So’nggi yangiliklar

11:31Гвардиола: "Кейинги мавсум Чемпионлар Лигасида иштирок этмаслигимиз мумкин"  1 10:53"Машъал" Суперлигага қайтибгина қолмай, чемпионлик учун кураш олиб боришга тайёр!"  8 10:51«Сурхон» яна икки нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  0 10:22«Нефтчи»ни яна бир легионер тарк этди  0 09:48«Қизилқум» терма жамоамиз собиқ футболчиси билан шартнома имзолайди  0 09:15Олег Зотеевнинг янги жамоаси «Бунёдкор» эмас, балки водий клуби бўлади  7 08:42ЎФФ янги раҳбари: «Мен сеҳргар эмасман, бироқ...»  4 08:10«Сурхон» «Пахтакор» футболчисини сотиб олиш ҳуқуқи билан ижарага олди  0 07:41«Нефтчи»нинг икки нафар футболчиси фаолиятини Андижонда давом эттиради  4 02:08Александр-Арнольд "Реал"нинг шорт листида биринчи ўринда турибди  3 00:44"Барселона" Германия терма жамоаси ўйинчисини трансфер қилишга яқин  1 00:02Моуринью Рэшфордни Туркияга чорламоқда  6 23:31Азизов, Эрматов, Аҳмедов, Маматқулов, Имомхўжаев ва бошқалар. Янги очилган футзал федерацияси тақдимотидан ГАЛЕРЕЯ  0 23:16Каземиро Ла Лигага қайтиши мумкин  1 22:45Янги федерацияни нималар кутмоқда?  3

Futzal. JCH-2000. O'zbekistonning dastlabki urinishi, 29 ta gol o'tkazgan mezbon hamda bir o'yinda ikki darvozabonidan ayrilib, uchinchi posbon bilan Braziliyaning gegemonligiga chek qo'ygan chempion haqida hikoya qilamiz Yangiliklar

Futzal. JCH-2000. O'zbekistonning dastlabki urinishi, 29 ta gol o'tkazgan mezbon hamda bir o'yinda ikki darvozabonidan ayrilib, uchinchi posbon bilan Braziliyaning gegemonligiga chek qo'ygan chempion haqida hikoya qilamiz

Futzal bo'yicha mundial tarixi haqidagi malumotlar bilan tanishtirib boramiz.

Futzal bo'yicha to'rtinchi jahon chempionatiga 2000 yilning 18 noyabr–3 dekabr kunlari Gvatemala mezbonlik qildi. Turnirda 6 konfederaciyadan 16 mamlakat ishtirok etdi. SHu jumladan, Osiyo futbol konfederaciyasidan qita chempionatida dastlabki uch o'rinni egallagan Eron, Tailand va Qozog'iston terma jamoalari mundial yo'llanmasini qo'lga kiritdi. O'zbekiston terma jamoasi ham Osiyo kubogida qatnashdi. Eron, Yaponiya, Qirg'iz Respublikasi va Makao bilan bir guruhdan o'rin olgan "oq bo'rilar" guruhda 3-o'rinni egallagan holda musobaqa bilan xayrlashdi va mundialga chiqa olmadi.

Gvatemala mezbon sifatida mundialda ishtirok etgan bo'lsa, turnir ushbu jamoa uchun yorqin xotiralar bilan yodda qolmadi, sababi markaziy amerikaliklar Braziliyadan 29 ta gol qabul qilib oldi. Guruhda faqatgina o'sha vaqtda Osiyo futbol konfederaciyasi tarkibida bo'lgan Qozog'iston mag'lub etildi.

Mundial tarixda o'ziga xos burilish yasadi. Sababi, muxlislar yangi chempionni ko'rishga muvaffaq bo'lishdi. Braziliyaning gegemonligiga Ispaniya chek qo'ya oldi. "Qizil furiya" 4 yil oldin finalda uchralgan mag'lubiyat uchun finalda o'ch oldi va tarixiy natijani qayd etdi. Rossiya bu safar bronza uchun o'yinda imkoniyatni boy berdi, Portugaliya ruslarni 4:2 hisobida mag'lub etdi. Ushbu musobaqani umumiy hisobda 94179 nafar muxlis bevosita arenalardan kuzatib bordi.

Ushbu mundialda ham 4 yil avvalgisida bo'lgani kabi braziliyalik Manuel Tobias eng yaxshi to'purarlikni ham, eng yaxshi o'yinchi nomini ham o'ziniki qiladi. SHuningdek, keyinchalik futzalning yorqin yulduziga aylangan Falkao ham aynan Gvatemalada jahon chempionatlaridagi debyutini nishonlagan.

Biroq "qizil furiya" ikkinchi bosqichda juda katta yo'qotishlarga uchradi. Xorvatiyaga qarshi o'yinda jamoaning ikki asosiy darvozaboni Gilermo Martin va Luis Amado jarohat oldi. Gilermo o'yin avvalidagi qizishib olish mashg'ulotida jamoadoshi tomonidan yo'llangan zarbani qaytarish chog'ida qo'lini sindirib oldi. Amado asosiy tarkibda maydonga tushdi, biroq o'yin davomida chap oyog'ini sindirb oldi. Jamoa shifokori zudlik bilan tezyordam mashinasi orqali ikki darvozabonni yaqin atrofdagi shifoxonaga olib ketdi. SHundan so'ng 32 yoshli Xesus Klaveria debyut qildi. U musobaqaga uchinchi darvozabon sifatida tashrif buyurgan bo'lsa-da, keyinchalik Ispaniya futzali tarixidagi eng buyuk darvozabonlardan biriga aylandi.

SHu bilan birga, Ispaniyada yana bir zaxira darvozaboniga ehtiyoj tug'ildi hamda Rikardo Ximenes jalb etildi. Uning chaqirilishi o'ziga xos voqeaga aylangan. Zaxira varianti sifatida ko'rilgach, Ximenesni zudlik bilan topish kerakligi malum qilinadi, biroq bu borada muammolar yuzaga keladi. Uning uyali telefoni o'chirilgan, xonadonidagi stacionar telefonda ham aloqa mavjud emasdi. Xuan Pedrino ismli vakilni uni topish uchun jo'natishadi. Ximenes kechki vaqtini tungi klublarda o'tkazgan, biroq vakil uni hech qaerdan, na uyidan, na tungi klublardan topa olmaydi. Pedrino doim u borgan joyga darvozabon u erni tark etgandan keyin borgan. Xullas, zaxira posboni tongda "topildi" va tezda Ispaniyadan Gvatemala sari yo'lga otlandi. Ximenes maydonga tushirilmadi, ammo ikkinchi darvozabon sifatida jahon chempioni sohibi bo'ldi. 

"Qizig'i shundaki, garchand maydonga tushmagan bo'lsam-da, suratim o'sha davrda muxlislar orasida eng ko'p tomosha qilingan", deya xotirlaydi Rikardo Ximenes.

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xaver Losano mazkur chempionlikni "birinchi bo'sa kabi hech qachon unutilmas" deya tarifladi.

"Taqiqlanganiga qaramay, xonada karta o'ynash uchun yig'ilardik, mehmonxonada beriladigan taomlar yaxshi bo'lmagani uchun birgalikda McDonald's gamburgerlarini istemol qilardik. SHu kabi oddiy sabablar tufayli ko'p yig'ilardik va bu bizni birlashtirishga yordam berdi", deya xotirlaydi hujumchi Paulo Roberto.

1-bosqich

"A" guruhi

18 noyabr
Gvatemala — Portugaliya — 2:6
Braziliya — Qozog'iston— 12:1
21 noyabr
Portugaliya — Braziliya — 0:4
Qozog'iston — Gvatemala — 5:6
23 noyabr
Portugaliya — Qozog'iston — 6:2
Gvatemala — Braziliya — 2:29

JamoaO'yinG'alabaDurangMag'lubiyatTo'plar nisbatiOchko
Braziliya330045-39
Portugaliya320112-86
Gvatemala310210-403
Qozog'iston30038-240


"B" guruhi

20 noyabr
Urugvay — Tailand — 4:1
Misr — Niderlandiya — 3:5

22 noyabr
Tailand — Misr — 0:7
Niderlandiya — Urugvay — 3:1

23 noyabr
Niderlandiya — Tailand — 6:1
Misr — Urugvay — 4:2

JamoaO'yinG'alabaDurangMag'lubiyatTo'plar nisbatiOchko
Niderlandiya330014-59
Misr320114-76
Urugvay31027-83
Tailand30032-170


"C" guruhi

19 noyabr
Rossiya – Xorvatiya — 4:2
Avstraliya — Kosta-Rika — 2:6

21 noyabr
Rossiya – Kosta-Rika — 6:1
Xorvatiya — Avstraliya — 6:0

23 noyabr
Xorvatiya — Kosta-Rika — 4:1
Rossiya – Avstraliya — 10:1

JamoaO'yinG'alabaDurangMag'lubiyatTo'plar nisbatiOchko
Rossiya330020-49
Xorvatiya320112-56
Kosta-Rika31028-123
Avstraliya30033-220


"D" guruhi

20 noyabr
Kuba — Ispaniya — 0:9
Eron — Argentina — 1:2

22 noyabr
Argentina — Kuba — 8:1
Ispaniya — Eron — 7:2

23 noyabr
Eron — Kuba — 3:0
Argenina — Ispaniya — 0:3

JamoaO'yinG'alabaDurangMag'lubiyatTo'plar nisbatiOchko
Ispaniya330019-29
Argentina320110-56
Eron31026-93
Kuba30031-200


2-bosqich

"A" guruhi

26 noyabr
Rossiya – Argentina — 7:1
Braziliya — Misr — 12:4

27 noyabr
Rossiya – Misr— 4:6
Argentina — Braziliya — 1:4

29 noyabr
Misr— Argentina — 3:4
Rossiya – Braziliya — 2:6

JamoaO'yinG'alabaDurangMag'lubiyatTo'plar nisbatiOchko
Braziliya330022-79
Rossiya310213-133
Misr310213-203
Argentina31026-143


"B" guruhi

25 noyabr
Niderlandiya — Portugaliya — 1:3
Ispaniya — Xorvatiya — 5:0

26 noyabr
Xorvatiya — Niderlandiya — 5:2
Portugaliya — Ispaniya — 1:3

28 noyabr
Portugaliya — Xorvatiya — 3:1
Niderlandiya — Ispaniya — 0:7

JamoaO'yinG'alabaDurangMag'lubiyatTo'plar nisbatiOchko
Ispaniya330015-19
Portugaliya32017-56
Xorvatiya31026-103
Niderlandiya30033-150


Yarim final

Ispaniya — Rossiya 3:2

Braziliya — Portugaliya 8:0

3-o'rin uchun

Rossiya — Portugaliya 2:4

Final

Ispaniya — Braziliya 4:3

GollarDaniel (2, pen.), Xavi Sanches (20), Xavi Rodriges (36, 39) — Anderson (18), Manoel Tobias (30), Vander Karioka (35)


O'tkazilgan joyi: Gvatemala
O'tkazilgan shaharlar: 1 (Gvatemala siti)
O'tkazilgan sanasi: 18 noyabr - 3 dekabr, 2000 yil
Ishtirokchilar: 16 (6 qitadan)
Muxlislar tashrifi: 94179 (har o'yinga 2354)
Urilgan gollar: 302 (har o'yinga 7.55ta gol)
To'purar: Manoel Tobias (Braziliya, 19ta gol)
Eng yaxshi o'yinchi: Manuel Tobias (Braziliya)
"Fair-Play" sovrini: Braziliya


Sovrindorlar
CHempion
- Ispaniya
Ikkinchi o'rin - Braziliya
Uchinchi o'rin - Portugaliya
To'rtinchi o'rin - Rossiya 

Futzal. Futbol bo'yicha Evropa chempionlari ishtirok etgan ilk jahon chempionati haqida hikoya qilamiz

Futzal. JCH-1992. Pele tomosha qilgan hamda onasining qornida to'p tepishni boshlagan yalangoyoq bolakayning eng yaxshi o'yinchiga aylangani haqida hikoya qilamiz

Futzal. JCH-1996. Braziliya "trebl" qayd etdi


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика