So’nggi yangiliklar

01:53Суперлига. "Насаф" - ОКМК 2:1  0 01:48Мактомини ва Лукаку "Наполи"ни чемпионга айлантирди!  20 01:29Озарбайжон. "Сумқайит" мавсумни йирик ғалаба билан якунлади, Абдихолиқовдан ассист  0 01:16"Бавария" "Брайтон" ва "Милан" юлдузларига кўз тиккан  0 00:43"Sky Sports" АПЛда мавсумнинг энг яхшиларини аниқлади  4 00:21Миржалол Қосимов: "Ютсак ҳаммамиз зўрмиз, ютқазсак барчамиз айбдормиз"  2 23:52Максим Шацких: "Суперкубок финалига яхши кайфиятда борадиган бўлдик. Танаффусда ўйинни ўзгартириб юборишга келишиб олдик, акс ҳолда "Ультрас" бизни кечирмас эди"  4 23:32Рўзиқул Бердиев: "Шуҳрат Муҳаммадиев 36 ёшида ёш футболчилардан ҳам тез югуради"  0 22:39Февзи Давлетов: "Дуранг бўлиши мумкин эди, аммо мағлубият эмас"  3 22:26Суперлига. "Андижон" - "Сурхон" 2:1. Мезбонлардан супер голлар!  2 22:15Месси ва "Интер Майами" музокараларни давом эттирмоқда  1 21:59Суперлига. "Насаф" тур марказий баҳсида ОКМКни ютиб, жадвалдаги етакчиликни тортиб олди  92 21:23Аморим жамоага тезкор футболчиларни олиб келмоқчи  1 20:54Суперлига. "Андижон" "Бобур Арена"да "Сурхон"ни енгиб ғалабасиз сериясига барҳам берди  53 20:19"Реал" Модричга ўринбосар топди  3

Futzal. JCH-2016. O'zbekiston terma jamoasi Portugaliyadan engildi va mundialni tark etdi Yangiliklar

Futzal. JCH-2016. O'zbekiston terma jamoasi Portugaliyadan engildi va mundialni tark etdi

Futzal bo'yicha Jahon chempionatining uchinchi tur bellashuvlari davom etmoqda.

O'zbekiston terma jamoasi Portugaliyaga qarshi kurash olib bordi. Afsuski, vakillarimiz yirik hisobda mag'lub bo'lishdi va 1 ochko bilan mundialni tark etishdi.


JCH-2016
17.09.2016, 3-tur
Medelin, "Kolizeo Ivan de Bedut"
Portugaliya - O'zbekiston 5:1

Gollar: Rikardino 10, 14, 22, Andre 26, Jo 35 - Rikardino 11 (avt.)

Portugaliya (birinchi beshlik): Bebe, Fabio Sesilio, Pedro Kari, Joao Matos, Rikardino.
Zaxira: Andre, Bruno Koelo, Migel Kastro, Jo, Re, Vitor Xyugo, Tiago Brito, Krishtianu, Kardinal.

O'zbekiston (birinchi beshlik): Rustam Umarov, Dilshod Rahmatov, Farhod Abdumavlonov, Artur Yunusov, Konstantin Sviridov.
Zaxira: Akmal Xazratqulov, Dilshod Irsaliev, Nodir Eliboev, SHuhrat Tojiboev, Davron CHoriev, Mashrab Odilov, Ilhom Xamroev, Javlon Anorov, Feruz Faxriddinov.

Ogohlantirishlar: N.Eliboev 20, M.Odilov 32



MATNLI TRANSLYACIYA

Uchrashuv yakunlandi. O'zbekiston terma jamoasi mundialni 1 ochko bilan tark etdi.

40. Tiago Brito jarohat olib yotibdi.

39. Xazratqulovdan yana bir chiroyli seyv.

37. Vakillarimiz beshinchi folni ishlatishdi, buyog'iga har bir qoida buzilishi biz uchun dabl penalti degani.

35. Gol, Jo hisobni yanada yiriklashtirdi. Ungacha esa Rikardino Anorovni ustidan to'pni oshirib aldab o'tib ketdi.

33. Akmal Xazratqulov Rustam Umarovning o'rniga maydonga tushdi va darhol bitta seyv ijro etdi.

33. Irsalievning zarbasini Bebe qaytardi.

32. Rikardinoni yiqitgani uchun Mashrab Odilov ogohlantirildi.

30. Zarbaaa, Rahmatov aldamchi harakatlar bilan kirib borib zarba berdi, Bebe o'z o'rnida.

30. Ilhom Xamroev ham maydonga tushirildi.

28. Zarbaaa, Feruz Faxriddinov juda qulay vaziyatda noaniq zarba berdi.

26. Gol, bu safar Andre darvozamizga gol urdi, 4:1.

25. Terma jamoamiz tarkibida mundialda birinchi bor Mashrab Odilov maydonga tushdi.

24. Zarbaaa, Eliboev darvozabon bilan yuzma-yuz vaziyatda biroz noaniq zarba berdi. To'p ko'proq aylanib ketdi

23. Anorovning zarbasini darvozabon qaytardi.

22. Gol, yana o'sha Rikardino jamoamiz darvozasini aniq nishonga oldi. Portugaliya bu safar ham standart vaziyatdan unumli foydalandi.

21. Rikardinoning uzoqdan yo'llagan zarbasini Umarov qaytardi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi, hozircha hisob 2:1, Portugaliya foydasiga.

20. Zarbaaa, Umarov yana bir bor jamoamizni goldan qutqarmoqda.

20. Eliboev Rikardinoni turtib yubordi deb hisoblagan hakam Nodirga sariq kartochka ko'rsatdi.

20. Sviridovning zarbasi himoyachiga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

18. Zarbaaa, Rahmatovning urinishini Bebe qaytardi.

17. Xorxe Braz taym-aut oldi.

16. Vakillarimiz o'yinda bosimni oshirishmoqda.

14. Gol, Rikardino darvozamizga ikkinchi to'pni kiritmoqda.

14. Zarbaaa, Sviridov raqib xatosidan keyin darvozaga zarba berdi, to'pni Rikardino qaytardi.

13. Zarba, Sesilioning zarbasini Umarov qaytardi.

11. Gooooooooolllllllll, SHuhrat TOjiboevning burchak zarbasidan keyin to'p Rikardinoga tegib darvozadan joy oldi, 1:1. Yashavor Rikardino, bugun o'z darvozangga qancha gol ursang ham rozimiz.

10. Umarov navbatdagi bor jamoamizni goldan qutqarib qoldi.

10. Gol, Rikardino standart vaziyatdan keyin o'yinda hisobni ochdi.

9. Portugallarning uzoqdan yo'llagan navbatdagi zarbasi noaniq.

7. Zarbaaa, Umarovdan super seyv. Rustam pastlab berilgan kuchli va aniq zarbani oyog'i bilan qaytarib qoldi.

6. Uhhh, Rahmatovning xatosidan keyin Andre birga-bir chiqdi va noaniq zarba berdi.

5. CHoriev kutilmaganda to'pni raqibga tashlab berdi, Britoning zarbasi esa ancha noaniq.

4. Portugaliya futzalchilarida ham texnik xatolar ko'zga tashlanmoqda.

3. Portugaliya ham asta-sekin hujumga o'tishni boshladi.

2. Fabio Yunusovni qarshi hujumga o'tib ketayotganda yiqitdi.

2. O'yindagi dastlabki zarbani Farhod Abdumavlonov berdi, noaniq.

Uchrashuv boshlandi, olg'a O'ZBEKISTON!

Jamoalar sardorlari Artur Yunusov hamda Rikardinolar qura tashlash marosimida ishtirok etishdi.

Bugun O'zbekiston terma jamoasi oq rangli, Portugaliya esa qizg'ish rangli libosda harakat qiladi.

Endi esa O'ZBEKISTON davlat madhiyasi yangramoqda.

Dastlab Portugaliya davlat madhiyasi yangramoqda.

Jamoalar maydonga tushib kelishmoqda.


Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика