So’nggi yangiliklar

14:20Факт: "Хоразм" 21-асрда меҳмонда "Сўғдиёна"ни ютмаган  0 13:55"Милан" собиқ ҳимоячиси "Юве Стабиа" бош мураббийига айланди  0 13:25Куртуа "Ал Ҳилол" билан дуранг бўйича тушунтириш берди  1 12:58"Хоразм" – "Навбаҳор" ўйини қаерда ўтади?  2 12:36Роналдунинг собиқ термадоши "Ал Насср" бош мураббийи бўлиши мумкин  1 12:09Самарқанд футболида қайта уйғониш даври: Абрамов қурган “Динамо” ҳақида  7 11:53Абдуқодир Ҳусанов – Осиёнинг энг қиммат футболчиларидан бири!  15 11:25АПЛ. Янги мавсум илк турининг марказий учрашуви Манчестерда бўлиб ўтади  6 11:21Бугун Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Боливия билан ўйнайди  6 10:39“Реал“ етакчиси билан шартномани узайтириш бўйича келишувга эришди  0 10:08“Ал Ҳилол“ “Милан“ футболчиси билан келишувга эришди  3 09:37Алонсо “Реал“даги дебютидан сўнг нималар деди?  21 09:05ЦСКАда мураббийлар алмашинуви. Энди Файзуллаевнинг ЦСКАдаги фаолияти қандай кечади?  8 08:35Пеп Гвардиола: “Бундай шароит ҳеч кимга тўғри келмайди“  2 08:03Шомуродов Туркиянинг қайси жамоаси билан музокара олиб боргани маълум  20

Futzal bo'yicha Osiyo chempionati ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Futzal bo'yicha Osiyo chempionati ramziy terma jamoasi

Teglar :  Futzal
Kuni kecha Toshkentda o'tkazilgan futzal bo'yicha Osiyo chempionatiga yakun yasaldi.

Unda Eron oltin, O'zbekiston kumush, Tailand esa bronza medallarini qo'lga kiritdi.

Quyida ana shu Osiyo chempionatining ramziy terma jamoasini etiboringizga havola etamiz.

OCH-2016 ramziy terma jamoasi: Rustam Umarov (O'zbekiston), Asqar Hassanzoda (Eron), Hussayn Tayebi (Eron), Subxavut Tuenklang (Tailand), Grigori Jiovenali (Avstraliya)

Zahira: Tran Van Huy (Vetnam), Muhammad Keshavarz (Eron), Dilshod Rahmatov (O'zbekiston), Nguen Bao Kuan (Vetnam), Morioka Kaoru (Yaponiya), Muhammad Tohiri (Eron)

Rustam Umarov O'zbekiston terma jamoasidagi eng yaxshi futzalchi bo'ldi. U barcha o'yinlarda jamoamiz darvozasini qator gollardan saqlab qoldi. Finalgacha etib kelishimizda Rustamning hissasi ulkan bo'ldi, ramziyning darvozasini hech ikkilanishsiz Rustam Umarovga ishonib topshirdik.

Asqar Hassanzoda musobaqaning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi, shuning o'ziyoq uni qanday o'yin ko'rsatganidan darak berib turibdi.

Forslarda afsonaviy Voxid SHamsaidan keyin uning o'rnini bosishi mumkin bo'lgan to'purar bu - Hussayn Tayebi. Qita birinchiligi davomida uning texnik imkoniyatlari juda yuqori ekanligiga guvoh bo'ldik.

Golga chanqoq bo'lgan Subxavut Tuenklang 14 gol bilan to'purar bo'ldi. U Tailand terma jamoasining haqiqiy etakchisi ekanligini yana bir bor isbotladi.


Avstraliya tarkibida eng ajralib turgan futzalchi bu jamoa sardori bo'ldi. Jiovenali kuchli zarbalari bilan yodda qoldi.

Bundan tashqari, ramziy terma jamoaning zahira tarkibini ham tuzishga qaror qildik. Zahiradagilar ham Osiyo chempionati davomida juda yaxshi taassurot qoldirishdi.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика