So’nggi yangiliklar

04:28Футзал. ЖЧ-2004. Турнир остонасида қоқилган Ўзбекистон ҳамда бразилиялик футболчилар билан финалга қадар етиб борган Европа мамлакати ҳақида ҳикоя қиламиз  0 01:36Сергей Лушчан: "12 кунлик йиғин давомида футболчилар қулдек меҳнат қилишди. Бундай футболчилар билан ишлаш шунчаки ажойиб"  6 00:39Иван Бошкович: "120 дақиқа курашиш икки жамоа учун ҳам осон бўлмади. Ушбу таркибга ишонганим сабаб кўп трансферларга қўл урмадик"  3 00:32Сардор Рашидов жиддий жароҳат сабаб бир неча ойга сафдан чиқди  12 00:04Александр Хомяков: "Ҳар қандай жамоа кутилмаган сюрприз тайёрлаб қўйиши мумкин"  4 23:54"Ланс" назорат ўйинида "Версал"ни мағлуб қилди. Абдуқодир Ҳусанов бир тайм ўйнади  0 23:40Ўзбекистон Кубоги 1/4 финал. "Сўғдиёна" - "Навбаҳор" 2:3, Сайфиев сўнги дақиқада майдондан четлатилди  3 23:32Жамшид Саидов кубокдаги йирик мағлубиятдан сўнг: "Асосий мақсадимиз чемпионат ўйинларига қаратилган"  7 23:15Тимур Кападзе Париждаги ташкилотчилик ҳақидаги гаплари нотўғри талқин қилинаётганини айтди  23 22:50Ўзбекистон Кубоги. Жиззахдаги йил ўйинида "Навбаҳор" "Сўғдиёна"ни ютди ва ярим финалга чиқди  102 22:20Ўзбекистон кубоги. "Қизилқум" – "Андижон" 0:3. Highlights  1 22:00"Андижон" "Қизилқум" устидан йирик ғалаба қозониб, Ўзбекистон кубоги ярим финалига йўл олди!  24 21:35Ўзбекистонлик футболчи ўртоқлик ўйинида "Атлетико Мадрид" дарвозасига гол урди  7 21:10"Ал Насср" "Манчестер Юнайтед" вингерини сотиб олишни жиддий мақсад қилди  2 20:47УЕФА Родри ва Моратани жазолади!  1

Futzal. JCH-2004. Turnir ostonasida qoqilgan O'zbekiston hamda braziliyalik futbolchilar bilan finalga qadar etib borgan Evropa mamlakati haqida hikoya qilamiz Yangiliklar

Futzal. JCH-2004. Turnir ostonasida qoqilgan O'zbekiston hamda braziliyalik futbolchilar bilan finalga qadar etib borgan Evropa mamlakati haqida hikoya qilamiz

Futzal bo'yicha mundial tarixi haqidagi malumotlar bilan tanishtirib boramiz.

Futzal bo'yicha beshinchi FIFA tasnifidagi jahon chempionatiga 2004 yilning 21 noyabr – 5 dekabr kunlari Xitoy Taypeyi mezbonlik qildi. Mezbonlik uchun Germaniya, Paragvay, Eron va yana bir qancha mamlakatlar kurash olib bordi, biroq yakunda Janubiy-SHarqiy Osiyo mamlakati tanlandi.

Turnirda 6 konfederaciyadan 16 mamlakat ishtirok etdi. SHu jumladan, Osiyo futbol konfederaciyasidan qita chempionatida dastlabki uch o'rinni egallagan Eron, Yaponiya va Tailand ishtirok etdi. Alamlisi, so'nggi yo'llanma uchun kurashda Tailand O'zbekistonni mag'lub etib, Osiyo chempionatida uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi.

Falkao etakchiligidagi Braziliya 2000 yil Gvatemala finalidagi mag'lubiyat uchun Ispaniyadan o'ch olish uchun Xitoy Taypeyiga tashrif buyurishadi. Guruh bosqichini osongina yakunlagan brazillar kubokni qaytarib olishga tayyor ekanliklarini namoyish etgandek bo'lishdi. Ammo "futbol sehrgarlari"ni yarim finalda yana o'sha "qizil furiya" to'xtatib qoladi. Uchrashuvning asosiy vaqti 2:2 hisobida yakunlanadi. Penaltilar seriyasida esa omad ispanlarga kulib boqdi. Braziliya uchinchi o'rin uchun bahsda qitadoshi Argentinaga hech qanday imkon qoldirmadi - 7:4.

Ispaniya birinchi bosqichda Ukraina, Xitoy Taypeyi va Misr terma jamoalari darvozasiga 19ta to'p kiritib, o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoladi. Ikkinchi bosqichda esa CHexiya, Italiya va Portugaliya mag'lub etildi. Yarim finaldagi o'yinga esa yuqorida to'xtaldik. Xaver Lozano shogirdlari hal qiluvchi bellashuvda Evropaning amaldagi chempioni bo'lgan Italiya terma jamoasi bilan to'qnash keldi. Qizig'i, Evropa chempionati yarim finalidagi scenariyning aksi bo'ldi. Yani, Evroda Italiya ispanlarni 2:1 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, mundial finalida ispanlar xuddi shu hisobda ustun keldi. SHu tariqa, Ispaniya terma jamoasi qatorasiga ikkinchi marotaba jahon chempionati degan nomga sazovor bo'ldi.

Ispaniyaning tez rivojlanishiga yana bir sabab mamlakat ligasining boyishi bo'ldi. Dunyodagi eng katta bozorga ega bo'lgan Ispaniya ligasi butun dunyodan yaxshi maosh istagidagi iqtidorli o'yinchilarni o'ziga jalb qildi. Legionerlar tomonidan ko'tarilgan liga saviyasi ispaniyalik futbolchilarning rivojlanishiga tabiiy hissa qo'shdi.

"Agar jamoadagi har bir futbolchining individual mahoratiga etibor bersangiz, Ispaniya eng zo'ri emas, ammo ularni jamoaviy jihatdan birlashtirtirsak, bizga teng keladigani yo'q", deya fikr bildirdi Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xaver Lozano.   

Janubiy-SHarqiy Osiyo mamlakatiga tashrif buyurgan Italiya tarkibidagi 14 nafar futbolchidan 12 tasining kelib chiqishi braziliyalik ekanligini inobatga olsak, geografik jihatdan etik shakliga o'xshash mamlakatning kumush medalni qo'lga kiritishi hayratlanarli emasdi.

Braziliyalik Falkao beshinchi mundialning yorqin yulduziga aylanadi. Musobaqa davomida raqiblar darvozasiga 13 ta to'p kiritgan Falkao "Oltin butsa" bilan birga "Oltin to'p"ga ham ega chiqdi.

1-bosqich

"A" guruhi

21.11.2004
Xitoy Taypeyi — Misr 0:12 (0:6)
Ispaniya-Ukraina 2-0 (2-0)
23.11.2004
Xitoy Taypeyi — Ispaniya 0-10 (0-3)
Misr-Ukraina 4-5 (2-0)
25.11.2004
Ukraina-Xitoy Taypeyi 7-2 (5-1)
Misr-Ispaniya 0-7 (0-5)

JamoaO'yinG'alabaDurangMag'lubiyatTo'plar nisbatiOchko
Ispaniya330019-09
Ukraina320112-86
Misr310216-123
Xitoy Taypeyi30032-290


"B" guruhi 

22.11.2004
Avstraliya — Braziliya 0-10 (0-4)
CHexiya - Tailand 2-1 (1-0)

24.11.2004
Avstraliya-CHexiya 0-5 (0-1)
Braziliya — Tailand 9-1 (2-0)

26.11.2004
Tailand — Avstraliya 2-1 (0-0)
Braziliya — CHexiya 4-1 (2-1)

JamoaO'yinG'alabaDurangMag'lubiyatTo'plar nisbatiOchko
Braziliya330023-29
CHexiya32018-56
Tailand31025-133
Avstraliya30032-180


"C" guruhi

21.11.2004
Italiya-AQSH 6-3 (2-1)
Yaponiya — Paragvay 4-5 (3-2)

23.11.2004
Italiya — Yaponiya 5-0 (2-0)
AQSH — Paragvay 3-1 (1-0)

25.11.2004
Paragvay — Italiya 2-4 (1-2)
AQSH — Yaponiya 1-1 (1-0)

JamoaO'yinG'alabaDurangMag'lubiyatTo'plar nisbatiOchko
Italiya330015-59
AQSH31117-84
Paragvay31028-113
Yaponiya30125-111


"D" guruhi

22.11.2004
Eron-Portugaliya 0-4 (0-2)
Kuba — Argentina 0-3 (0-0)

24.11.2004
Eron-Kuba 8-3 (4-0)
Portugaliya — Argentina 0-1 (0-1)

26.11.2004
Argentina — Eron 6-1 (1-1)
Portugaliya-Kuba 5-0 (2-0)

JamoaO'yinG'alabaDurangMag'lubiyatTo'plar nisbatiOchko
Argentina330010-19
Portugaliya32019-16
Eron31029-133
Kuba30033-160


2-bosqich

"A" guruhi

28.11.2004
Ispaniya-CHexiya 2-0 (0-0)
Italiya-Portugaliya 0-0 (0-0)

29.11.2004
Ispaniya-Italiya 2-3 (1-3)
CHexiya-Portugaliya 4-8 (3-3)

01.12.2004
Ispaniya-Portugaliya 3-1 (2-1)
CHexiya-Italiya 0-3 (0-2)

JamoaO'yinG'alabaDurangMag'lubiyatTo'plar nisbatiOchko
Italiya32106-27
Ispaniya32017-46
Portugaliya31119-74
CHexiya30034-130


"B" guruhi

28.11.2004
Braziliya — Ukraina 6-0 (2-0)
Argentina — AQSH 2-1 (2-0)

29.11.2004
Braziliya — Argentina 2-1 (2-1)
Ukraina — AQSH 3-1 (1-1)

01.12.2004
Braziliya - AQSH 8-5 (3-1)
Ukraina — Argentina 0-0 (0-0)

JamoaO'yinG'alabaDurangMag'lubiyatTo'plar nisbatiOchko
Braziliya330016-79
Argentina31113-34
Ukraina31114-74
AQSH30037-130


Yarim final 

Braziliya — Ispaniya 2:2 (pen. 4:5)

Argentina — Italiya 4:7

3-o'rin uchun

Braziliya — Argentina 7:4

Final

Ispaniya — Italiya 2:1
Gollar: Kike 24, Marselo 30 - Sandro Zanetti 40
Ispaniya: Amado, Julio, Torras, Serrexon, Orol, Xavi Rodriges, Kike, Andreu, Limones, Marselo.
Italiya: Feller, Grana, Pellegrini, Montovanelli, Zaffiro, Bertoni, Bakaro, Fabiano, Foglia, Morgado, Sandro Zanetti.
Ogohlantirishlar: Orol 35, X.Rodriges 37


O'tkazilgan joyi: Xitoy Taypeyi
O'tkazilgan shaharlar: 2 (Taypeyi siti, Linkou)
O'tkazilgan sanasi: 21 noyabr - 5 dekabr, 2004 yil
Ishtirokchilar: 16 (6 qitadan)
Muxlislar tashrifi: 50923 (har o'yinga 1273)
Urilgan gollar: 237 (har o'yinga 5.93ta gol)
To'purar: Falkao (Braziliya, 13ta gol)
Eng yaxshi o'yinchi: Falkao (Braziliya)
"Fair-Play" sovrini: Braziliya


Sovrindorlar
CHempion
- Ispaniya
Ikkinchi o'rin - Italiya
Uchinchi o'rin - Braziliya
To'rtinchi o'rin - Argentina 


Futzal. Futbol bo'yicha Evropa chempionlari ishtirok etgan ilk jahon chempionati haqida hikoya qilamiz

Futzal. JCH-1992. Pele tomosha qilgan hamda onasining qornida to'p tepishni boshlagan yalangoyoq bolakayning eng yaxshi o'yinchiga aylangani haqida hikoya qilamiz

Futzal. JCH-1996. Braziliya "trebl" qayd etdi

Futzal. JCH-2000. O'zbekistonning dastlabki urinishi, 29 ta gol o'tkazgan mezbon hamda bir o'yinda ikki darvozabonidan ayrilib, uchinchi posbon bilan Braziliyaning gegemonligiga chek qo'ygan chempion haqida hikoya qilamiz 


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика