So’nggi yangiliklar

00:28Фабио Каннаваро Акмал Мозговой ва Отабек Шукуров ўйинини стадиондан томоша қилди  0 23:53Роналдо машғулотлар ҳақида: "Мени 15 километрлаб югуришга мажбур қилишарди, аммо бу менга керак эмас эди"  1 23:28Араухо "Барселона" машғулотларига қайтди. Ҳимоячи психологик муаммолар сабаб танаффус олганди  0 22:54БАА. Отабек Шукуров голли пас берди, Мозговой захирадан ўйинга қўшилди, уларнинг жамоаси ғалабага эришди  0 22:31"Нефтчи" Championat.asia да чиққан хабарга муносабат билдирди   8 21:43Аморим МЮ схемаси ўзгариши ҳақида: "Қарор ОАВ босими туфайли қабул қилинмади. Агар футболчилар тизимни матбуот сабаб ўзгартирдим деб ҳисоблашса, бу мураббий учун якун демакдир"  0 21:08"Фенербахче" Нкункуни сотиб олиши мумкин  1 20:23Сунатилло Абдуллажонов - "Сурхон" футболчиси  0 19:55"Бунёдкор" стадионида йил якунига бағишланган маданий-маърифий тадбир бўлиб ўтди  3 19:29Ринкон: "Винисиус билан "Реал" ўз йўлидан адашди"  3 19:17Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  21 19:07Эшитдик-да! "Сўғдиёна" футболчиси "Навбаҳор"га ўтди  4 18:51ФИФА ЖЧ-2026 чипталарига бўлган талаб бўйича рекорд ўрнатилганини маълум қилди  3 18:25Вадим Абрамов: "Биз биринчи ўринни эгаллашимиз ҳам мумкин эди"  10 17:55Кроос Марокаш терма жамоасини ЖЧ-2026 фаворитлари қаторига қўшди  1

Futzal. "Al Mayadin" - "Olmaliq" 2:2 Yangiliklar

Futzal. "Al Mayadin" - "Olmaliq" 2:2

Teglar :  OlmaliqFutzal
Bugun futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatining 2-tur bellashuvlari o'tkazilmoqda.

Musobaqada mamlakatimiz nomidan ishtirok etayotgan "Olmaliq" bu turda Livan chempioni "Al Mayadin"ga qarshi bahs olib bordi. Afsuski, "Olmaliq" bu o'yinda ham g'alaba qozona olmadi, 2:2 hisobidagi durangdan keyin ertangi o'yinni kutishga majburmiz.


Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati

"B" guruhi

2-tur, 16.07.2016

"Al Mayadin" - "Olmaliq" 2:2
Bangkok, "Bangkok Arena"

Gollar: H.Takaji 4, 20 - J.SHaripov 3, K.Sviridov 31

"Al Mayadin" (birinchi beshlik): 3.Hussein Hamadani, 9.Muhammad Kobeisi, 10.Samer Naser Al Din, 11.Holid Takaji, 12.Ali Tneich.
Zaxira: 1.Mahmud Nureddin, 2.Mahdi Alami, 4.Muhammad Ajami, 5.Hamza Assaf, 6.Muhammad Boussi, 7.Hassan Zeitun, 13.Jad Abdallah, 14.Dragan Tomich.

"Olmaliq" (birinchi beshlik): 1.Rustam Umarov, 2.Farhod Abdumavlonov, 4.SHuhrat Tojiboev, 10.Jamoliddin SHaripov, 14.Konstantin Sviridov.
Zaxira: 3.Feruz Faxriddinov, 5.Maqsud Fayzullaev, 6.Javlon Anorov, 7.Xurshid Umaraliev, 8.Jasur Sodiqov, 9.Andrey SHlema, 13.Davron CHoriev, 11.Sunnat Kuralov, 12.Klim Tyugaev.

Ogohlantirishlar: D.Tomich 30 - SH.Tojiboev 8, K.Sviridov 14, D.CHoriev 38



MATNLI TRANSLYACIYA


Uchrashuv yakunlandi. Ushbu durangdag so'ng "Olmaliq"ning keyingi bosqichga chiqishi o'z qo'lida emas. Ertangi o'yinni kutamiz.

40 - O'yin tugashiga 50 soniya qolganda "Olmaliq"da xham beshinchi fol.

38 - CHoriev ogohlantirildi.

38 - Tneich ikki o'yinchidan qochib ketdi, bu safar ham Umarov o'z o'rnida.

36 - Abdumavlonovning zarbasi darvoza to'riga tashqi tomondan tegdi.

35 - Livanliklar ustozi taym-aut oldi.

34 - "Al Mayadin" beshinchi folni ishlatdi, keyingisi ular uchun dabl penalti bo'ladi. Endi raqibga bosim uyushtirish kerak, toki ular voida buzishga majbur bo'lishsin.

33 - Takaji ikki o'yinchimizdan qochib ketib zarba berishga urindi.

31 - Gooooooooooolllllll, Sviridovvvvvvvvv, 2:2. Avvaliga SHaripovning zarbasini darvozabon qaytardi, qaytgan to'pni Kostya darvozaga kiritib yubordi.

31 - Zarbaaa, Abdumavlonovning urinishidan keyin to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi.

30 - SHaripovga nisbatan ishlatilgan fol uchun Dragan Tomich ogohlantirildi.

29 - Zarbaaa, Anorovning kuchli zarbasini Hamadani qaytarib qoldi.

28 - Tomichning zarbasini Umarov qaytardi.

27 - Zarbaaa, Ali Tneich bo'm-bo'sh darvozaga yarim metrdan to'pni kirita olmadi... Haa, "Olmaliq"ni omad qutqardi hozir.

26 - Petrov shogirdlari Tneichga ketma-ket ikki vaziyatda zarba berish uchun imkon berishdi.

26 - Kostyaning zarbasini darvozabon Hamadani qaytardi.

25 - Tojiboev va Takaji o'zaro kelisholmay qolishdi.

24 - Tomich 3 nafar futzalchimiz orasidan chiqib ketib salgina noaniq zarba berdi.

24 - "Olmaliq" uchichnchi folni ishlatdi, follarga "o'tirib" qolish xavfli...

22 - Tojiboevning pasidan so'ng Sviridov to'pni darvozaga to'g'rilab qo'ya olmadi.

22 - Livanliklar legioneri Dragan Tomichning zarbasi biroz noaniq chiqdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi. Davom etamiz.

Jamoalar maydonga qaytishdi. "Olmaliq" gol urishi shart, aks holda musobafa bilan muddatidan avval xayrlashadi. Jamoamizga 2-bo'limda omad tilab qolamiz.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

20 - Gol, yana o'sha Takaji, 2:1. Livanliklar bo'lim tugashiga sanoqli soniyalar qolganda huddi o'yin tugashini kutayotgandek, himoyada to'pni o'zlarida ushlab turishdi va bir soniyaga barcha o'yinchilar bo'shashishdi. Bundan unumli foydalangan "Al Mayadin" futzalchilari birgina uzun pas bilan birga-bir chiqishdi va 1-taym tugashiga 23 soniya qolganda gol urishdi.

20 - Sviridov to'pni oldirib qo'ydi, bu safar ham sheriklarining xatosini Rustam Umarov "yopdi".

18 - Qoida buzishlar bo'yicha hisob 3:5. "Olmaliq" uchun keyingi fol dabl penaltiga aylanadi.

17 - Bugun olmaliqliklar to'pga to'xtatmay zarba berishda ko'p bor muammolarga duch kelishmoqda.

16 - "Olmaliq"da to'rtlik almashdi.

15 - Umarov oldinga chiqib bordi va xavfni bartaraf etdi.

14 - Sviridov ogohlantirildi.

14 - SHaripovning o'tkir burchakdan yo'llagan zarbasini darvozabon urib yubordi.
14 - Taym-aut.

13 - Anorov hujum payti to'pni oldirib qo'ydi, qarshi hujumda avvaliga Umarov qutqardi, keyin esa livanlik o'yinchi deyarli bo'sh qolgan darvozaga noaniq zarba berdi.

12 - Anorovning pasidan so'ng Tneich to'pni qaytardi va o'zi darvoza ichiga kirib ketdi. O'sha erda qolib ketsang ham mayli )

10 - Ali Tneichning juda kuchli va aniq zarbasini Umarov urib yubordi.

10 - Davron CHoriev bitta himoyachini chiroyli usulda ortda qoldirdi va zarba berdi, darvozabon o'z o'rnida.

"Bangkok Arena"dagi muxlislar

Ustunlik raqiblar tomonga o'tdi.

8 - SHuhrat Tojiboev ogohlantirildi.

8 - "Al Mayadin" futzalchisining zarbasi to'singa tegib qaytdi.

6 - CHoriev to'pni raqibga oldirib qo'ydi, qarshi hujumda esa Umarov qutqardi.

4 - Gol, Holid Takaji, 1:1. Livanliklar hisobni tenglashtirishdi.

3 - Gooooooooollllllllll, Jamoliddin SHaripovvv, 0:1. Abdumavlonovning pasidan keyin SHaripov hisobni ochdi.

3 - Zarbaaa, Sviridovning ajoyib zarbasidan so'ng to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi. Zarbaning kuchidan darvoza joyidan siljib ketdi.

2 - Sviridovning zarbasini darvozabon qaytardi.

Uchrashuv boshlandi. Uni livanliklar boshlab berishdi.

"Olmaliq" jamoasi.

- Klublar jamoaviy suratga tushishmoqda.

- Jamoalar chigalyozdi mashqlarini tugatib, kiyinish xonasiga kirib ketishdi. Murabbiylar o'yindan avval so'nggi ko'rsatmalarni berishadi.

Uchrashuvni bevosita tomosha qilishni istagan muxlislar uchun link, video TAS-IX hududida emas.



Livanliklarning chigalyozdi mashqlari...

- "Al Mayadin" klubi "Jako", "Olmaliq" esa "Nike" firmasi formalarida harakat qiladi.

Jamoalar o'yindan oldin chigalyozdi mashqlarini qilishmoqda.

- "Al Mayadin" - "Olmaliq" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 15:00da boshlanadi. Aleksandr Petrov bugun birinchi beshlikda bitta o'zgarish qilgan, kechagi o'yinda birinchi beshlikda bo'lgan Davron CHoriev o'rnini bugun Jamoliddin SHaripov egallaydi.


Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика