So’nggi yangiliklar

16:02Салиба жароҳати сабаб Миллатлар Лигаси финал босқичини ўтказиб юборади  2 15:35"Барселона" "Вест Хэм" ва Бундеслигада ишлаган топ-менежер билан музокаралар ўтказмоқда  0 15:08УEФА Евро-2028 мезбонларига гуруҳ босқичидан жой кафолатламайди  1 14:40Роналдиньо ўзини Месси ва Ямаль билан қиёслади  24 14:14Сергей Чигодаев: "CAFA U-17 – ўсмирлар ўртасидаги Осиё Кубогининг мини-версияси. Мақсадимиз – шу ёшдаги энг яхши футболчиларни саралаб олиш"  3 13:41Карвахаль Трент билан рақобат ҳақида гапирди  1 13:13Ямалнинг иш ҳақи оширилади. У "Барса"да энг кўп маош оладиган футболчилар учлигига киради  4 12:46"Олтин тўп"га даъвогарларнинг янгиланган рейтинги эълон қилинди. Ким фаворит?  16 12:15Гвардиола Де Брюйненинг хайрлашув ўйини ҳақида: "Кевин сотиб олиб бўлмайдиган чексиз муҳаббатга эришди"  2 11:48"Ал Иттиҳод"нинг асосий трансфер мақсади аниқ: Клуб АПЛ юлдузи учун 120 млн евро тўламоқчи  0 11:20Гарначо: "Финалгача ҳар босқичда майдонга тушдим, жамоага ёрдам бердим ва бу ўйинда 20 дақиқа ўйнадим..."  12 10:58Варди фаолиятини АПЛнинг бошқа жамоасида давом эттириши мумкин  1 10:31МЮ барча даврларнинг антирекордини такрорлади  12 10:05Сон Хён Мин илк совринини қўлга киритганидан сўнг йиғлаб юборди  9 09:37Расман: “Барселона“ Флик билан шартномани узайтирди  3

Futzal. Mundiallar tarixi. JCH-1996. "Engilmas qurol" Yangiliklar

Futzal. Mundiallar tarixi. JCH-1996. "Engilmas qurol"

SHu yilning 10 sentyabridan 1 oktyabriga qadar Kolumbiyada futzal bo'yicha sakkizinchi Jahon chempionati bo'lib o'tadi.

Unda tarixda birinchi marotaba O'zbekiston terma jamoasi ham qatnashadi. Bugundan boshlab shu kunga qadar o'tkazilgan barcha mundiallar haqida malumotlarni etiboringizga havola etishda davom etamiz.

JCH-1996

Mini futbol bo'yicha uchinchi Jahon chempionati 1996 yil Ispaniyada o'tkazilgan. Unda 6 qitadan 16 jamoa ishtirok etgan. G'oliblik esa uchinchi bor Braziliyaga nasib etgan. CHarm to'p sehrgarlari bu safar ham raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirishmagan. Finalga brazillardan engilgan mezbonlar ikkinchi, Rossiya uchinchi, Ukraina terma jamoasi esa to'rtinchi o'rinni band etadi.

Estako Arauxo boshchiligidagi Braziliya kubokni munosib himoya qila oldi. Individual ko'rkamlik va o'z ishidan ilhomlanish Braziliyani yana bir bor engilmas qurolga aylantirdi.Bu g'alabalarda ajoyib to'rtlik - Serjino, Manoel, Finino va Vanderning xissasi katta. Birinchi bosqichda Belgiya, Kuba va Eron terma jamoalariga hech qanday imkoniyat qoldirilmadi. Uch uchrashuvda 31ta gol urib, o'z darvozalaridan bor yo'g'i 5ta to'p olib chiqishdi. Ikkinchi bosqichda esa Urugvay va Gollandiya taslim etildi. Yarim finalda Rossiya 6:2 hisobida, finalda esa Ispaniya 6:4 hisobida mag'lubiyatga uchratildi. Hal qiluvchi o'yinda brazillar 15500 muxlis qarshisida mezbonlarni engishdi, "Qizil furiya" o'z uyida muxlislari ishonchini oqlay olmadi.
Ushbu mundialning etiborga molik yana bir jihati unda Rossiya va Ukraina terma jamoalari uchinchi o'rin uchun o'zaro kurash olib borishdi. Unda ruslarning qo'llari baland keldi - 3:2.



JCH-1996, Final
08.12.1996, "Palau Sant Jordi" sport saroyi
Bosh hakam: Gautier Perri (Belgiya)
Muxlislar: 15500

Braziliya - Ispaniya 6:4
Gollar
: Danilo 8, 23, CHoko 16, Marsio 18, Vander 37, Manoel Tobias 39 - Pato 16, Serjino 21 (avt.), Visentin 26, 39

Braziliya: Serjino, Marsio, Vagino, Manoel Tobias, Finino, Sandrino, Danilo, CHoko, Vander.

Ispaniya: Jesus, Julio, Santi, Fran, Visentin, Pato, Lorente, J.Sanches, J.Rodriges.

Ogohlantirish: Visentin 33



Futzal bo'yicha Jahon chempionati-1996
O'tkazilgan joyi
: Ispaniya
O'tkazilgan shaharlar: 4 (Mursiya, Segovia, Kastellon de la Plana, Barselona)
O'tkazilgan sanasi: 24 noyabr - 8 dekabr, 1996 yil
Ishtirokchilar: 16 (6 qitadan)
Muxlislar tashrifi: 66900 (har o'yinga 1673)
Urilgan gollar: 290 (har o'yinga 7.25ta gol)
To'purar: Manoel Tobias (Braziliya, 14ta gol)
Eng yaxshi o'yinchi: Manoel Tobias (Braziliya)
"Fair-Play" sovrini: Braziliya

Sovrindorlar
CHempion
- Braziliya
Ikkinchi o'rin - Ispaniya
Uchinchi o'rin - Rossiya
To'rtinchi o'rin - Ukraina


Futzal. Mundiallar tarixi. JCH-1989

Futzal. Mundiallar tarixi. JCH-1992


Tolibjon Qosimov

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика