Ivan (Xorvatiya)
Muxlislar: 7568

Ispaniya - Braziliya 4:3
Gollar:
Daniel 2 (pen.), Xavi Sanches 20, Xavi Rodriges 36, 39 - Anderson 18, Manuel Tobias 30, Vander Karioka 35

Ispaniya: Jesus, Julio, Santi, Adeva, Orol, Xavi Sanches, Xavi Rodriges, Paulo Roberto, Riker, Daniel.

Braziliya: Lavozier, Anderson, Andre, Manoel Tobias, Finino, SHumaxer, Indio, Lenisio, Falkao, Vander Karioka.

Ogohlantirishlar: Santi 16, Orol 26 - Lenisio 2, Anderson 18, Indio 28



Futzal bo'yicha Jahon chempionati-2000
O'tkazilgan joyi:
Gvatemala
O'tkazilgan shaharlar: 1 (Gvatemala siti)
O'tkazilgan sanasi: 18 noyabr - 3 dekabr, 2000 yil
Ishtirokchilar: 16 (6 qitadan)
Muxlislar tashrifi: 94179 (har o'yinga 2354)
Urilgan gollar: 302 (har o'yinga 7.55ta gol)
To'purar: Manoel Tobias (Braziliya, 19ta gol)
Eng yaxshi o'yinchi: Manoel Tobias (Braziliya)
"Fair-Play" sovrini: Braziliya

Sovrindorlar
CHempion
- Ispaniya
Ikkinchi o'rin - Braziliya
Uchinchi o'rin - Portugaliya
To'rtinchi o'rin - Rossiya


Tolibjon Qosimov

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика